25.07.2000 yildagi 283-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.07.2000 yildagi 283-son
Date of entry into force
25.07.2000
Hujjat 06.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash uchun buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish tartibini takomillashtirish hamda bunday hujjatlarni gʻayriqonuniy tayyorlash va ulardan foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 09/19/620/3482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni saqlash, hisobga olish va hisobdan chiqarish hamda topshirish vakolatiga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bir oy muddatda tegishli hujjatlarini mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasi rasmiy davlat hujjatlarini buyurtmalar asosida muhofazalangan maxsus qogʻozlarda tayyorlab bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar oʻz xodimlarining rasmiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rasmiy hujjatlarni gʻayriqonuniy tarzda tayyorlash va ulardan foydalanish holatlarini oʻz vaqtida aniqlab, qonunbuzarlarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralarni koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 25-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
283-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom rasmiy davlat hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda “rasmiy hujjatlar” deb ataladi)tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomning amal qilishi rasmiy hujjatlar blankalari asl nusxalarini ishlab chiquvchi, ularga buyurtma beruvchi, ularni tayyorlovchi, hisobga oluvchi, saqlovchi, topshiruvchi va hisobdan chiqaruvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Rasmiy hujjatlar blankalari, shu jumladan bunga Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan matbaa korxonalari (keyingi oʻrinlarda “matbaa korxonalari” deb ataladi) tomonidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqarilgan, qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1992-yilning 1-yanvaridan soʻng berilgan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarning tan olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar shakli Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi va uning buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasida muhofazalangan qogʻozlarda tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Rasmiy hujjatlar muayyan seriyaga va tartib raqamiga ega boʻlgan qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlashga moʻljallangan qogʻoz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma ashyolar qatʼiy hisobda turadigan ashyolar jumlasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Rasmiy hujjatlar tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlash vakolatli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda “buyurtmachilar” deb ataladi) yozma buyurtmanomalari asosida matbaa korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Matbaa korxonalari tomonidan rasmiy hujjatlar blankalari tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish buyurtmachida seriyalari va tartib raqamlari majburiy ravishda koʻrsatilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalar mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Rasmiy hujjatlarni tayyorlashga barcha buyurtmalar tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan, muhr bilan tasdiqlangan, matbaa korxonasi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarlari tomonidan imzolangan alohida “Buyurtmalar daftari”da roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Matbaa korxonalarida rasmiy hujjatlarni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Matbaa korxonalarida qatʼiy hisobda turadigan buyumlarning saqlanishi va tezkor hisobga olinishini taʼminlaydigan qatʼiy tartib oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tartib talablariga rioya etish matbaa korxonasi barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Matbaa korxonasida tartibning tashkil etilishi va holati uchun rahbar va tartib boʻyicha masʼul shaxs javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matbaa korxonasida tartibning holati uchun masʼul shaxs bevosita korxona rahbariga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ishlab chiqarish va omborxona binolarida tartibga rioya qilish uchun tegishli boʻlinmalarning rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, ustalar, katta omborchilar va omborchilar javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maxsus qogʻoz, yarim tayyor mahsulotlar, rasmiy hujjatlar blankalarining tayyor bosma va quyma mahsulotlari qoldiqlarining buxgalteriya hisobi tashkil etilishi uchun matbaa korxonasining bosh (katta) buxgalteri javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarning tezkor hisobi oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritilishi uchun sexlar (uchastkalar) boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, ustalar, omborchilar hamda qatʼiy hisobda turadigan maxsus qogʻoz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash va hisobga olish bilan bogʻliq boshqa shaxslar javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qatʼiy hisobda turadigan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash