13.04.2017 yildagi 206-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.04.2017 yildagi 206-son
Date of entry into force
24.04.2017
Hujjat 24.04.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 8-fevraldagi PQ–2761-son qarori ijrosini taʼminlash, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi oʻrinlarda Sud ekspertizasi markazi deb ataladi) faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat sud ekspertlarining (keyingi oʻrinlarda sud ekspertlari deb ataladi) malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sud ekspertizasi markazining Buxoro, Jizzax, Navoiy va Namangan hududiy boʻlimlari hamda Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini, shuningdek boshqa sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muntazam ravishda sud ekspertlarining nazariy va huquqiy bilimlari hamda amaliy koʻnikmalarini oshirish, ishchanlik va kasbiy fazilatlarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga huquqiy fanlar, sud ekspertizasi va ekspertlik amaliyotiga oid ilgʻor yutuqlarni oʻrganishni joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlik faoliyati boʻyicha amaliy takliflar, tavsiyalar va qoʻllanmalarni ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Buxoro, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda yangi tashkil etilayotgan Sud ekspertizasi markazining hududiy boʻlimlarini joylashtirish va ish faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida ularni bino, mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasi markazining yangi tashkil etilgan hududiy boʻlimlarda joylardagi ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qoʻshimcha turlarini joriy qilinishini tashkil qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertiza xulosalarini xalqaro miqyosda tan olinishi va qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini taʼminlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini, shuningdek ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizaning yangi, shu jumladan sud lingvistik ekspertizasi, sud avtomobil yoʻllari ekspertizasi va sud kompyuter-texnik ekspertizasi kabi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq qilish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoviy dalillarni qayd qilish boʻyicha maʼlumotlar bazalarini shakllantirish, tadqiqotlarning maqbul metodikalarini tanlash, ekspertiza tadqiqotlarini oʻtkazish muddatlarini qisqartirish, shuningdek Sud ekspertizasi markazini zamonaviy dasturiy taʼminot bilan taʼminlash maqsadida innovatsion loyihalarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda, ushbu qarordan kelib chiqib, Sud ekspertizasi markazi ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yilda va har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda, asoslangan hisob-kitoblarga binoan, Sud ekspertizasi markaziga ushbu qarorning ijrosini taʼminlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 14-noyabrdagi 321-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 46-47-son, 522-modda) 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 13-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga
1-ILOVA

Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 271-moddasiga muvofiq davlat sud ekspertlarining malaka oshirish kurslarida muayyan sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha malakasini va huquqiy bilimlarini oshirib borish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sud eksperti (keyingi oʻrinlarda sud eksperti deb ataladi) — davlat sud ekspertiza muassasasining oʻz xizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini oʻtkazuvchi sud eksperti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-ekspertlik faoliyati — sud ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar — sud ekspertizasi muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sud ekspertlarining malakasini oshirib borish sud ekspertlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga mos ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sud ekspertlarining malakasini oshirib borish vazirliklar va idoralar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi oʻrinlarda Sud ekspertizasi markazi deb ataladi) Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazida (keyingi oʻrinlarda Oʻquv markazi deb ataladi) vazirliklar va idoralarning ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha taqdim qilinadigan buyurtmasiga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻquv markazida sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish xarajatlari, shuningdek Oʻquv markaziga asosiy ishdan ajralgan holda boshqa hududlardan yuborilgan sud ekspertlarining oʻqish joyiga kelishi va u yerdan qaytishi boʻyicha bir martalik yoʻl xarajatlari, xizmat safari boʻyicha xarajatlar vazirliklar va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sud ekspertlari har ikki yilda malakasini va huquqiy bilimlarini oshirib borishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Malakani va huquqiy bilimlarni oshirish oʻz ixtisosligi boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan sud ekspertlari uchun tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirliklar va idoralar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimida oʻqishi lozim boʻlgan sud ekspertlarining ehtiyojini aniqlaydi va tarkibini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy bilimlarini oshirib borish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishda Oʻquv markaziga tashkiliy-metodik jihatdan koʻmaklashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish boʻyicha oʻquv jarayoni sifatini monitoring qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirliklar va idoralar sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning toʻliqligi va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun masʼuldirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻquv jarayonini yuqori ilmiy-uslubiy darajada taʼminlash, malakaviy talablar, oʻquv rejalari va dasturlari asosida kasbiy va huquqiy bilimlar hamda mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga koʻmaklashish uchun zarur boʻlgan nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar va malakalarni muntazam ravishda yangilab borish sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishning vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlarining kasbiy va huquqiy bilimlari, koʻnikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq sud-ekspertlik faoliyati sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy va huquqiy tayyorgarlikni oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirishning bevosita va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlari tomonidan zamonaviy multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali oʻzlashtirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish jarayonlarining fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini taʼminlash, sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bevosita va bilvosita shakllarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bevosita shaklda malakani va huquqiy bilimlarni oshirish quyidagicha tashkil qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayonida ishtirok etish — oʻquv dasturlariga mos holda yangi nazariy va amaliy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sud ekspertizasi muassasalarida malakaviy amaliyot (stajirovka) oʻtash — sud ekspertlarining amaliy bilimlari, koʻnikma va malakalarini kengaytirish va chuqurlashtirish hamda oʻquv jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlari malakaviy amaliyot (stajirovka) oʻtashni xorijiy davlatlarning sud ekspertlari malakasini oshirishga ixtisoslashgan muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda vazirlik, idoralar va davlat sud ekspertizasi muassasalari bilan xorijiy davlatlarning tegishli muassasalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan sud ekspertizasi muassasalarini rivojlantirish maqsadida ajratiladigan grantlar asosida amalga oshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bilvosita shaklda malakani va huquqiy bilimlarini oshirish — sud ekspertlarining masofadan turib amalga oshiriladigan taʼlim, oʻz bilimini mustaqil oshirishi, tajriba almashishi, davlat sud ekspertizasi muassasalari va Oʻquv markazi tomonidan tashkil etiladigan ekspertlarning seminar, davra suhbati va konferensiyalarda hamda boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etishi va maʼruzalar bilan chiqishi orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Masofadan turib amalga oshiriladigan taʼlim axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslanadi va asosiy ishdan ajramagan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masofadan turib amalga oshiriladigan taʼlim tegishli oʻquv dasturi asosida tashkil qilinadi hamda malaka oshirishning mustaqil shakli sifatida yoki malakani va huquqiy bilimlarni oshirish bevosita shaklining takribiy qismi sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sud ekspertlari oʻzining bilim, koʻnikma va malakasini mustaqil tarzda oshirib borishlari shart. Mustaqil taʼlim sud-ekspertlik faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻquv jarayonini tashkil etish Oʻquv markazi hamda vazirliklar va idoralar tomonidan Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga javob beradigan oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻquv jarayoni guruh tarkibida sud ekspertizalarining bir turi boʻyicha tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishni samarali tashkil qilish uchun Oʻquv markazi hamda vazirliklar va idoralar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqitishning zamonaviy pedagogik uslublari, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, sud ekspertizalarining turlari boʻyicha tahliliy qobiliyatlarni va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan alohida oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fanlarning sud ekspertiza amaliyoti