Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.05.2000 yildagi 208-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.05.2000 yildagi 208-son
Date of entry into force
29.05.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 29.05.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻQUV DASTURLARI, DARSLIKLAR VA OʻQUV QOʻLLANMALARINI QAYTA KOʻRIB ChIQISh VA YaNGILARINI YaRATISh BOʻYIChA RESPUBLIKA MUVOFIQLAShTIRISh KOMISSIYASINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yosh avlodni milliy mafkura va istiqlol gʻoyalari ruhida tarbiyalash, uzluksiz taʼlim tizimiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni izchil joriy etish uchun ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi mavjud oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv adabiyotlarini zamonaviy talablar asosida qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratishni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Falsafa, tarix, adabiyot, siyosatshunoslik, dinshunoslik va boshqa ijtimoiy-gumanitar sohalardagi mavjud oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha respublika muvofiqlashtirish komissiyasi va mualliflik ishchi guruhlari ilovaga* binoan tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida maktabgacha, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalari uchun ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi mavjud oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv adabiyotlarini milliy mafkura tamoyillari va zamon talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning turli toifalariga moʻljallangan ilmiy-ommabop risolalar, toʻplamlar yaratish boʻyicha tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy va mulkiy boʻysunishidan qatʼiy nazar, darsliklar va adabiyotlarni nashrga tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan turli markazlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika komissiyasi bir oy muddatda mavjud ilmiy-pedagogik salohiyatdan samarali foydalangan holda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha shartnomalar asosida darslik va oʻquv adabiyotlari yaratishning aniq bosqichlari va muddatlarini belgilasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Respublika komissiyasi tavsiyasiga koʻra yaratilayotgan darslik va oʻquv adabiyotlari uchun grantlar ajratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta, maxsus taʼlim vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar yaratilgan oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv adabiyotlarining oʻz vaqtida nashr etilishi va oʻquv jarayoniga toʻla joriy etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasdiqlangan va amalda qoʻllanilayotgan davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga Respublika komissiyasi ishlab chiqqan talablar asosida tegishli oʻzgartirishlar hamda qoʻshimchalar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tajriba-sinovdan oʻtayotgan va loyiha sifatida ishlab chiqilgan davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga Respublika komissiyasi ishlab chiqqan talablar asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat test markazi tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “Kafedra toʻgʻrisida nizom”ni qayta koʻrib chiqsinlar hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi toʻgʻrisida nizom”ni ishlab chiqsinlar va ularni belgilangan tartibda tasdiqlab, amalga oshirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda oliy taʼlim muassasalari ijtimoiy-gumanitar kafedralar mudirlarini va bosqichma-bosqich professor-oʻqituvchilar tarkibini Maʼnaviyat va mustaqillik mafkurasi asosida attestatsiyadan oʻtkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika komissiyasi buyurtmasiga muvofiq davlat budjetida darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va nashr etish uchun rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 29-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
208-son