OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
“Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 1-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2251-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2017-yil 1-apreldan kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MIRUSMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-fevral,
2-mb-son
Kelishilgan:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh. ShERMATOV
2017-yil 28-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 28-fevraldagi 2-mb-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2011-yil 1-iyuldagi 3-mb-son “Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2251, 2011-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 334-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 27-iyuldagi 2-mb-son “Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2251-1, 2012-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 368-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2015-yil 12-noyabrdagi 5-mb-son “Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 18-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2251-2, 2015-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 46-son, 593-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 143-modda)