bilan aloqasini taʼminlaydi, oʻquv jarayonining amaliy yoʻnaltirilganligini, mustaqil taʼlimni, oʻquv jarayonini sud ekspertizasi faoliyatidagi vazifalarni samarali bajarishga yoʻnaltirilganligini kuchaytiradi, oʻquv jarayoniga sud ekspertizasi sohasidagi ilgʻor ilmiy-tadqiqotlar natijalari, pedagogik texnologiyalar, mashgʻulotlar oʻtkazishning samarali shakl va uslublarini joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlari tomonidan oʻz mutaxassisligi boʻyicha yangi nazariy bilimlar va zamonaviy tadqiqot usullari, ilgʻor amaliy tajribalar, shuningdek ish faoliyatlarida axborot-texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga taʼlimning interfaol usullari, zamonaviy pedagogika texnologiyalarini, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib, axborot-kommunikatsiya va masofali taʼlim texnologiyalarini tatbiq qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqilgan sud ekspertizasi fanlariga taalluqli ilmiy, uslubiy va texnik yangiliklar, ilgʻor tajribalarni oʻrganadi hamda oʻquv jarayoniga joriy qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganadi, shu soha boʻyicha tajriba almashishni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga oid maxsus fanlar boʻyicha adabiyotlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasi tadqiqotlari metodikalarini takomillashtirish, yangi turdagi ekspertizalarni joriy qilish, oʻquv jarayonini rivojlantirishga oid mavzularda konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil qiladi hamda bunday anjumanlarda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayonining lozim darajada tashkil qilinishi va oʻtkazilishi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻquv jarayoni muayyan yoʻnalish boʻyicha siklik mashgʻulotlar (kun davomida boshqa turdagi mashgʻulotlarga jalb etmasdan) tarzida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sud ekspertlarining malakasini oshirish jarayonida malakaviy amaliyot (stajirovka) oʻtkazilishi nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish vazirliklar va idoralarning buyurtmalariga binoan Sud ekspertizasi markazi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻquv markaziga sud ekspertlarini qabul qilish Sud ekspertizasi markazi direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Malaka va huquqiy bilimlarini oshirishni oʻtayotgan sud ekspertlariga oʻqishning butun davri mobaynida asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oʻquv markaziga jalb qilingan sud ekspertlari oʻquv jarayonidan quyidagi holatlarda chetlashtiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertizasi markazining ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv dasturlarini oʻzlashtirmaganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzrli sabablarsiz 8 akademik soatdan koʻp oʻquv mashgʻulotlarini qoldirganlik uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sabablarga koʻra yoki oʻqishning davriyligi va talablariga binoan oʻqishni davom ettira olmagan sud eksperti oʻz arizasiga koʻra oʻquv jarayonidan chetlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sabablarga koʻra oʻqishni davom ettira olmagan sud ekspertiga kelgusida tashkil etiladigan oʻquv guruhlarida oʻqish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oʻquv markaziga jalb qilingan sud ekspertlarini oʻquv jarayonidan chetlashtirish Sud ekspertizasi markazi direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi va bu haqda vazirliklar va idoralarga xabar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha oʻquv jarayonining muddati va davomiyligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Vazirliklar va idoralar tomonidan sud ekspertlarining malakasini oshirish muddati ikki haftadan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oʻquv markazida sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish bir haftadan kam boʻlmagan muddatda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻquv jarayoni haftasiga koʻpi bilan 36 akademik soat hajmida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Masofali taʼlimda oʻqitish muddati oʻquv jarayoni muddatiga mos holda akademik soatlar bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Sud ekspertlari bilimini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻquv jarayoniga jalb qilingan sud ekspertlari bilimlarini baholash yakuniy nazoratlar natijasiga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malakani oshirish boʻyicha yakuniy nazorat vazirliklar va idoralarda (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlari uchun –Oʻquv markazida) test yoki yozma imtihon shaklida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy bilimlarni oshirish boʻyicha yakuniy nazorat Oʻquv markazida test yoki yozma imtihon hamda oʻqish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni aniqlashga qaratilgan suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yakuniy nazoratlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun vazirliklar va idoralar rahbarlari va Sud ekspertizasi markazi direktorining buyruqlari bilan komissiyalar tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv markazida tashkil etiladigan komissiya tarkibiga vazirliklar va idoralar, oliy taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillari ular bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy nazoratlar natijalari komissiyalar aʼzolari tomonidan imzolanadigan qaydnoma varaqalariga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Oʻquv jarayoniga jalb etilgan va oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan sud ekspertlariga tegishli komissiyalar tomonidan ushbu Nizomga 2, 3-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha sertifikatlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yakuniy nazoratlardan oʻta olmagan yoki uzrli sabablarga koʻra ularda ishtirok eta olmagan sud ekspertiga, uning arizasiga binoan, uch kun muddatda tegishli yakuniy nazoratni qayta topshirish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda malakasini va/yoki huquqiy bilimlarini oshirmagan yoki yakuniy nazoratlardan takroran oʻta olmagan xodimlar malaka va/yoki huquqiy bilimlarni oshirishdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy bilimlarni oshirishdan oʻtmagan xodimlar haqidagi maʼlumotnoma Sud ekspertizasi markazi tomonidan zarur choralar koʻrish uchun vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Malakani va/yoki huquqiy bilimlarni oshirishdan oʻtmagan xodimlarning sud-ekspertlik faoliyati bilan shugʻullanishi hamda ularni sud-ekspertlik faoliyatiga jalb qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Davlat sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish kurslarida oʻqishni tashkil qilish boʻyicha buyurtma shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori
‎________________________ga

