05.06.2017 yildagi PF-5068-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.06.2017 yildagi PF-5068-son
Date of entry into force
13.06.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy-texnologik va innovatsiya tadbirkorligining barqaror rivojlanishini ta’minlash, kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish, milliy va xorijiy bozorlarda raqobatdosh, ilmiy-hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishni va yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish uchun qulay muhit shakllantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Yashnobod” innovatsiya texnoparkini (keyingi o‘rinlarda — “Yashnobod” texnoparki) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Yashnobod” texnoparki quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashnobod” texnoparki rezidentlarini Toshkent shahri, Namangan viloyati Chust tumani va Navoiy viloyati Karmana tumani hududida joylashtirishning ilmiy, texnologik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda ushbu hududlar chegarasida eksterritoriallik asosida joylashtirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarishning yaxlit innovatsiya zanjirini amalga oshirish uchun ilm-fan, o‘quv va ishlab chiqarish tashkilotlarining faoliyatini integratsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsiya loyihalarini davlat, ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, tijorat banklari, xalqaro moliya institutlar va donor mamlakatlar kreditlari hamda venchur fondlarining moliya resurslari hisobiga birgalikda moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat ko‘rsatishning, jumladan ilmiy laboratoriyalar, kerakli reagent va sarflash materiallari bilan ta’minlash, litsenziya va patentlar olishni tashkil qilish, ilmiy va innovatsiya ishlanmalarini tijoratlashtirishni o‘z ichiga olgan yaxlit infratuzilmani yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining “Yashnobod” texnoparkining ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar, sanoat-tajriba sinovlarini o‘tkazish va innovatsiya mahsulotlari namunalarini o‘zlashtirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyo texnologiyasi, biotexnologiya, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyasi, o‘simliklarni himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materialshunoslik, metallga ishlov berish texnologiyasi, zilzilabardoshlilik, qurilish materiallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat sanoati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya tejamkorlik, muqobil va energiyaning qayta tiklanadigan manbalarini ishlab chiqarish, elektron o‘lchash asboblari, robototexnika, mashinasozlik, elektrotexnika.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Yashnobod” texnoparkining asosiy vazifa va funksiyalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent sofligini inobatga olgan holda, innovatsiya ishlanmalarini, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan yuqori texnologiyali va raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba va kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsiya ishlanmalarning sanoat-tajriba sinovlarini o‘tkazish va ishlab chiqarishda intellektual mulk obyektlaridan foydalanishning huquqiy himoyasini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tatbiq etish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, zamonaviy xorijiy va mamlakatimiz texnologiyalarini transfer qilishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori texnologiyali va innovatsiyali ishlab chiqarishni tashkil etishga qiziqqan mahalliy va xorijiy investorlarni, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun imkoniyat va resurslarga ega bo‘lgan tadbirkorlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlanmalarining samaradorligini oshirish, ularning faoliyat ko‘rsatishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni hamda talabalarni jalb etish maqsadida oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va ishlab chiqarish sohasidagi subyektlar o‘rtasida o‘zaro uzviy va amaliy aloqalarni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsiya ishlanmalari natijalarini tegishli tarmoqlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar amaliy faoliyatiga keng joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnoparkning faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Yashnobod” texnoparki faoliyatini muvofiqlashtiradi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va “Yashnobod” texnoparki rahbarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar va Yashnobod tumani hokimliklari “Yashnobod” texnoparki faoliyatiga ko‘maklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yashnobod” texnoparki rezidentlariga innovatsiya ishlab chiqarishini va startaplar tashkil qilish uchun Yashnobod tumani hududidan yer maydonlari elektron-onlayn auksion orqali ajratiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yashnobod” texnoparki ishtirokchilari hisoblangan ilmiy va oliy ta’lim muassasalari texnopark rezidentlariga ilmiy ishlab chiqarish binolari, shu jumladan laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari, tajriba-sinov ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish komplekslarini, shuningdek, foydalanilmayotgan davlat mulki binolarini ijaraga berishlari mumkin va ijara to‘lovlaridan tushgan pul mablag‘larni, o‘rnatilgan tartibda balansda saqlovchi ixtiyorida qoladigan mablag‘lardan tashqari, “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga yo‘naltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yashnobod” texnoparki rezidenti statusi 10 yilgacha tanlov asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yashnobod” texnoparki rahbari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yashnobod tumani hokimligi va “Yashnobod tuman kommunal ta’mirlash- avariya tiklash xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati laboratoriyalarining bir qismi hamda rahbariyat ma’muriyatini joylashtirish maqsadida Yashnobod tumani, Majnuntol ko‘chasi, 5-uy manzilida joylashgan binoni berilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Yashnobod” texnoparki va uning rezidentlari rivojlanishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha asosiy vakolatli bank hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklariga “Yashnobod” texnoparkida amalga oshirilayotgan innovatsiya loyihalariga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatgacha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 50 foizdan oshmaydigan stavka bo‘yicha imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov sifatida xarid qilinayotgan (tashkil etilayotgan) uskuna hamda “Yashnobod” texnoparki ma’muriyati kafolati etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Yashnobod” texnoparki ma’muriyati va rezidentlari amalga oshirilayotgan innovatsiya loyihalari bo‘yicha “Yashnobod” texnoparkining butun faoliyat ko‘rsatish davrida quyidagilardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga muvofiq, innovatsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida o‘z ishlab chiqarish ehtiyoji uchun olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskuna, xom ashyo, materiallar, reaktivlar, butlovchi buyumlar hamda qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kunlik muddatda “Yashnobod” innovatsiya texnoparki to‘g‘risidagi Nizom, texnopark ma’muriyati tarkibi, “Yashnobod” texnoparki rezidentlariga yer maydonlari ajratish tartibi, 2017-2018-yillarda “Yashnobod”texnoparkida amalga oshirilishi taklif etilayotgan innovatsiya loyihalari ro‘yxatini tasdiqlashni o‘z ichiga olgan “Yashnobod” texnoparki faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 5-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5068-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 23-son, 446-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)