bilan bogʻliq shaxslar tartib buzilishining barcha hollari toʻgʻrisida matbaa korxonasi rahbariyatiga yoki tartibning holati uchun masʼul shaxsga, buxgalteriya hisobi buzilishi toʻgʻrisida esa, shuningdek bosh (katta) buxgalterga yozma shaklda axborot berishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Daftarlardagi va boshqa hisobga olish hujjatlaridagi yozuvlar operatsiyalar sodir etilgan paytda yuritiladi. Aniqlangan xato bitta chiziq bilan oʻchiriladi va uning tepasiga toʻgʻri yozuv yozib qoʻyiladi. Oʻchirib yozish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Matbaa korxonasi rahbari, shuningdek tartibning holati uchun masʼul shaxs qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bogʻliq barcha xodimlar bilan belgilangan tartibni oʻrganishni tashkil etadilar hamda bir yilda kamida bir marta jurnalga tegishli shaklda belgi qoʻygan holda ushbu tartib boʻyicha bilimlarni tekshiradilar. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berishga yangi xodim qoʻyilishi oldidan uning tartib boʻyicha bilimlari jurnalga belgi qoʻyilgan holda albatta tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Omborxona uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashtirilgan taqdirda uning zimmasida boʻlgan qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarni berish matbaa korxonasi rahbari tomonidan tayinlanadigan va tasdiqlanadigan komissiya ishtirokida dalolatnoma boʻyicha amalga oshiriladi. Dalolatnoma korxona bosh buxgalteriga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omborxona ichidagi uchastka uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashgan taqdirda uning zimmasida boʻlgan qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarni topshirish sex boshligʻining farmoyishi boʻyicha amalga oshiriladi hamda katta usta va usta ishtirokida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan sexlar binolarini, ustaxonalar, boʻlimlar, yuk saqlanadigan joylar va omborxonalarni ochish tegishli boʻlinmalarning boshliqlari, oʻrinbosarlari yoki katta smena ustalari, qoʻriqlash vakili hamda moddiy javobgar shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi. Eshiklar ochilishidan oldin muhrlarning butunligi puxta koʻzdan kechiriladi, qulflarning sozligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkita moddiy javobgar shaxs birgalikda ishlashi nazarda tutilgan qatʼiy hisobda turadigan yukxonada saqlanadigan mahsulotlarni ochish va yopish ular hozir boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslardan biri hozir boʻlmagan taqdirda yukxonalarni ochish va yopish korxonadagi tartib uchun javob beruvchi shaxs ishtirokida bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ish tamom boʻlgandan keyin sex binolari, ustaxonalar, boʻlimlar, yukxonalar va qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bogʻliq omborxonalar yongʻindan saqlash nuqtai nazaridan tekshiriladi, qulflanadi hamda qoʻriqlash vakili hozirligida tegishli boshliqlar, oʻrinbosarlar, katta smena masterlari tomonidan muhrlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yopilgan va muhrlangan binoning kalitlari maxsus shaklda qoʻriqlashga obyektni qabul qilib olish daftaridagi dasxat bilan masʼul shaxsga saqlash uchun topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sexlar, ustaxonalar, boʻlimlar, yukxonalar va omborxonalarni avariyalar paytida sex boshliqlari va moddiy javobgar shaxslar hozir boʻlmaganda ochish faqat matbaa korxonasi rahbari, uning oʻrinbosari yoki korxona boʻyicha masʼul navbatchining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish binolari va yukxonalarni ochishning bunday har bir holati dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda keyingi kuni komissiya ishtirokida qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlar mavjudligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlar kamomadi aniqlangan taqdirda tegishli shakldagi dalolatnoma tuziladi, u tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun tuzilgan zahoti matbaa korxonasi rahbariga yoki tartibning holati uchun masʼul shaxsga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qatʼiy hisobda turadigan buyumlarni matbaa korxonasi hududidan olib chiqib ketish ishonchnoma asosida berilgan, matbaa korxonasi rahbari va bosh buxgalteri yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan imzolangan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulot ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan bosmaxonalar yoki maxsus uchastkalar tegishli alohida qoʻriqchi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulot tayyorlovchi maxsus uchastkalarda yoki ixtisoslashtirilgan bosmaxonalarda ishlaydigan shaxslarni kiritish maxsus doimiy ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi (ruxsatnomaning old tomonida rekvizitlar: xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, ruxsatnomaning tartib raqami, 3x4 sm oʻlchamdagi surat, guvohnomaning amal qilish muddati, rahbarning imzosi va korxona muhri boʻladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomalar nazorat-oʻtkazish punkti kartotekasida saqlanadi. Xodim ishga kelganda oʻzining tartib raqamini aytadi, qoʻriqchi kartotekadan