‎‎
‎Davlat sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish kurslarida oʻqishni
‎tashkil etish boʻyicha
‎ BUYURTMA

‎‎Davlat sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish kurslarida quyidagi xodim(lar)ni oʻqitish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatishingizni soʻrayman:

T/r‎

Xodim(lar)ning F.I.O.‎‎

Xodim(lar)ning lavozimi va maxsus unvoni‎

Mutaxassislik yoki yoʻnalish nomi‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

4.‎

‎‎

‎‎

‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

______________________‎‎

________________‎‎

______________________‎‎

(rahbar lavozimi)‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‏

‎‎_____________________________________________________________
‎(sud ekspertizasi muassasasiga ega boʻlgan tashkilotning nomi)
‎Davlat sud ekspertining malakasini oshirganligi toʻgʻrisida
‎ SERTIFIKAT
‎№ _______________

20___ yil “___” ______________‎‎

__________________
‎ (berilgan joyi) ‎‎

‎‎__________________________________________________________________
‎ (Davlat sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20___ yil “____” _______________dan 20___ yil “____”_______________gacha ___________________________________ soatli
‎______________________________________________________________________ni

‎‎(malaka oshirish kursining nomi)

‎‎muvaffaqiyatli tamomladi.
‎‎Komissiya raisi ______________ ‎‎____________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

(M.Oʻ.)‎

‎‎Amal qilish muddati: 2 yil

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‏

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ADLIYA VAZIRLIGI
‎X. SULAYMONOVA NOMIDAGI RESPUBLIKA SUD EKSPERTIZASI MARKAZI
‎ Davlat sud ekspertining huquqiy bilimlarini oshirganligi toʻgʻrisida
‎ SERTIFIKAT
‎№ _______________

20___ yil “___” ______________‎‎

__________________
‎ (berilgan joyi) ‎‎

‎‎__________________________________________________________________
‎ (Davlat sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20___ yil “____” _______________dan 20___ yil “____”_______________gacha ___________________________________ soatli
‎______________________________________________________________________ni

(huquqiy bilimlarni oshirish kursining nomi)

‎‎muvaffaqiyatli tamomladi.
‎‎Komissiya raisi ______________ ‎‎____________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

