30.06.2017 yildagi PF-5099-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.06.2017 yildagi PF-5099-son
Date of entry into force
03.07.2017
Hujjat 03.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (keyingi oʻrinlarda AKT deb ataladi) davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari koʻrsatishning barcha sohalariga joriy etish boʻyicha bosqichma-bosqich oʻtkazilayotgan islohotlar axborot xizmatlarini ilgari surish, “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va amalga oshirish, xalq bilan muloqot qilish va aholining kundalik muammolarini joylarda oʻz vaqtida hal qilishning samarali mexanizmlarini yaratish imkonini berdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu borada erishilgan natijalarga qaramasdan, axborot texnologiyalari rivojlanishi va ularni iqtisodiyot sohalariga joriy etishning hozirgi holati, shuningdek mahalliy dasturiy mahsulotlarning eksport darajasi hali ham pastligicha qolmoqda. Axborot texnologiyalarining raqobatdosh va yuqori unumdorlikka ega tarmogʻini shakllantirish uchun mamlakatning fan va taʼlim sohasidagi salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada amal qilayotgan tashkiliy-iqtisodiy sharoit AKT sohasida tez oʻsishni namoyish etayotgan xorijiy mamlakatlarda yaratilgan sharoitlarga nisbatan mamlakatning raqobatdoshligi pastligini hisobga olgan holda ushbu sohaning yanada rivojlanishiga yetarli darajada yordam bermayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AKTning jadal rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochib berar ekan, davlat tomonidan keng koʻlamli qoʻllab-quvvatlashni hamda respublikaning xalqaro AKT bozoridagi oʻrnini kuchaytirishni talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AKTdan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilariga qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ushbu tarmoqda ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, AKT mahsulotlari eksportini koʻpaytirish, shuningdek mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va “Oʻzbektelekom” AKning Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazini (keyingi oʻrinlarda Innovatsiya markazi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Innovatsiya markazi axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Innovatsiya markazi rezidentlarini joylashtirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Innovatsiya markazi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar va oliy taʼlim muassasalarining axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan oʻzaro hamkorligini kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AKT sohasida raqobatdosh loyihalarni ichki va tashki bozorlarda sotish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda Innovatsiya markazi rezidentlariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining “axborot texnologiyalari” mutaxassisligi boʻyicha bitiruvchilarining ishga joylashtirilishini taʼminlashda, shu jumladan iqtidorli yoshlar tomonidan “start-ap” loyihalarini amalga oshirishda ularni qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqa muddatli va oʻrta muddatli ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish, shu jumladan chet el mutaxassislarini taklif etish yoʻli bilan AKT sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh tadbirkorlar tomonidan axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha innovatsiya loyihalari amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazining Muvofiqlashtiruvchi kengashi (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy funksiyalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsiya markazini rivojlantirishga koʻmaklashish borasida davlat organlari, ilmiy, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda Innovatsiya markazi faoliyatini tizimli monitoring qilish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsiya markazining faoliyatini takomillashtirish va axborot texnologiyalari sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun shart-sharoitlarni, shu jumladan ilgʻor chet el tajribasi asosida yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarni Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida roʻyxatga olish va ularni rezident maqomidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsiya markazi rezidentlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Innovatsiya markazi rezidentlari 2028-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy taʼminot vositalari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi ishlab chiqaradigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Innovatsiya markazi rezidentlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishdan tushgan pul mablagʻlari doirasida xodimlarga ish haqi va dividendlarni xalqaro toʻlov kartalariga oʻtkazish yoʻli bilan naqd boʻlmagan shaklda Oʻzbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport kontrakti mavjud boʻlmagan holda Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi onlayn doʻkonlar orqali ishlar va xizmatlar eksportini chet el valyutasida amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning AKT milliy bozorining rivojlanishiga taʼsiri, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy mahsulotlar va AKT xizmatlarining raqobatdoshligi darajasini tahlil qilsin va tahlil natijalarini keyinchalik Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son qaroriga muvofiq yaratilgan Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilari milliy reyestrining kelgusida faoliyat yuritishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflarni Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Innovatsiya markazi rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha xodimlar tomonidan 2028-yil 1-yanvargacha olingan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7,5 foiz miqdordagi qatʼiy belgilangan stavka boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga 4,5 foizli stavka boʻyicha fuqarolarning sugʻurta badallariga tortilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmasligi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda uch oy muddatda respublikada tovarlar va xizmatlarga haq toʻlash uchun xalqaro toʻlov kartalarini qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining bank hisob raqamlariga Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi onlayn doʻkonlar orqali tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan valyuta tushumini hisobga olish tizimining mukammal ishlashiga doir zarur choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi doimiy asosda Innovatsiya markazi rezidentlari axborot texnologiyalari mahsulotlarining xorijga kirib borishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Innovatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda quyidagi tartib nazarda tutilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsiya markazi va Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarni rezident maqomini olishning aniq mezonlarini belgilashni hisobga olgan holda Innovatsiya markazi rezidentlari sifatida roʻyxatga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsiya markazi rezidentlari uchun maxsus valyuta rejimini qoʻllash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Innovatsiya markazi faoliyatining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 30-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5099-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PF–5099-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazining muvofiqlashtiruvchi kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari

Sh.X. Shermatov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b., Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbarining oʻrinbosari

A.I. Axmedxadjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi

D.D. Asamov

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari

Y.E. Tursunov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

A.A. Yuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

B.Y. Raimov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

T.A. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari

U.Sh. Begimkulov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 576-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)