ushbu tartib raqamli ruxsatnomani oladi, shaxsni surati bilan solishtiradi va shundan keyingina uni maxsus uchastka hududiga kiritadi (ruxsatnoma ish smenasi tugagungacha xodimda boʻladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish tugagach nazorat oʻtkazish punktidan oʻtayotganda xodim ruxsatnomani qoʻriqchiga koʻrsatadi, qoʻriqchi uni kartotekaga biriktirib qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Maxsus uchastkaga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar (chilangarlar, elektrchilar, santexniklar) korxonaga ularda ruxsatnomalar byurosi tomonidan katta usta (usta)ning oldindan berilgan, matbaa korxonasi rahbari yoki korxonadagi tartib uchun masʼul shaxs imzolagan yozma buyurtmanomasi asosida beriladigan maxsus shakldagi vaqtinchalik ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Korxonaga keluvchilar (buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, energiya, bugʻ qozonxonalari nazorati vakillari va shu kabilar) maxsus uchastka yoki maxsus bosmaxona hududiga maʼmuriyat ruxsati bilan ruxsatnomalar byurosi tomonidan beriladigan bir martalik ruxsatnomalar boʻyicha, shaxsini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlgan taqdirda kiritiladilar. Ruxsatnomalar byurosi boʻlmaganda, ruxsatnomalar matbaa korxonasi rahbari tomonidan maxsus tayinlanadigan shaxs tomonidan beriladi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati, keluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning borayotgan joyi, ruxsatnoma berishga asos boʻlgan hujjatning nomi va tartib raqami, matbaa korxonasining muhri boʻladi. Ruxsatnomada nazorat koreshogi boʻladi. Unda ham yuqoridagi rekvizitlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koreshokli bir martalik ruxsatnoma keluvchiga beriladi, uni berishga buyurtmanoma koreshoklar daftarining ruxsatnoma “yirtib olingan” joyiga yopishtirib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonaga kirayotganda keluvchi bir martalik ruxsatnomani pasporti (shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma) bilan birga qoʻriqchiga koʻrsatadi, qoʻriqchi bir martalik ruxsatnoma koreshogini yirtib oladi va alohida kartochkada saqlaydi. Chiqib ketish chogʻida usta keluvchining ruxsatnomasiga chiqib ketayotgani toʻgʻrisida (vaqtini koʻrsatgan holda) belgi qoʻyadi. Qoʻriqchiga belgi qoʻyilgan ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatilgan taqdirda keluvchi korxonadan chiqariladi, ruxsatnoma esa qoʻriqchidagi alohida kartochkada qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keluvchining uncha katta boʻlmagan bosmaxonaning maxsus uchastkasi hududida boʻlishiga uning maʼmuriyati vakili ishtirokida yoʻl qoʻyilishi mumkin. Sexlarda ishlamaydigan va ularga xizmat koʻrsatmaydigan, shuningdek ustki kiyim-boshdagi va xoʻjalik sumkalari boʻlgan xodimlarning ushbu sexlarga, ustaxonalarga, omborxonalarga kirishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qatʼiy hisobda turadigan mahsulotlar tayyorlanadigan va saqlanadigan ixtisoslashtirilgan bosmaxona binosi yoki maxsus uchastka derazalari maxsus toʻsiqlar va qoidaga koʻra, avtomatik signalizatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tartib-qoida talablariga rioya etilmagan holda qatʼiy hisobda turadigan qogʻozlar, chala tayyor mahsulotlar, tayyor matbaa va shaklli buyumlarning yoʻqolishiga hamda oʻgʻirlanishiga olib kelgan aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va topshirish (joʻnatish) boʻyicha moddiy javobgar shaxslar tayinlanadi. Bundan tashqari, ushbu hujjatlarni matbaa korxonasidan tashib ketish uchun avtotransport vositasi biriktirib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish va topshirish (joʻnatish) uchun masʼul shaxslar vaqtinchalik boʻlmagan yoki boshqa ishga oʻtgan taqdirda guvohnomalar blankalari aynan shu maqsadda tuzilgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan dalolatnoma boʻyicha ushbu vazifalarni vaqtinchalik bajarayotgan shaxslarga berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Matbaa korxonasidan rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilib olish buning uchun maxsus vakil qilingan masʼul shaxs tomonidan amalga oshiriladi va, qoidaga koʻra, tegishli vazirlik, idora, korxona va tashkilotga qarashli avtotransportda tashib ketiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Rasmiy hujjatlar blankalarini olish chogʻida blankalar paketlari, toʻgʻri joylanganligini aniqlash maqsadida, masʼul shaxs tomonidan majburiy tartibda koʻzdan kechiriladi, olingan oʻramlar sonining ularning ilova qilinayotgan hujjatlarda koʻrsatilgan soniga muvofiqligi tekshirib koʻriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Matbaa korxonasidan olingan rasmiy hujjatlar blankalari belgilangan joyga yetkazib kelingan kuniyoq ularni hisobga olish va saqlash uchun masʼul shaxslar tomonidan rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarida darhol kirim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarlari aniq, tushunarli holda va qisqartirishlarsiz toʻldiriladi. Daftarlarda oʻchirib yozishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻl qoʻyilgan xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy hujjatlar daftarlari ip