Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 29.06.2017 yildagi PQ-3101-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 29.06.2017 yildagi PQ-3101-son
Date of entry into force
03.07.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 31.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-30-sonli “Termiz muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori ijrosini taʼminlash hamda mintaqada ishlab chiqarish, mavjud texnika va texnologiyalardan foydalanish, xizmat koʻrsatishning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish, muhandislik taʼlimini rivojlantirishda jahon tajribasini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va sifatini yaxshilash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (keyingi oʻrinlarda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport tizimlari va yoʻllari hamda ularning ekspluatatsiyasi, kimyoviy texnologiya, bino va inshootlar qurilishi va materiallari, oziq-ovqat texnologiyasi, texnologik mashina va jihozlar, yengil sanoat texnologiyasi, ekologiya va sanoat xavfsizligi sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinab koʻrish va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarining tajribasini va mamlakat iqtisodiyoti talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklar boʻyicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-taʼlim jarayoniga chet ellik mutaxassislarni jalb etish maqsadida texnika sohasidagi yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga har yilgi talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialini tashkil etish, uning moddiy-texnik va ilmiy-pedagogik bazasini taʼminlash chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga, zarur hollarda, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2017-yil 1-sentabrgacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialini tanlov asosida yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida oʻquv-metodik jarayonning tashkil etilishini taʼminlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni oʻquv adabiyotlari, zamonaviy oʻquv laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Termiz shahri, Sulton Saodat koʻchasi, 288 “a”-uyda joylashgan Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyining binolari va inshootlari hududlari bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul foydalanishga berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining binolarida ijara toʻlovisiz joylashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining 2019-yilga va keyingi yillarga parametrlarini shakllantirishda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali obyektlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialini saqlash xarajatlari 2017-yilda “Maorif” sohasi boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2018-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-maydagi PQ-2524-son qarorining 1-ilovasi matni 3-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 29-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3101-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi PQ-3101-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI*

* Filial (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi PQ-3101-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialini tashkil etish, uning moddiy-texnik va ilmiy-pedagogik bazasini taʼminlash chora-tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar mazmuni

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun masʼullar

I. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish

1.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi)ni oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2017-yil avgust

-

Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (Lavozimi boʻyicha)

2.

Filialning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini tuzish va tasdiqlash.

2017-yil avgust

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (Lavozimi boʻyicha)

3.

Filialni yuqori malakali rahbar kadrlar bilan taʼminlash.

2017-yil avgust

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

4.

Filialning Vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash, unga kadrlarning potensial isteʼmolchilari — viloyat korxonalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralar vakillarini kiritish.

2017-yil avgust

-

Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

5.

Filial professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida respublikaning boshqa hududlaridan taklif etilgan olim va mutaxassislarni turar joy bilan taʼminlash maqsadida Termiz shahrida qurilayotgan arzon uy joylardan imtiyozli shartlar asosida ajratish:

2017-yil — 25 ta;

2018-yil — 20 ta;

2019-yil — 20 ta;

2020-yil — 15 ta.

20172020-yillar

Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari

Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov),
Termiz shahar hokimligi (Xudayberdiyev)

II. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash

6.

Filialga ajratilgan Termiz shahri, Sulton Saodat koʻchasi, 288 “a”-uy manzilda joylashgan Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyining binolari va inshootlarida taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2018-yildan boshlab

Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov),
Moliya vazirligi (Xodjayev)

7.

Filial taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari)ga mos zamonaviy oʻquv laboratoriya bazasini tashkil etish.

2018-yil sentyabr

Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov),
Moliya vazirligi (Xodjayev)

III. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining oʻquv-metodik va pedagogik taʼminotini tashkil etish

8.

Filialning taʼlim yoʻnalishlarini (mutaxassisliklarini) tasdiqlangan oʻquv rejalari va fanlar dasturlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlash.

2017-yil avgust

-

Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

9.

Filialda maxsus fanlar boʻyicha �ashgʻulotlar olib borishga jalb qilish uchun Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalaridan malakali pedagog kadrlar tarkibini shakllantirish.

