13.07.2017 yildagi PQ-3132-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 13.07.2017 yildagi PQ-3132-son
Date of entry into force
19.07.2017
Hujjat 19.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

“Mahalla iftixori” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatimizda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻrni va rolini kuchaytirish, joylarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillarini taqdirlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4944-sonli Farmoniga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobidan qoplanishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 13-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3132-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi PQ-3132-sonli qaroriga
1-ILOVA

“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan jamiyatimizda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻrni va rolini kuchaytirish, joylarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari taqdirlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan (fuqarolar vakillarining yigʻilishlari qarorlari asosida) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashlariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashlarining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari tomonidan koʻrib chiqilib, har yilning 1-may sanasiga qadar Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish tartibi Respublika kengashi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Respublika kengashining qarori bilan koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha doimiy komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya xulosasi asosida Respublika kengashining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid qarori qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qaror Respublika kengashining axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Koʻkrak nishoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti Mustaqillik kuni bayrami arafasida Respublika kengashi raisi (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarning mahalla tizimi rivojiga qoʻshgan munosib hissasi va ibratli faoliyatini keng targʻib qilish maqsadida mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda tuman (shahar) markazlaridagi “Mahalla markazi” majmualari binolariga oʻrnatiladigan “Mahallamiz iftixorlari” axborot peshlavhasining namunaviy shakli Respublika kengashi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobidan mamlakatimiz sanatoriylarida davolanishlari uchun bir marotabalik bepul yoʻllanma olish huquqiga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi PQ-3132-sonli qaroriga
2-ILOVA

“Mahalla iftixori” koʻkrak nishonining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining old tomoni yuqori qismida Oʻzbekiston Respublikasining xaritasi, uning ostida mahallaning ramziy darvozasini ifodalovchi arka tasviri koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan koʻk rangdagi emal doira ichida “MAHALLA IFTIXORI” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida ikkita sakkiz qirrali yulduz oraligʻida faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari tasvirlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “MAHALLA”, “TIZIMI RIVOJIGA”, “QOʻSHGAN”, “MUNOSIB HISSASI”, “UCHUN” soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 8 millimetrli oq rangli yoʻl, ikki chetidan esa har birining eni 7 millimetr boʻlgan yashil rangli yoʻl oʻtgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi PQ-3132-sonli qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160 x 110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Mahalla iftixori”, ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bold” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“GUVOHNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish”, ikkinchi satrda “organlari faoliyatini muvofiqlashtirish”, uchinchi satrda “boʻyicha respublika kengashining” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli Qaroriga asosan” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda markazda “Mahalla iftixori” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Respublika”, ikkinchi satrda “kengashi raisi” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni
GUVOHNOMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 647-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 07/23/93/0149-son)