oʻtkazib bogʻlangan, ularning varaqlariga tartib raqamlari qoʻyilgan boʻlishi kerak. Daftardagi jami varaqlar soni daftarlarni yuritish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadigan rasmiy hujjatlar blankalari poʻlat sandiqlarda yoxud yonmaydigan shkaflarda va maxsus jihozlangan xonalarda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishdan tashqari vaqtda rasmiy hujjatlar joylangan poʻlat sandiqlar, yonmaydigan shkaflar, shuningdek, blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlangan yoki soʻrgʻichlangan boʻlishi kerak. Muhr yoki soʻrgʻich rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish va saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxsda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga kirishga ularni hisobga olish va saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar haqlidirlar. Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga ulardan tashqari, biroq ularning ishtirokida, koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning toʻgʻridan-toʻgʻri va yuqori turuvchi boshliqlari kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Blankalarning yetishmasligi yoki nuqsoni borlari (himoya kataklarining, bosma matnning yoʻqligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari boʻlgan, qiyshaygan shriftli, notoʻgʻri kesilgan va notoʻgʻri shaklli, seriya va tartib raqamlari yoʻq boʻlgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalariga boshqacha tarzda nomuvofiq boʻlgan blankalar) aniqlangan taqdirda maxsus komissiya tomonidan zarur nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalari va nuqsoni bor blankalar hamda ilova xat bilan yuqori turuvchi tashkilotga (u mavjud boʻlsa) joʻnatiladi. Bu holda dalolatnomaning birinchi nusxasi matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchasi va nuqsoni bor blankalar bilan yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tegishli xat bilan matbaa korxonasiga joʻnatiladi, ikkinchi nusxasi esa yuqori turuvchi tashkilotda qoladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi yopishtirilgan varaqcha kseronusxasi bilan bevosita vazirlikda (idora, korxona, tashkilotda) qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Toʻldirish chogʻida buzilgan blankalar, eskirgan, topib olingan yoki yozuvlariga oʻzgartirishlar kiritilishi munosabati bilan almashtirish uchun topshirilgan bekor qilingan rasmiy hujjatlar, blankalarni qabul qilib olish uchun tuzilgan komissiya tomonidan, ikki nusxada tuzilgan dalolatnoma boʻyicha, har yili bir marta yoʻq qilinadi, ulardan bir nusxasi albatta yuqori turuvchi tashkilotga joʻnatiladi. Yoʻq qilish yondirib yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish tartibi xususiyatlari vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan hamda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan talablardan iborat boʻlgan maxsus meʼyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Rasmiy hujjatlar yoʻqolishi yoki oʻgʻirlanishining har bir holati boʻyicha yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, blankalarning yoʻqolishida aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash maqsadida, darhol xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi, zudlik bilan taftish qilinadi va mavjud blankalar qoldiqlari olib tashlanadi, shuningdek, ularning saqlanishini taʼminlash boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlar koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, blankalarning yoʻqolishida aybdor boʻlgan shaxslar boʻyicha hujjatlar tergov organlariga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida Nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy davlat hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Davlat gerbli guvohnomalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nikohdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vafot etganlik toʻgʻrisida guvohnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Harbiy hisobga olish hujjatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Harbiy bilet
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ofitserning shaxsiy guvohnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Zaxiradagi ofitserning shaxsiy guvohnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toʻliqsiz oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida attestat
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻrta maxsus taʼlim hamda boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisida diplom
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy maʼlumot toʻgʻrisida diplom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fan nomzodi yoki doktori diplomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Huquq beruvchi yoki majburiyatlardan ozod qiluvchi hujjatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mehnat daftarchasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Haydovchilik guvohnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nogironlik guvohnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Urush qatnashchisi guvohnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 09/19/620/3482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvargacha fuqarolarga berilgan fan doktori va nomzodi diplomlari, professor, dotsent va katta ilmiy xodim shahodatnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga fan doktori va nomzodi ilmiy darajalari berilgani haqidagi hujjatlar, shuningdek, xorijiy davlatlarda falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar olinganligi haqidagi hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinda OAK deb ataladi) tomonidan nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan oʻtkazish asosida tenglashtiriladi).
