1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida yagona geologiya xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer qaʼrini kompleks geologik oʻrganish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarining samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ ning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida uning tarkibiga “Navoiy KMK” DK ning “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Olmaliq KMK” AJ ning “Rangli metallar geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazini berish orqali yagona geologiya xizmatni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Navoiy KMK” DK ning “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Olmaliq KMK” AJ ning “Rangli metallar geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tarkibiga berish boʻyicha chora-tadbirlar 1 -ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Navoiy KMK” DK ning “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Olmaliq KMK” AJ ning “Rangli metallar geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi tarkibiga berishga doir chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda tashkiliy masalalarni tezkor hal etish boʻyicha ishchi guruh 2-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh (Gʻ.I. Ibragimov) ikki oy muddatda mazkur qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan “Navoiy KMK” DK ning “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Olmaliq KMK” AJ ning “Rangli metallar geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazini Davlat geologiya qoʻmitasi tarkibiga berish boʻyicha chora- tadbirlarni belgilangan tartibda yakunlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda konchilik munosabatlarini boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika mineral-xomashyo bazasini, birinchi navbatda — yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli va kamyob metallar, nodir yer elementlari va uranning mineral xomashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral xomashyoning yangi turlari va ularning konlarini tezkor qidirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-qidiruv ishlarini samaradorligi va natijadorligini oshirish, joylarda yangi sanoat quvvatlarini barpo etilishini hisobga olgan holda foydali qazilmalar zaxiralarini koʻpaytirilishini va iqtisodiyot tarmoqlarining mineral xomashyo bazasini qayta toʻldirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilma konlarini sanoatda oʻzlashtirish uchun berilishini jadallashtirish hisobiga faol investitsiya siyosatini yuritish, konlardan oqilona, shu jumladan xorij investitsiyalarni jalb qilish orqali foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatdosh mahsulot ishlab chiqishni tashkil etish maqsadida amaldagi, birinchi navbatda respublika hududlaridagi sanoat tarmoqlari xomashyo manbalarini diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq, oʻrta muddatli va yillik davlat dasturlarini amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilishni, yer qaʼrini geologik oʻrganish uslubiyotini, olingan natijalarning hajmi, sifati va ishonchliligini obyektiv baholashni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy va yuqori unumdor geologiya-qidiruv uskunalarini tezkor joriy qilish, ilgʻor texnika va innovatsion texnologiyalar bilan taʼminlash hisobiga geologiya sohasini modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarning kasbiy malaka darajasini oshirish boʻyicha tizimli chora- tadbirlarni amalga oshirish, ular mehnatini ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini joriy qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni sifatli amalga oshirishga shaxsan masʼul ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatida xodimlarning cheklangan soni 4 birlikdan iborat Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish boshqarmasi tashkil etilsin va unga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geologiya qoʻmitasining Mineral xomashyo bazasini kengaytirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini monitoring qilish va shakllantirish boshqarmasining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishni nazorat qilish boʻyicha soha inspeksiyasining tegishli vazifalari berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv xodimlarning cheklangan soni 85 birlikdan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geologiya qoʻmitasi raisiga zarurat boʻlganda Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki, Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, tasarrufdagi tashkilotlarning ajratmalari, shuningdek qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa moliyaviy manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qarorning 4-bandida* belgilangan asosiy vazifalarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi yangilangan Nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlari qimmatbaho va rangli metallar hamda uranga olib boriladigan geologiya-qidiruv ishlarining obyektlari va bajarish muddatlari, shuningdek, zaxiralar hajmini koʻpaytirish qismida “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ bilan kelishilishi lozimligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yilgi geologiya-qidiruv ishlari Dasturi doirasida avval xarid qilingan uskunalar, maxsus texnika va avtotransport vositalari Davlat geologiya qoʻmitaning “Geoltextaʼminot” DK ga begʻaraz asosda topshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilab qoʻyilsinki, mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik dasturlarida koʻzda tutilgan geologiya- qidiruv ishlari va geologiya sohasini modernizatsiya qilish chora- tadbirlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida geologiya-qidiruv ishlari uchun koʻzda tutilgan budjet mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ ning qimmatbaho va rangli metallar hamda uran zaxiralarini koʻpaytirishni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus maqsadli hisob raqamlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geologiya qoʻmitasi, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2017-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida geologiya-qidiruv ishlarini bajarish va geologiya korxonalarini modernizatsiya qilishga moʻljallangan asbob-uskunalarni xarid qilishni moliyalashtirish uchun maxsus maqsadli hisob raqamlarida mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlariga uzluksiz ish staji uchun “Navoiy KMK” DK ning “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Olmaliq KMK” AJning “Rangli metallar geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazi xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda ustama toʻlashni nazarda tutuvchi ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi geologiya yoʻnalishlarida oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha asosiy buyurtmachi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda oʻrnatilgan tartibda 5-ilovadagi roʻyxatga muvofiq Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga zarur yoʻnalishlar va mutaxassisliklarni kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab yer qaʼrini geologik oʻrganishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy qilgan holda geologiya mutaxassisliklarining oʻquv rejalaridagi amaliyot mashgʻulotlari hajmini oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Davlat geologiya qoʻmitasining 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab geologiya sohasi ehtiyoji uchun 6-ilovaga muvofiq kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qarorning 6-ilovasida koʻrsatilgan kasb-hunar kollejlarini malakali oʻqituvchilar hamda zarur boʻlgan oʻquv va metodik materiallar, laboratoriya uskunalari bilan toʻldirishni, shuningdek, bitiruvchilarni tanlagan kasblari boʻyicha ishga joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 7-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat geologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 24-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3004-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-son qaroriga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga yangidan kiritilayotgan, talab yuqori boʻlgan oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Bakalavriat boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geoximiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Magistratura boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paleontologiya va stratigrafiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineralogiya va kristallografiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert mineralogiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
petrografiya va vulkanologiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litologiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrogeoekologiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yerni masofadan turib zondlash va GAT-texnologiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq foydali qazilmalarni izlashning geofizik usullari va qidiruvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-son qaroriga 6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017/2018-oʻquv yilidan boshlab geologiya sohasi ehtiyojlari uchun mutaxassislar tayyorlash tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geologik qidiruv quduqlarini burgʻilovchi — texnik
3.
Kattaqoʻrgʻon qurilish va sanoat kasb-hunar kolleji
Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahri
Geologiya-qidiruv ishlari texnigi
Geologik qidiruv quduqlarini burgʻilovchi — texnik
4.
Nurota togʻ-kon sanoati kasb-hunar kolleji
Navoiy viloyati, Nurota tumani
Geologiya-qidiruv ishlari texnigi
Geologik qidiruv quduqlarini burgʻilovchi — texnik
5.
Denov konchilik sanoati kasb-hunar kolleji
Surxondaryo viloyati, Denov tumani
Geologiya-qidiruv ishlari texnigi
Geologik qidiruv quduqlarini burgʻilovchi — texnik
6.
Shahrisabz texnologiya kasb-hunar kolleji
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri
Geologiya-qidiruv ishlari texnigi
Geologik qidiruv quduqlarini burgʻilovchi — texnik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Bitiruvchilar soni Geologiya davlat qoʻmitasi tomonidan har yili taqdim qilinadigan talabnomalarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Yangidan ochilgan kasblar.
LexUZ sharhi
6-ilova norasmiy tarjima.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-son qaroriga 7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-yanvardagi “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilishni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-568-son qarorining 1, 2 va 3-bandlari, shuningdek, uning 1-ilovasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1396-son qarorining 1, 2-bandlari, 4-bandining 3-xatboshisi, 7-bandining 4-xatboshisi va 8-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2723-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 450-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)