Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.07.2018 31.10.2002 yildagi 374-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.10.2002 yildagi 374-son
Date of entry into force
31.10.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.07.2018
Hujjat 19.05.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-oktabrdagi PF-3154-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Jamgʻarmaga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1-ilovaga muvofiq vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar, boshqa xoʻjalik birlashmalari, banklar, xalqaro, jamoat va nohukumat tashkilotlari, xorijiy kompaniyalarning Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi muassislari sifatida qatnashish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda Jamgʻarma va uning joylardagi tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishda faol qatnashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Homiylik kengashi tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti respublika darajasida Jamgʻarma Homiylik kengashining raisi ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamgʻarma mintaqaviy filiallarining homiylik kengashlari tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Joʻqorgʻi Kenges Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli ravishda mintaqaviy filiallar homiylik kengashlarining raislari hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar sport inshootlarining moddiy bazasini qurish boʻyicha qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi yuzasidan masʼuliyat shahar va tumanlar hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-avgustdagi 335-son qarori bilan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami , 2003-y., 15-16-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tuzilmasi, uning cheklangan xodimlari soni 18 kishidan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi va mintaqaviy filiallarning namunaviy tuzilmasi 3, 4, 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Jamgʻarma apparati va uning mintaqaviy filiallari taʼminoti Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarmaning Homiylik kengashiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat, nodavlat va jamoat tuzilmalarini, shuningdek xorijiy sheriklar mablagʻlarini jalb etishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishga izchil yondashuvlarni, shuningdek bolalar sport inshootlari loyihalarining namunaviy, ilmiy asoslangan negizda ishlab chiqilishini va joriy etilishini taʼminlovchi aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda, uning moddiy-texnika va moliyaviy bazasini mustahkamlashda har tomonlama koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tomonidan toʻplangan mablagʻlardan maqsadli (yoʻnalishlar boʻyicha) va qonuniy ravishda foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash, Jamgʻarma ijro etuvchi direktorining va uning tuzilmalarining Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotini muntazam ravishda eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning taʼsis konferensiyasini oʻtkazishda, uni nohukumat xalqaro tashkilot sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishda va uning tuzilmalari rahbarlarini tasdiqlashda koʻmaklashish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Jamgʻarma direksiyasi bilan birgalikda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi Jamgʻarma, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilgacha mamlakat aholi punktlarida bolalar sport komplekslarini joylashtirish va rivojlantirish sxemasini 2003-yil 1-yanvargacha ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun taqdim etsin, bunda ularning hududlar boʻyicha oqilona joylashtirilishini, shuningdek zamonaviy talablarga muvofiq texnika bilan jihozlanishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq bolalarning ijtimoiy va yoshi xususiyatlarini hamda bolalar va yoshlarning jismoniy tarbiya-sport tayyorgarligiga ehtiyojini, shuningdek bolalar sport komplekslarining sanitariya-gigiyena va maishiy sharoitlariga qoʻyiladigan yuksak talablarni hisobga oluvchi bolalar sport komplekslarining bazaviy namunaviy loyihalari tender asosida ishlab chiqilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma bolalar sport komplekslari bazaviy namunaviy loyihalarining buyurtmachisi etib belgilansin, bosh loyihalashtirish tashkiloti funksiyalari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining “OʻzLITTI” aksiyadorlik jamiyatiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, ekspertizadan oʻtmagan va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishilmagan bolalar sport komplekslarini qurish qatʼiy taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Jamgʻarmaning mintaqaviy filiallarini joylashtirish, ularni oʻz funksiyalarini bajarishlari uchun mebel va zarur texnika, aloqa vositalari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasini joylashtirish uchun bir oy muddatda bino ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi shartnoma asosida Jamgʻarma direksiyasini xizmat avtotransporti bilan taʼminlasin, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi esa Jamgʻarma buyurtmanomasiga koʻra Jamgʻarma markaziy apparatini va uning mintaqaviy filiallarini zarur aloqa, shu jumladan Hukumat aloqasi vositalari bilan jihozlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
374-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga
1-ILOVA