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ilmiy daraja haqidagi diplomlari OAK nostrifikatsiyalangan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasida oliy malaka haqidagi hujjat egalari uchun amalda qoʻllanilayotgan huquq va imtiyozlardan foydalanishga haqlidirlar. Nostrifikatsiyalanmagan oliy malaka hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ilmiy darajalar diplomlarini OAK nostrifikatsiya qilish uchun 1-ilovaga muvofiq, 2-ilovadagi tartibda hujjatlar taqdim etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Nostrifikatsiya uchun hujjatlar OAK tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan hujjatlarni OAKning tegishli soha boʻyicha ekspert kengashi koʻrib chiqib, dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazib, oʻz xulosasini chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAKning Tartib-qoida komissiyasi ekspert kengashi xulosasi va OAK Kotibiyati fikri asosida oʻz tavsiyasini OAK Prezidiumi muhokamasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan tegishli ilmiy yoki ilmiy-tadqiqot muassasaga yoxud ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. OAK Prezidiumining oliy malaka haqidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran ushbu hujjatlar Oʻzbekiston hududida kuchga kiradi. Hujjat egalariga OAK Prezidiumining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy daraja diplomlari beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Fan doktori ilmiy darajasi haqidagi diplomni nostrifikatsiyalash muddati uch oydan, fan nomzodi ilmiy darajasi, falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlar ilmiy darajalari diplomlarini nostrifikatsiyalash muddati ikki oydan oshmasligi kerak. Zarur holatlarda ushbu hujjatlarni koʻrib chiqish muddati OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ilmiy daraja haqidagi diplomlarni tenglashtirish masalalari yuzasidan OAK Prezidiumi chiqargan qarordan norozi boʻlgan daʼvogar qaror chiqqan kundan boshlab ikki oy mobaynida OAKga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qarori taxririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xorijiy davlatlarda berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va ekvivalentligini qayd etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy daraja diplomini nostrifikatsiyalash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladigan attestatsiya ishi hujjatlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Talabgor ish joyidan (agar u ishlayotgan boʻlsa) muassasa rahbari imzolagan yoʻllanma xat yoki talabgorning imzosi notarial tasdiqlangan arizasi (1 nusxa). Xatda (arizada) talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va joyi, ish joyi va lavozimi, shuningdek, qachon va qaysi davlatda ilmiy daraja diplomini olganligi, ilmiy darajaning rasmiy nomi, xorijda olingan hujjatning berilgan kuni, seriyasi va raqami, dissertatsiya mavzusi, qaysi ixtisoslik boʻyicha himoya qilganligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Muassasa rahbarining tegishli ixtisoslashgan kengashga murojaatnomasi (aspirant va doktorantlar uchun esa — ularni chet elda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida oʻqishga yuborish uchun buyruq) nusxasi hamda agar ilmiy ish Oʻzbekistonda tayyorlangan boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) ushbu dissertatsiyaning xorijiy davlatlarda himoya qilinishiga ruxsat berib, xorijiy davlatlar attestatsiya organlariga yuborgan yoʻllanma xatining nusxasi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ilmiy daraja diplomi (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Talabgorning ish joyidan tasdiqlangan yoki uning imzosi qoʻyilgan xodimlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqasi (talabgor pasportining nusxasi ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dissertatsiya himoyasi oʻtgan muassasaning hamda ixtisoslik nomining ilmiy kotib (agar u ishlayotgan boʻlsa) imzosi bilan tasdiqlangan yoki talabgor tomonidan imzolangan davlat tilidagi (lotin grafikasi harflari bilan) va ingliz tilidagi shakllari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mehnat daftarchasidan koʻchirma (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun). Bunda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining mehnat daftarchasidan koʻchirma “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Talabgor himoya qilgan dissertatsiya nusxasi va mavjud boʻlgan taqdirda — 2 nusxa avtoreferat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Attestatsiya ishidagi hujjatlar roʻyxati.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qarori taxririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Mazmuni

