Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.04.2001 yildagi 172-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 12.04.2001 yildagi 172-son
Date of entry into force
12.04.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 12.04.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻZBEKChARMPOYABZALI” UYuShMASI KORXONALARINING BARQAROR FAOLIYATINI TAʼMINLAShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Charm-poyabzal tarmogʻini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tarmoq korxonalarining barqaror faoliyatini taʼminlash, charm xomashyosini yanada puxta qayta ishlash hamda raqobatbardoshli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy xomashyodan furnitura, yordamchi va butlovchi materiallar hamda boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning tarmoq dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Namangan va Fargʻona viloyatlari, Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2002-yildan boshlab ilovaga* muvofiq ijtimoiy soha obyektlarini topshirish - qabul qilib olish dalolatnomalari asosida hokimliklar balansiga berish boʻyicha bir oy muddatda kelishilgan qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi korxonalarining ishlamayotgan ishlab chiqarishlari 2001-yil 1-maydan boshlab uch yil muddatga mulk soligʻi toʻlashdan istisno tariqasida ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi mavjud ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq va samarali foydalanish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, dasturda istiqbolsiz ishlab chiqarishlarni tugatish, ishlamayotgan ishlab chiqarishlarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, ularni raqobatbardoshli charm tovarlar va poyabzallar chiqarishga qayta ixtisoslashtirish chora-tadbirlarini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan birgalikda shu yil 1-maygacha uyushmaning ishlamayotgan, mol-mulki qiymati belgilangan imtiyozga muvofiq soliqqa tortilmaydigan ishlab chiqarishlari roʻyxatini aniqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan bolalar poyabzali va maxsus poyabzallar narxini pasaytirish maqsadida ushbu mahsulotlar 2001-yil 1-iyundan 2003-yil 1-yanvargacha qoʻshilgan qiymat soligʻidan istisno tariqasida ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklariga “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi ishlab chiqarish tashkilotlariga korxonalar hisob raqamlaridan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladigan furnitura, yordamchi va butlovchi materiallar sotib olish uchun oʻz mahsulotlarini sotishdan olingan tushumlarning 10 foizi miqdorida naqd pul mablagʻlari berishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi va “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi ishlab chiqarish tashkilotlariga naqd pul mablagʻlari berish tartibini oʻn kun muddatda belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Savdogarbank”, “Oʻzbekcharmpoyabzali” va “Oʻzbekcharmpoyabzali”ning 2001-yilda oʻz resurslari hisobidan “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi korxonalari va tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga jami 1,0 mlrd soʻm miqdorida oʻrtacha muddatli kredit ajratish, mablagʻlarning bir qismini xorijiy banklarning asbob-anjomlar sotib olish uchun ajratilgan kreditlarini toʻlashga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tashkilotlariga import qilinadigan xomashyo, moddiy va texnika resurslari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi, bojxona bojlari va yigʻimlari toʻlovini belgilangan tartibda 2 oy muddatgacha kechiktirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
charm va moʻyna (shuningdek nostandart), shu jumladan qorakoʻl xomashyosining (TIF TN kodlari 4101-4103, 4301-4302) respublikadan tashqariga noqonuniy olib ketilishini bartaraf etish maqsadida bojxona nazoratini kuchaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, musodara qilingan charm va moʻyna xomashyosi qonunchilikda belgilangan tartibda “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tashkilotlariga, qorakoʻl xomashyosi esa – “Buxoro qorakoʻl” aksiyadorlik jamiyatiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Respublika markazi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi bilan birgalikda bojxona organlari tomonidan musodara qilingan charm, moʻyna va qorakoʻl xomashyosini keyinchalik qayta ishlash uchun “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tashkilotlariga berish, toʻlov narxini belgilash tartibini bir oy muddatda, belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda charm, moʻyna va qorakoʻl xomashyosini noqonuniy tayyorlash, tashish hamda Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib ketish hollarining oldini olish va bartaraf etish boʻyicha kelishilgan tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-martdagi 151-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi boʻyicha davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi Nizomning 27-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jun, goʻshtbop mollar, parranda, quyonlar, gʻalla, kanop va zigʻir tolasi hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, haqi olinib, davlat yoki kooperativ tayyorlov tashkilotlariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Charm va moʻyna xomashyosi, haqi olinib, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tashkilotlariga, qorakoʻl xomashyosi esa “Buxoro qorakoʻl” aksiyadorlik jamiyatiga beriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 12-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 37-modda; 2003-y., 1-2-son, 13-modda; 20-son, 187-modda; 2005-y., 40-son, 307-modda)