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi muassislarining
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat soliq qoʻmitasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Matbuot va axborot agentligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Asaka” banki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Oʻzsanoatqurilishbank”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Paxta-bank”
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Oʻzbekinvest” kompaniyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Navoiy kon-metallurgiya kombinati
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-son qarori — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami , 2004-y., 20-son, 236-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. “Oʻzbekyengilsanoat” kompaniyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. “Oʻzfarmsanoat” davlat konserni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Oʻzbekbirlashuv kompaniyasi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. “Oʻzulgurjisavdo” aksiyadorlik kompaniyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Oʻzbekiston bolalar jamgʻarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. “Vatanparvar” tashkiloti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. “Mahalla” jamgʻarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. “Kurash” xalqaro uyushmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy firmalar, banklar va kompaniyalarning vakillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga
4-ILOVA

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi markaziy apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Boshqaruv raisi ‎ 1‎
Ijro etuvchi direktor 1‎
Kadrlar boʻyicha inspektor 1‎

Moliyaviy va moddiy mablagʻlarni shakllantirish, xorijiy investitsiyalar boʻlimi

Boʻlim boshligʻi 1‎
Bosh mutaxassis 2‎
Etakchi mutaxassis 1‎

Bolalar sport komplekslarini loyihalashtirish, joylashtirish va qurishni tashkil etish,
‎ulardan foydalanish, ‎moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi

Boʻlim boshligʻi 1‎
Bosh mutaxassis 1‎
Etakchi mutaxassis 1‎

Bolalarni sport bilan ommaviy shugʻullanishga jalb etishni ilmiy-metodik va
‎tashkiliy taʼminlash boʻlimi

Boʻlim boshligʻi 1‎
Bosh mutaxassis 1‎
Etakchi mutaxassis 1‎

Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini moliyaviy
‎nazorat qilish boʻlimi

Boʻlim boshligʻi 1‎
Bosh mutaxassis 1‎
Etakchi mutaxassis 1‎

Buxgalteriya‎‎

Bosh buxgalter 1‎
Buxgalter-kassir 1‎
Jami: 18‎
Rahbariyat:‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga
5-ILOVA

