Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2019 23.02.2017 yildagi PQ-2796-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 23.02.2017 yildagi PQ-2796-son
Date of entry into force
06.03.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5868-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2019-yil 13-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etib oʻtilsinki, respublikani iqtisodiy rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishilganiga qaramay, ayrim mulkdorlarning qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalana olishga noqobilligi sababli hamon ularning soni ancha miqdorda saqlanib qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, yangi ishlab chiqarishlar va ish joylari yaratishni xohlovchi tadbirkorlar buning uchun zarur ishlab chiqarish binolarini xarid qilishda koʻpincha qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishi tugallanmagan obyektlardan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali hamda oqilona foydalanish, zarur investitsiyalar kiritish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yangi ish joylari barpo etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan xususiy mulk qilib berilgan (shu jumladan ustav kapitaliga berilgan, sotilgan va boshqa usullar bilan boshqa shaxsga berilgan) koʻchmas mulk obyektlari, keyinchalik mulkdorlar oʻzgarganidan qatʼi nazar, ilgari xususiylashtirilgan binolar, noturarjoy xonalari va qurilishi tugallanmagan koʻchmas mulk obyektlari sifatida eʼtirof etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari xususiylashtirilgan binolar va noturar joy xonalari umumiy maydonining 50 foizdan koʻprogʻi (bir bino yoki noturar joy xonasi konturi doirasida) soʻnggi 12 oy mobaynida tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish)da foydalanilmay kelingan boʻlsa, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida eʼtirof etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish loyiha-smeta hujjatida belgilangan normativ muddatlarda tugallanmagan, qurilishning belgilangan normativ muddati mavjud boʻlmagan taqdirda — qurilish boshlangan sanadan boshlab 24 oy mobaynida qurib bitkazilmagan hollarda ilgari xususiylashtirilgan koʻchmas mulk obyektlari qurilishi tugallanmagan obyektlar sifatida eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari foydalanilmayotgan hamda maqsadga nomuvofiq foydalanilayotgan yer uchastkalari olib qoʻyilishini, boʻshayotgan yer uchastkalari zaxira yerlari toifasiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tijorat banklariga qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, ijarachilarga 5 yil muddatgacha, imtiyozli davri 12 oy boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka boʻyicha imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi D.A. Xidoyatov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan hududlar boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin hamda uning bajarilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining majlislarida har chorakda maʼlumot berib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari kompleksining rahbari R.S. Azimov:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlarni va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xoʻjalik faoliyatiga tezkorlik bilan jalb etish mexanizmi tatbiq qilinishini har bir hudud boʻyicha koʻrib chiqish jadvalini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlariga ular tomonidan ishlab chiqarishlarni yoki xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sotuvga qoʻyilgan hollarda amaliy yordam koʻrsatish chora-tadbirlari roʻyobga chiqarilishini, yangi mulkdorlar aniqlanishini shaxsiy nazorat ostiga olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari — hududiy Idoralararo komissiyalarning raislari Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda xatlov yakunlari boʻyicha qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining tasdiqlangan roʻyxati mahalliy matbuotda albatta chop etilishini hamda ularning xoʻjalik faoliyatiga tezkorlik bilan jalb etilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hamda televideniye orqali aholining xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tijorat banklari, masʼul mansabdor shaxslar tomonidan ushbu qarorning moddalari bajarilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi ushbu qaror bilan belgilab berilgan maqsad hamda vazifalar bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda aholi orasida muntazam, tizimli va keng koʻlamda yoritib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 23-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2796-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 126-modda, 27-son 608-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 06/18/3541/0788-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)