20.06.2017 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.06.2017 yildagi 400-son
Date of entry into force
27.06.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-apreldagi PQ-2885-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga kompleks imtihondan oʻtishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy universiteti, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialini Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kompleks imtihondan oʻtishini tashkil etish boʻyicha bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari deb ataladi) etib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari asosida respublikaning mintaqaviy va Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalarida bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari tomonidan, Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni istagan Oʻzbekiston fuqarolari sonini hisobga olgan holda, kompleks imtihon, oʻtkazish boʻyicha Markazlar (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) ochish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Rus tili, Rossiya Federatsiyasi tarixi va qonunchilik asoslari boʻyicha bilimlarni aniqlashga qaratilgan kompleks imtihon pulli taʼlim xizmati ekanligi va kompleks imtihon topshiruvchi nomzodlar (keyingi oʻrinlarda nomzodlar deb ataladi) tomonidan toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan tariflar boʻyicha milliy valyutada amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari va Rossiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihonlarni oʻtkazish haqidagi ikki tomonlama shartnomalar hamda Markazlar faoliyatining tashkiliy, huquqiy, texnik va moliyaviy jihatlarini tartibga soluvchi shartnomalar tuzilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari va Rossiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi shartnomalarga muvofiq, vakolatli Rossiya oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻqitishning belgilangan talablari va muddatlariga muvofiq, testor-imtihon oluvchilarni tayyorlashni, shuningdek ularni pulli asosda sertifikatlash tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, Markazlar faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq, shu jumladan zarur binolarni tayyorlash, aloqa kanallarini tashkil etish, jihozlar va texnik vositalar sotib olish, imtihon oluvchi testorlarni tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar boshlangʻich bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan hisob-kitoblar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi, keyinchalik ushbu xarajatlar koʻrsatilgan xizmatlar uchun Markazlarga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan Agentlik xarajatlari qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalariga — bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari va Rossiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi shartnomalarga muvofiq, kelgusida Rossiya tomoniga maqsadli ajratish uchun kompleks imtihon topshirish qiymatining bir qismini (bank va pochta xizmatlarini hisobga olgan holda), imtihon oluvchi testorlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish, Markazlarni rossiyalik mutaxassislar tomonidan monitoring va nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash qismini har bir nomzoddan xorijiy valyutada qabul qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks imtihonni oʻtkazish boʻyicha vakolatli boʻlgan Rossiya oliy taʼlim muassasalariga — bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari bilan shartnomalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻymagan holda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir nomzod kompleks imtihonni topshirish qiymatini xorijiy valyutada toʻlagan qismidan qolgan qismini bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari tariflari boʻyicha milliy valyutada toʻlaydi va mazkur mablagʻlar Markazlar ochilgan oliy taʼlim muassasalarining alohida budjetdan tashqari hisobiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining alohida budjetdan tashqari hisobiga kelib tushgan mablagʻlar Markazlar jami xarajatlarining oʻrni toʻldirilgandan keyin Markaz hamda Markazlar ochilgan oliy taʼlim muassasalarining moddiy- texnika bazasini yanada rivojlantirishga va xodimlar faoliyatini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagilar tavsiya etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda Markazlarni toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha terminallar bilan jihozlash;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlik soʻrovlari asosida kompleks imtihonni oʻtkazish boʻyicha vakolatli boʻlgan Rossiya oliy taʼlim muassasalari tomonidan imtihonlar jarayonini “onlayn” rejimida kuzatish hamda imtihonlar natijalariga koʻra, materiallarning elektron shaklini (audio, video va yozma maʼlumotlarni) yetkazib berish uchun yuqori tezlikka ega boʻlgan Internet va aloqaning zarur kanallari bilan Markazlarni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi belgilangan tartibda va muddatda kompleks imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolar maʼlumotlarining avtomatlashtirilgan elektron bazasini yaratish hamda uni Agentlik orqali mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarning mavjud elektron bazasi bilan sinxronlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda kompleks imtihonni oʻtkazishni tashkil etish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agentlik oʻz rasmiy veb-saytida fuqarolarning kompleks imtihonni topshirishga tayyorlanishi uchun uslubiy materiallarni hamda imtihon oʻtkazish joyi va vaqti boʻyicha eʼlonlar joylashtirilishini va ularning tizimli tarzda yangilab borilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlikning buyurtmanomalariga binoan Oʻzbekiston fuqarolari uchun kompleks imtihonni tashkil etish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan Rossiya Federatsiyasi oliy taʼlim muassasalari mutaxassislarining vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 2022-yil 1-yanvargacha muddatga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalari hamda markazlar ochilgan Toshkent shahridagi va mintaqaviy oliy taʼlim muassasalari — kompleks imtihonni topshirishga tayyorlash uchun oʻqitish hamda kompleks imtihonni oʻtkazishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslar daromadiga solinadigan foyda soligʻidan, shuningdek kompleks imtihonni topshirish va tayyorlash uchun oʻqitish toʻlovi qismi davlat maqsadli fondlariga majburiy toʻlovlar va qoʻshilgan qiymat soligʻidan, Rossiya oliy taʼlim muassasalari — testor-imtihon oluvchilarni tayyorlash, attestatsiyadan oʻtkazish va sertifikatlash hamda Markazlarni nazorat qilish va monitoringini oʻtkazish xizmatlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks imtihonni oʻtkazish boʻyicha vakolatli boʻlgan Rossiya oliy taʼlim muassasalari (Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari) — Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli oliy taʼlim muassasalari bilan shartnomalar doirasida testor-imtihon oluvchilarni tayyorlash, attestatsiyadan oʻtkazish va sertifikatlash, Markazlarni nazorat va monitoring qilishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslar daromadidan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmanomalari asosida Markazlar faoliyatini tashkil etish uchun bepul olib kiriladigan oʻquv adabiyotlari, asbob-uskunalar, kompyuterlar, tashkiliy texnika va multimediya mahsulotlari — bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan Oʻzbekiston fuqarolarining kompleks imtihon topshirishini tashkil etish boʻyicha bosh vakolatli oliy taʼlim muassasalarini tanlash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
400-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 546-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)