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining mintaqaviy
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(tuzilma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-avgustdagi 335-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga
5a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mintaqaviy filialining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor ‎ — 1 ‎
Bosh mutaxassis — 1 ‎
Etakchi mutaxassis (moliyachi) — 1‎
Bosh mutaxassis — vakil — har bir tuman, viloyatga boʻysunuvchi shahar, Toshkent shahridagi tuman uchun 1 nafardan
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-avgustdagi 335-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-oktabrdagi PF-3154-son Farmoni bilan tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va Ustavga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma u xalqaro nohukumat jamoat tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi. Jamgʻarma xoʻjalik mustaqilligi asosida faoliyat koʻrsatadi, oʻz mol-mulkiga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi. Oʻz nomidan mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega boʻladi, tegishli majburiyatlar oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma faoliyatida jamoat tashkilotlari hamda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar korxonalar va xoʻjaliklarning mehnat jamoalari, muassasalar va ijodiy uyushmalar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari, tijorat tuzilmalari, xorijiy va boshqa tashkilotlar, sogʻlom avlodni shakllantirishga oʻz hissasini qoʻshishni xohlovchi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy asosda qatnashishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma faoliyati xayriya tusiga egadir. Uning mablagʻlari, ularning tushish manbalaridan qatʼi nazar, Jamgʻarmaning maqsadi va unga yuklangan vazifalarga erishish uchun sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning tijorat va savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarmaning yuridik manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Jamgʻarmaning maqsadi, asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy salomatligini shakllantirishning, ularga sogʻlom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirishning gʻoyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirishni taʼminlash Jamgʻarma faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish borasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga, bolalar sportini aniq maqsad yoʻlida va barqaror avj oldirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarda sportga mehr uygʻotish, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida sport bilan shugʻullanish, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, maʼnaviy va jismoniy kamolga intilish, ularni salbiy taʼsirdan himoya qilish hamda zararli odatlardan xalos etish, bolalarni barqaror feʼl-atvorli, Vatanga mehr-muhabbat va oʻz mamlakati uchun gʻurur-iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda qishloq joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportining moddiy bazasini shakllantirish, aholi manzilgohlarida zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmogʻini barpo etish, ularni zamonaviy sport uskunalari hamda anjomlari bilan jihozlash, ulardan samarali foydalanishni taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha zarur moliyaviy va moddiy mablagʻlarni jamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni jismoniy va maʼnaviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport koʻnikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashgʻulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tadbiq qilishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda va qishloq joylarda sport inshootlarini yanada rivojlantirish ularni mamlakatning aholi punktlarida oqilona joylashtirish hamda zamonaviy talablarga muvofiq texnika bilan jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan uygʻun kamol topishini taʼminlashni nazarda tutgan holda tibbiyot muassasalari va tashkilotlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar va yoshlarning ijtimoiy va yoshi xususiyatlarini hamda ularning jismoniy-sport tayyorgarligi turlariga ehtiyojlarini hisobga olish, joylarda Jamgʻarmaning sport fidoyilari ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻquv-amaliy dasturlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hudud aholisining zichligini, sport mashgʻulotiga jalb etiladigan bolalar soni, jinsi va yoshini eʼtiborga oladigan bolalar sport maydonchalari va komplekslarining ilmiy asoslangan namunaviy loyihalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublarini joriy etish, bolalar sporti boʻyicha ustozlar va pedagog kadrlarni mamlakatning yetakchi ilmiy hamda taʼlim markazlarida va chet ellarda tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasida respublika Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari, klub va tashkilotlari bilan oʻzaro faol hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar ommaviy sportini rivojlantirish, istiqomat joylarida texnikaviy jihozlangan, zamonaviy bolalar sport komplekslarini barpo etish ahamiyatini keng targʻib qilishni tashkil etish va amalga oshirish, ushbu vazifalarni roʻyobga chiqarishga jamoatchilikni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik vakillarini, korxona va tashkilotlarni, shu jumladan xalqaro tashkilotlarni faol jalb etish;