Muddatlari (kunlarda)

Ijro uchun masʼullar

1.

Talabgorlar xorijiy mamlakatlarda berilgan fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun tegishli hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) taqdim etadi, shuningdek, nostrifikatsiya oʻtkazish uchun belgilangan toʻlovni kiritishadi.

Daʼvogarlar

2.

OAK xorijiy mamlakatlarda berilgan fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun tegishli hujjatlarni qabul qiladi.

Hujjatlar taqdim etilgan kunda

OAK

3.

Taqdim etilgan hujjatlar OAKning tegishli soha boʻyicha ekspert kengashi tomonidan koʻrib chiqilib, OAKning Tartib-qoida komissiyasiga xulosa beriladi.

Belgilangan muddatda

OAKning tegishli soha boʻyicha ekspert kengashi

4.

OAKning Tartib-qoida komissiyasi ekspert kengashi xulosasi va OAK Kotibiyati fikri asosida oʻz tavsiyasini OAK Prezidiumi muhokamasiga taqdim etadi.

Belgilangan muddatda

OAKning Tartib-qoida komissiyasi

4a.

Taqdim etilgan hujjatlar, zarur holatlarda, OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan tegishli ilmiy yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga yoxud ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin.

Belgilangan muddatda

OAKning Tartib-qoida komissiyasi, tegishli muassasalar

5.

OAK Prezidiumi fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Belgilangan muddatda

OAK Prezidiumi

6.

Fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplom egalariga OAK Prezidiumi qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasining fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari diplomlari beriladi.

Belgilangan muddatda

OAK Prezidiumi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qarori taxririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Keyingi tahrirga qarang.