(M.Oʻ.)‎

‎‎Amal qilish muddati: 2 yil

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT TALABLARI

1. Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari (keyingi oʻrinlarda Davlat talablari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan davlat sud ekspertlarining (keyingi oʻrinlarda sud ekspertlari deb ataladi) malakasini oshirish tizimiga qoʻyilgan majburiy talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat talablari sud ekspertlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari, taʼlim sifatini baholash va nazorat qilish boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat talablarining qoʻllanish maqsadi va sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat talablari sud ekspertlarining malakasini oshirish boʻyicha muassasaning faoliyatini tashkiliy va oʻquv-uslubiy taʼminlash maqsadida qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat talablari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlarining malakasini oshirishning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan umumiy va asosiy talablarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv yuklamasi hajmini hamda sud ekspertlariga beriladigan hujjatni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan asosiy talablarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlarining malakasini oshirish sifatini baholash hamda nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Sud ekspertlarining malakasini oshirishning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan umumiy va asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan umumiy talablar tegishli oʻquv dasturlari bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sud ekspertlarining malakasini oshirishning mazmuni sud ekspertlari tomonidan asosiy va qoʻshimcha (yangi) bilim va koʻnikmalar olishga, shuningdek yangi turdagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur malakalarni egallashga yoʻnaltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sud ekspertlarining malakasini oshirishning sifati ushbu tizim boʻyicha oʻquv jarayonini yakunlagan sud ekspertlarining zarur tayyorgarlik darajasi, ularning bilimlari va amaliy koʻnikmalarining sud ekspertlariga qoʻyiladigan zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga mosligi bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻquv dasturlari sud ekspertizasi sohasiga oid fanlarning ilgʻor yutuqlariga, sud-ekspertlik amaliyoti va amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqiladi hamda oʻquv jarayonining uzluksizligi va uzviyligi talablariga mos boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sud ekspertlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari mazmuniga qoʻyiladigan talablar nazariy, amaliy, ekspertizaga oid bilimlarning oʻzaro mosligi, shuningdek mutaxassislik boʻyicha zarur malaka hamda koʻnikmalarni oʻrganishni inobatga olgan holda zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sud ekspertlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida taʼlimning uzluksizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni qoʻllash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajriba hamda uni oʻquv jarayoniga tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslik va tegishli fanlar boʻyicha yangi bilimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimning amaliy yoʻnaltirilganligi, amaliy kasbiy tayyorgarlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikdagi oxirgi oʻzgartirishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklarga murosasizlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ularni sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etishning tashkiliy-metodik jihatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻquv dasturlarining mazmuni sud ekspertlarining malakasini oshirish shakllariga, shuningdek oʻquv jarayonining amaliy yoʻnaltirilganligiga, sud ekspertlarida nazariy bilimlar, amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirishga mos boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Sud ekspertlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv yuklamasi hajmi va sud ekspertlariga beriladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sud ekspertlarining malakasini oshirish ikki haftadan kam boʻlmagan muddatda sud ekspertizasi muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sud ekspertlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayoni haftasiga koʻpi bilan 36 akademik soat hajmida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻquv jarayoniga jalb etilgan va oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan sud ekspertlariga belgilangan namunadagi Davlat sud ekspertining malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quyidagilar sud ekspertlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan asosiy prinsiplar va qoidalarni bilish, qonun hujjatlari normalarini toʻgʻri anglash va qoʻllash qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanish qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli vaziyatlarga nisbatan ruhiy barqarorlik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan asosiy prinsiplar va qoidalarni bilish, qonun hujjatlari normalarini toʻgʻri anglash va qoʻllash qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan asosiy prinsiplar hamda qoidalarni, jumladan protsessual normalarni bilish va ularning mohiyatini tushunish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini bilish va ularning qonun bilan kafolatlanishini anglash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati organlari tizimini va ularning tashkil etilishi asoslarini bilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaga oid qonun hujjatlarini bilish, tushunish va ularni amaliyotda qoʻllay olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasi sohasidagi bilimlarni qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ijodiy fikrlash hamda sohaga oid huquqiy normalarni toʻgʻri, bir xilda tushunish va qoʻllash, ularning mazmunini aniqlay olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizalarining metod va metodikalarini bilish, ularni tadqiqotlar oʻtkazishda mustaqil va toʻgʻri qoʻllay olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki, qayta, qoʻshimcha, komissiyaviy va kompleks ekspertizalar boʻyicha tadqiqotlarni oʻtkaza olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasi sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini mustaqil qoʻllash, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishning amaliy koʻnikmalariga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizalarini tayinlash va oʻtkazishda mavjud xatolar va kolliziyalarni aniqlay olish hamda ularni bartaraf etish yoʻllarini bilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishning asoslarini bilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanish qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertiza sohasida alohida mavzu yoki mavzuning bir qismi boʻyicha ilmiy izlanishlar hamda tajribalar oʻtkaza olish va bunday faoliyatda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizalarining mavjud metodikalarini takomillashtirish yoki yangi metodikalar yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi turdagi sud ekspertizalarini joriy qilish boʻyicha tegishli ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Turli vaziyatlarga nisbatan ruhiy barqarorlik qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatida uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni oldindan bilish va ularni baholay olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-ekspertlik faoliyatida yuzaga keladigan kolliziyalarni aniqlash va ularni bartaraf etish yoʻllarini bilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli vaziyatlarda aniq va qonunga muvofiq harakat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Sud ekspertlarining malakasini oshirish sifatini baholash hamda nazorat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sud ekspertlarining malakasini oshirish sifatini baholash taʼlim jarayonini ichki va tashqi shaklda nazorat qilishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ichki nazorat sud ekspertizasi muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlari boʻyicha Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazi) tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazoratda oʻquv jarayoniga jalb qilingan sud ekspertlarining bilimlari yakuniy nazorat natijalari asosida baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tashqi nazorat Sud ekspertlarining malakasini oshirish oʻquv markazi va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2012-yil 14-noyabrdagi 321-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) xodimlarining cheklangan umumiy soni 158 nafar (xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda), ulardan boshqaruv xodimlari 20 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha faoliyatni tashkil qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qarorga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 274-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 14.12.2022-y., 09/22/705/1089-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)