(8-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami , 2004-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz hamda chet el investitsiyalarini, homiylik mablagʻlari va grantlarini bolalar-oʻsmirlar jismoniy tarbiya va sporti sohasiga keng koʻlamda jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli yosh sportchilarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlararo, xalqaro, shuningdek mintaqaviy tuzilmalar va tashkilotlar bilan xalqaro sport hamkorligida, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish, sport-ommaviy ishlar va xayriya faoliyati boʻyicha tajriba almashishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatanimiz jismoniy tarbiya va sportini axborotlar bilan taʼminlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, ularni jahon axborot tarmogʻiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqaviy jamgʻarmalarni tashkil etish va ularni zarur oʻquv-metodik hamda koʻrgazmali-rasmli materiallar bilan taʼminlash, ushbu ishga olimlarni, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, noshirlik bazasini va ilmiy sohani rivojlantirish, davlat tilida lugʻatlar va maʼlumotnoma adabiyotlarni chop etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyatini tashkil etish, ustav vazifalarini bajarishga yordam beruvchi sugʻurta, tijorat, shuningdek kommunal-maishiy xizmatlar koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Jamgʻarmaning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma yuklangan vazifalar va faoliyat yoʻnalishlarini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustavdagi maqsad va vazifalarni bajarishni taʼminlash uchun oʻz vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan huquqiy hujjatlarni mustaqil ravishda tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar sportini rivojlantirishning turli masalalari boʻyicha belgilangan tartibda tashabbus bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tadbirlarini oʻtkazish, turli xil sport musobaqalarida, notijorat maqsadlaridagi tendyerlar va tanlovlarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar hamda firmalar bilan birgalikda bolalar sportini va uning moddiy bazasini rivojlantirish boʻyicha oʻz loyihalari va dasturlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning va xorijiy mamlakatlarning korxonalari, tashkilotlari, hududiy organlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt asosida sport-pedagog kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni, olimlarni jalb etgan holda, oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning ustavdagi faoliyati sohasiga taalluqli masalalar boʻyicha seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlariga muvofiq shoʻba korxonalar, qoʻshma korxonalar, ishlab chiqarish muassasalari va boshqa tashkilotlarni taʼsis etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqalararo hamkorlikka koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, ustavdagi vazifalarni hal etish uchun muassislarning va boshqa tashkilotlarning yordamidan: mol-mulkidan, boshqa mulkchilik obyektlaridan, shu jumladan intellektual mulkidan shartnomaviy asosda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchar va koʻchmas mol-mulkni mulk qilib sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qarorlarini ishlab chiqishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz atributlarini (firma belgilarini) yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda banklarda hisob-kitob raqamlarini, shu jumladan valyuta hisob-kitob raqamlarini ochish, milliy va erkin almashtiriladigan valyutada bank kreditlari va ssudalar olish, oʻz nomidan shartnomalar va kontraktlar tuzish, mulkiy huquqlarga ega boʻlish, sudda daʼvogar va javobgar boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatga mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportga oid materiallarni nashr etish va tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning moddiy va moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli konsultatsiya, axborot xizmatlari va boshqa xil xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalarida oʻz faoliyati toʻgʻrisida xabarlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan amaliy aloqalar bogʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsib kelayotgan avlod oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat siyosati va dasturlarini amalga oshirishda faol qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatxonalarga, filiallarga hamda Jamgʻarma tomonidan tashkil etilgan boshqa tashkilotlarga oʻz faoliyati dasturlarini ishlab chiqishda har tomonlama koʻmaklashish va ularning ishlarini oʻz vaqtida nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tomonidan yoʻnaltiriladigan moliyaviy va moddiy mablagʻlardan ustavdagi vazifalarga muvofiq qatʼiy maqsadli foydalanilishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari oʻz faoliyatida, eng avvalo, bolalar sport inshootlari qurilishi masalalarida shaharlar va tumanlar hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi va ularga tayanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-avgustdagi 335-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami , 2003-y., 15-16-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Jamgʻarma qatnashchilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat, jamoat va nohukumat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari, korxonalar, banklar, boshqa jamgʻarmalar, shu jumladan xorijiy jamgʻarmalar, shuningdek Jamgʻarmaning asosiy vazifalarini amalga oshirishda ixtiyoriy asosda qatnashuvchi yuridik va jismoniy shaxslar (rezidentlar va norezidentlar) Jamgʻarmaning qatnashchilari hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Boshqaruv organlari tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarma qatnashchilarining Konferensiyasi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, Konferensiya Jamgʻarmaning ustavdagi faoliyati asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konferensiyada Jamgʻarma boshqaruvi, boshqaruv raisi, taftish komissiyasi saylanadi, Jamgʻarma ijro etuvchi direktori tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat, nodavlat va jamoat tuzilmalarini va xorijiy sheriklarni jalb etishni taʼminlash, bolalar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishga izchil yondashuvlarni taʼminlovchi aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, Jamgʻarma tomonidan ustavdagi faoliyati amalga oshirilishiga har tomonlama koʻmaklashish, uning moddiy-texnika va moliyaviy bazasini mustahkamlash, shuningdek Jamgʻarma tomonidan jalb qilinayotgan mablagʻlardan qatʼiy maqsadli foydalanilishini taʼminlash uchun Homiylik