1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2861]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 1-maydagi 10-mh-sonli “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3622, 02.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 30-noyabrdagi 255-mh-son “Yuridik xizmatlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun maʼlumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2285, 2011-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 48-son, 497-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-iyuldagi 246-mh-son “Yuridik xizmatlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun maʼlumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2285-1, 2015-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 403-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi (A. Ochilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir M. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 28-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 39-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini (bundan buyon matnda maʼlumotlar bazasi deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish, shuningdek unga kiritish uchun maʼlumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari va ularning xodimlarini hisobga olish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi yagona, hamma foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar bazasini yaratish va uning yangilab turilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasi tegishincha Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlik va hududiy adliya organlari davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan yuridik xizmatlar xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari, ulardan yuridik xizmat faoliyatiga doir boshqa tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish hamda unga kiritish uchun maʼlumot taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yuridik xizmatlarning Vazirlikda maʼlumotlar yigʻma bazasi, hududiy adliya organlarida maʼlumotlar hududiy bazasi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maʼlumotlar bazalari tegishlicha Vazirlikning Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi va uning shuʼbalari tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maʼlumotlar bazalari muntazam ravishda elektron shaklda davlat tilida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari toʻgʻrisidagi axborot Vazirlikka, tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek hududiy davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari toʻgʻrisidagi axborot esa, hududiy adliya organlariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat organlari va tashkilotlari tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 10-sanasiga qadar adliya organiga mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi maʼlumotlarni yozma va elektron shaklda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy adliya organlari tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 15-sanasiga qadar hududiy bazadagi maʼlumotlarni Vazirlikka elektron koʻrinishda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Taqdim etilgan maʼlumotlar yil davomida oʻzgargan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari oʻn kun muddatda tegishli maʼlumotni adliya organiga yuborishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy adliya organi oʻzgarishlar boʻyicha maʼlumotlarni ular taqdim etilgandan soʻng besh kun muddatda Vazirlikka taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotni har chorakda, tegishli chorak yakunlangandan soʻng, keyingi oyning 5-sanasiga qadar Vazirlikka elektron shaklda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Taqdim etilgan maʼlumotlar Vazirlikka kelib tushgandan soʻng, ular ikki ish kuni ichida maʼlumotlar yigʻma bazasiga hamda rasmiy veb-saytdagi maʼlumotlar bazasiga joylashtiriladi va muntazam ravishda yangilab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maʼlumotlar bazalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritilishi uchun masʼuliyat Vazirlikning Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi va uning shuʼbalari zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Vazirlikning Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yuristlar malakasini oshirish markazida malakasini oshirgan vaqti (sertifikatning seriyasi, raqami, berilgan hamda amal qilish muddati koʻrsatilgan holda)
Attestatsiyadan oʻtgan vaqti (guvohnomaning seriyasi, raqami, berilgan hamda amal qilish muddati koʻrsatilgan holda)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
1.
2.
3.
....
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:

mazkur shaklning 6 va 7-ustunlaridagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, bu haqda yuridik xizmat xodimi tomonidan bir ish kuni ichida tegishli adliya organiga ogʻzaki ravishda maʼlum qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha maʼlumotlar qogʻoz hamda elektron shaklda taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik xizmat xodimlarining maʼlumotnomalari (obeʼktivkalari) mazkur shaklga ilova qilgan holda taqdim etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOT

T/r
Davlat organi va tashkilotining nomi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan meʼyorlarga asosan tashkil etiladigan yuridik xizmat shtat birliklari soni
Haqiqatda tashkil etilgan yuridik xizmat shtat birliklari soni
Shtat birliklarida ishlayotgan yuridik xizmat xodimlari soni
Yuridik xizmatdagi boʻsh ish oʻrinlari soni
Boʻsh ish oʻrinlaridagi lavozimlarning oylik maoshi
Yuridik xizmat xodimlari boʻsh ish oʻrinlarining lavozimlari
Yuridik departament
(aniq koʻrsatiladi)
Boshqarma boshligʻi (aniq koʻrsatiladi)
Yuridik boʻlim (aniq koʻrsatiladi)
Byuro boshligʻi
(aniq koʻrsatiladi)
Bosh yuriskonsult(aniq koʻrsatiladi)
Etakchi, katta yuriskonsult(aniq koʻrsatiladi)
Katta yuriskonsult(aniq koʻrsatiladi)
Yuriskonsult(aniq koʻrsatiladi)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
1.
2.
3.
....
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha maʼlumotlar qogʻoz hamda elektron shaklda taqdim etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida malaka oshirishdan oʻtgan yuridik xizmatlar xodimlari haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 137-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2861-1/1278-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)