24.03.2017 yildagi F-4881-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi, 24.03.2017 yildagi F-4881-son
Date of entry into force
03.04.2017
Hujjat 03.04.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoyishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ipakchilik tarmogʻi korxonalarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori sifatli ipak qurti pillasi ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, respublika ipakchilik tarmogʻi korxonalarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekyengilsanoat” AJning pillakashlik korxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda ipak qurtining jonlanish, hosildorlik va texnologik xususiyatlari yuqoriroq koʻrsatkichlarga ega urugʻini pilla yetishtiradigan xoʻjaliklarda boqish uchun yetishmaydigan hajmlarda har yili import qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilinadigan ipak qurti urugʻi “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylab qoʻyiladi va keyinchalik xorijiy yetkazib beruvchilar bilan xom ipak tolasi hamda pillani qayta ishlash chiqindilari orqali oʻzaro hisob-kitob qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekyengilsanoat” AJning pillakashlik korxonalari ixtiyorida qoladigan, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi ostida olib kirilgan ipak qurti urugʻi hajmlarini qayta ishlashdan keyin vujudga keladigan va “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimiga qoʻyilgan qayta ishlangan mahsulotlar va chiqindilar (TIF TN kodi 5001, 5002, 5003) ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha 2018-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun qayta ishlangan mahsulotlar va chiqindilar hajmlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” AJ bilan kelishilgan holda ipak qurti urugʻini olib kirgan “Oʻzbekyengilsanoat” AJning pillakashlik korxonasi bilan pilla tayyorlash korxonasi oʻrtasida imzolanadigan solishtirma dalolatnomalari asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 24-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
F-4881-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-martdagi F-4881-son farmoyishiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi ostida olib kirilgan ipak qurti urugʻi hajmlarini qayta ishlashdan keyin vujudga keladigan va “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimiga qoʻyilgan qayta ishlangan mahsulotlar va chiqindilar (TIF TN kodi 5001, 5002, 5003) uchun 2018-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladigan “Oʻzbekyengilsanoat” AJning pillakashlik korxonalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

T/r

Korxonalar nomi

2017-yilda ipak qurti urugʻini olib kirish hajmi

1.

Silver Silk Company” MChJ QK

150 ming quti (300 ming kasseta)

2.

Inter Silk Pro” MChJ QK

75 ming quti (150 ming kasseta)

3.

Verigrow Ipagi” MChJ XK

15 ming quti (30 ming kasseta)

4.

Singapore-Samarkand MChJ XK

10 ming quti (20 ming kasseta)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 206-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)