kengashi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Homiylik kengashi Jamgʻarmaning ustavdagi vazifalariga muvofiq Jamgʻarma boshqaruvi raisining hisobotini muntazam ravishda eshitib borishga va tasdiqlashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Nazorat-taftish komissiyasi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli (yoʻnalishlar boʻyicha) va qonuniy foydalanilishini, Jamgʻarmaning, unga qarashli mintaqaviy filiallar va tarkibiy boʻlinmalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Boshqaruv raisi va aʼzolari Jamgʻarma qatnashchilari orasidan Konferensiya tomonidan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma boshqaruvi raisi maqomi va moddiy-maishiy sharoitlariga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma boshqaruvi raisi Jamgʻarma va uning mintaqaviy filiallari faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning uchun javob beradi, Jamgʻarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, boshqa yuridik, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar bilan munosabatlarda uning nomidan vakillik qiladi, boshqaruv qarorlarini imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rais rahbarligida Boshqaruv:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyatini uning faoliyati asosiy yoʻnalishlari boʻyicha muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma markaziy apparati, uning mintaqaviy filiallari va vakolatxonalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamgʻarma markaziy apparati joriy faoliyatiga rahbarlikni ijro etuvchi direktor amalga oshiradi, u Jamgʻarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi (Jamgʻarma boshqaruvi bilan kelishgan holda) shtatlar roʻyxatini, markaziy apparat va mintaqaviy filiallarning joriy taʼminotiga xarajatlar smetasini tasdiqlaydi, Jamgʻarma mablagʻlarini belgilangan tartibda tasarruf etadi, yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamgʻarma mintaqaviy filiallari rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyanomasiga koʻra, Homiylik kengashi bilan kelishgan holda, Jamgʻarma boshqaruvi tomonidan tayinlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamgʻarma markaziy apparati shtatdagi xodimlari soni 18 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari), mintaqaviy filiallarda esa — 3 kishidan iborat etib belgilanadi, shuningdek har bir tuman, viloyatga boʻysunuvchi shahar, Toshkent shahridagi tuman uchun 1 nafardan bosh mutaxassis — vakildan.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-avgustdagi 335-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami , 2003-y., 15-16-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21.Jamgʻarma apparati va uning mintaqaviy filiallari taʼminoti Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Jamgʻarmaning mol-mulki va moliyaviy mablagʻlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamgʻarmaning mol-mulki asosiy vositalar va Jamgʻarma tomonidan Jamgʻarma qatnashchilari ulushlari hisobiga olingan boshqa aktivlardan tashkil topishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamgʻarmaning pul mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat budjeti (respublika budjeti va mahalliy budjetlar) mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma muassislarining pul badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari, tashkilotlari va klublarining pul mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning grantlari va begʻaraz yordami;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari jamgʻarmalarning ajratmalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, kichik biznes, xususiy tadbirkorlar, Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari va ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari;
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami , 2004-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyatidan, shuningdek Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish maqsadida Jamgʻarma tomonidan taʼsis etilgan korxonalar va tashkilotlar daromadlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamgʻarmaning har yilgi daromadlar va xarajatlar smetasi Jamgʻarma boshqaruvi taqdimnomasiga koʻra Homiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning pul mablagʻlari ustavdagi vazifalarni bajarishga, bolalar sportini rivojlantirishga doir tegishli davlat dasturlarida nazarda tutilgan tadbirlarga, shuningdek Jamgʻarma tomonidan amalga oshirilayotgan bolalarni sogʻlomlashtirish dasturlarini roʻyobga chiqarishda faol qatnashayotgan shaxslarni ragʻbatlantirishga sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar Jamgʻarma tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamgʻarma va uning mintaqaviy filiallari oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat Jamgʻarma majburiyatlari boʻyicha, Jamgʻarma esa davlat majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jamgʻarmaning mulkiy huquqlari Oʻzbekiston Respublikasining jamoat nohukumat tashkilotlar uchun belgilangan qonun hujjatlariga muvofiq muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Jamgʻarma faoliyatini toʻxtatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Jamgʻarmaning faoliyati Jamgʻarma konferensiyasi qaroriga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Jamgʻarma ixtiyoriga berilgan binolar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk ularning egalariga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Jamgʻarmani tugatish yakunlangan, Jamgʻarma esa faoliyatini toʻxtatgan deb, bu toʻgʻrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish reyestriga yozib qoʻyilgan paytdan boshlab, hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 20-son, 160-modda; 2003-y., 15-16-son, 123-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 20-son, 236-modda, 34-35-son, 394-modda; 2005-y., 22-son, 159-modda, 27-son, 191-modda; 2006-y., 22-son, 195-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2010-y., 18-19-son, 141-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2016-y., 14-son, 132-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)