Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
(Farmon nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
8. 2017-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining shtatdagi xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyundagi F-1561-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati shtatdagi xodimlarining lavozim maoshlariga oylik ustama haqlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi amal qilinishi tatbiq etilsin.
9. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlangan davrda harbiy va maxsus unvonlarni berish tegishli harbiy va maxsus unvonlarni olish uchun zarur boʻlgan vaqt oʻtgandan soʻng avvalgi ish joyida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari avvalgi ish joyida xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida amalda boʻlgan mehnat sharoitlarini hisobga olgan va lavozim maoshi hamda boshqa toʻlovlar saqlangan holda, foydalanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidagi mehnat faoliyati tugatilgandan soʻng avvalgi ish joyida egallagan lavozimi yoki shunga teng lavozim taqdim etiladi, bundan xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolganligi yoxud mehnat vazifalarini buzganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar mustasno.
(9-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10 — 12-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-mart,
PF-4974-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 4-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 10-son, 144-modda, 19-son, 333-modda, 24-son, 489-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 06/18/5395/1003-son)