2017-yil avgust

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

10.

Filialni oʻquv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan ularning elektron variantlari), maxsus davriy nashrlar bilan taʼminlash. Filialning axborot-resurs markazini tashkil etish.

2017-yil oktyabr

Filialning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

11.

Toshkent davlat texnika universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan maʼruzalar oʻqish uchun Filialda masofadan oʻqitish elementlarini joriy etish uchun texnik, dasturiy va metodik shart-sharoitlar yaratish.

2018-yil dekabr

Filialning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

12.

Filial kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni va xoʻjalik shartnomalarini bajarishni tashkil etish.

20182023-yillar

Davlat grantlari va xoʻjalik shartnomalari boʻyicha tushgan mablagʻlar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

13.

Mintaqaning yetakchi korxonalari va tashkilotlari bilan birga qoʻshma ilmiy- tadqiqot va ilmiy-metodik ishlanmalarni tashkil etish.

2018-yildan boshlab

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

14.

Filial professor-oʻqituvchilarini Toshkent davlat texnika universitetida va chet el oliy taʼlim muassasalarida malaka va tajriba orttirishlarini tashkil etish.

2018-yildan boshlab

Filialning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, “Isteʼdod” jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika
universiteti (Turobjonov),
“Isteʼdod” jamgʻarmasi (Pardayev)

15.

Axborotlar, toʻplangan tajriba va mutaxassislarning keng almashinuvini taʼminlash. Filialda maʼruzalar va maxsus mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlarini taklif etish.

Doimiy ravishda

Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov), Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi (Maxmudov)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi PQ-3101-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ilmiy kengash

R E K T O R

Vasiylik kengashi

Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor

Maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha prorektor

Ilmiy ishlar boʻyicha prorektor

Moliyaviy-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektor

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektor

Rektor yordamchisi

Xalqaro aloqalar boʻlimi

Oʻquv-metodik boshqarma

“Maʼnaviyat va

maʼrifat” boʻlimi

Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash boʻlimi

Bosh muhandis

Ichki inspeksiya va monitoring boʻlimi

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻlimi

Bosh energetik

Marketing boʻlimi

Magistratura boʻlimi

Kuratorlar kengashi

(jamoatchilik organi)

Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi

Rejalashtirish-moliya boʻlimi

Akademik litseylar

Kadrlar boʻlimi

Axborot texnologiyalari markazi

“Texnika maskani”** gazetasi tahririyati(jamoatchilik organi)

Buxgalteriya

Muhandis-pedagog kadrlar malakasini oshirish tarmoq markazi

1-boʻlim

Ilmiy-tadqiqot qismi**

Axborot-resurs markazi

Ekspluatatsiya-xoʻjalik xizmati

2-boʻlim

Talabalar uylari

(10 korpus)

Ilmiy loyihalar va innovatsiyalar markazi**

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali

Tahririyat-nashriyot boʻlimi

Yuriskonsult

Mehnatni muhofaza qilish boʻlimi

Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi

Kanselyariya va arxiv

Fakultetlararo umumtaʼlim kafedralari

Oʻqitishning texnik vositalari boʻlimi

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

Harbiy kafedra

Avtomatlashtirilgan

telefon stansiyasi

Sport kompleksi

Bosmaxona*

FAKULTETLAR

Mexanika fakulteti

Mashinasozlik fakulteti

Elektronika va avtomatika fakulteti

Energetika fakulteti

Muhandislik geologiyasi va togʻ-kon ishi fakulteti

Muhandislik-texnologiya fakulteti

Kafedralar

Kafedralar

Kafedralar

Kafedralar

Kafedralar

Kafedralar

Kafedralar

Laboratoriyalar

Laboratoriyalar

Laboratoriyalar

Laboratoriyalar

Laboratoriyalar

Laboratoriyalar

Laboratoriyalar

“Brichmulla” oʻquv-geologiya poligoni

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Filialning shtat jadvali oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlar asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan taʼminlanadi (toʻlov-kontrakt mablagʻlaridan tashqari).
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3153-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 582-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son; 23.04.2020-y., 06/20/5983/0490-son)