01.06.2017 yildagi PQ-3026-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 01.06.2017 yildagi PQ-3026-son
Date of entry into force
13.06.2017
Hujjat 13.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5067-sonli Farmoni ijrosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 1a-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi markaziy apparatining cheklangan boshqaruv xodimlari soni 36 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi va viloyatlar veterinariya boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari 3- va 3a-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar veterinariya boshqarmasining tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar veterinariya boshqarmasining tuzilmasiga kiruvchi muassasalar roʻyxati 4a-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari 5-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar, tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimlari tuzilmasiga kiruvchi muassasalar roʻyxati 5a-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining tuzilmasi 6-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining namunaviy tuzilmasi 7-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining namunaviy tuzilmasi 8-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari tuzilmasiga kiruvchi muassasalar roʻyxati 8a-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining tuzilmasi 9-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazining tuzilmasi 10-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 11-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi raisiga xodimlarning belgilangan umumiy shtatdagi soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari hamda uning tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi va uning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashish va muvofiqlashtirish Komissiyasi 12-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari Dasturi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar Dasturi) 13-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 13-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga chora-tadbirlar Dasturida koʻrsatilgan tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ilmiy-tadqiqot ishlari, xizmatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, veterinariya mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, davlat veterinariya xizmati xodimlarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalari etib Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining hamda Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazining veterinariya xizmatlarini koʻrsatishdan tushadigan 75 foiz miqdoridagi mablagʻlari belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Davlat veterinariya qoʻmitasi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda kasb-hunar kollejlarida “veterinar feldsher” yoʻnalishi boʻyicha kadrlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratgan holda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlaridagi veterinariya xizmati tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash qismini tanqidiy qaytadan koʻrib chiqsin, zamonaviy talablarni inobatga olgan holda, ularning yangi tahririni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab oʻquv jarayoniga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya xizmati tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan kasb-hunar kollejlarini maxsus ixtisoslikka ega malakali oʻqituvchilar bilan mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya xizmati tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini bevosita tanlagan mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirilishiga yordam koʻrsatsin va bandlik boʻyicha nazoratni kuchaytirsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish va shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining markaziy apparati Toshkent shahri, Kichik Halqa yoʻli koʻchasi, 21a-uy manziliga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi Toshkent shahri, Xalqobod 4-berk koʻchasi, 4-uy manziliga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi Toshkent shahri, A.Yunusov koʻchasi, 1a-uy manziliga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazi Toshkent shahri, Diydor koʻchasi, 100-uy manziliga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Toyloq qoʻrgʻoni, Al-Beruniy koʻchasi, 35-uy manziliga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasini belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 1-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3026-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 453-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)