02.02.2017 yildagi PQ-2751-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 02.02.2017 yildagi PQ-2751-son
Date of entry into force
13.02.2017
Hujjat 13.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob- kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish, plastik kartochkalarga, terminallarga va tegishli uskunalarga boʻlgan talab-ehtiyojlarni qondirish, shuningdek, pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanmasini kamaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi chakana toʻlov tizimlarining protsessing markazlariga joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bank mikroprotsessor plastik kartochkalari, toʻlov terminallari ishlab chiqaruvchilar, chakana toʻlov tizimlarining protsessing markazlari olib kirilayotgan xomashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallardan, dasturiy taʼminot vositalaridan hamda plastik kartochkalar, terminallar, bankomatlar, infokioskalar va boshqa uskunalar ishlab chiqarish uchun litsenziyalardan samarali va qatʼiyan maqsadli foydalanishni hamda ana shular vositasida hisob-kitoblar amalga oshirilishini taʼminlasin, kelgusida ularni ishlab chiqarish mahalliylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda olib kirilayotgan xom ashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallar, dasturiy taʼminot vositalari va litsenziyalardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, imtiyozlar qoʻllanilgan holda olib kirilayotgan xom ashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallar, dasturiy taʼminot vositalari va litsenziyalardan maqsadga xilof tarzda foydalanilgan taqdirda, bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan bojxona toʻlovlarining toʻlanmay qolgan summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllangan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari Oʻzbekiston Banklari uyushmasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol ehtiyojlari uchun moʻljallangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish uchun plastik kartochkalardan foydalanish asosida turli xil kredit mahsulotlari joriy etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirish va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan turli xil bonus, diskont va ragʻbatlantiruvchi dasturlarni savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda tatbiq etish amaliyoti kengaytirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
samarali, zamonaviy va qulay toʻlov vositasi sifatida plastik kartochkalardan foydalanish afzalliklarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishga yoʻnaltirilgan tashkiliy tadbirlar tizimli asosda oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 2-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2751-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2751-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-sonli qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Belgilansinki, bank mikroprotsessor plastik kartochkalari va toʻlov terminallarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar 2020-yilning 1-yanvarigacha bank mikroprotsessor plastik kartochkalari, toʻlov terminallari, bankomatlar, infokioskalar va plastik kartochkalar yordamida hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xom ashyo, sarflanuvchi va butlovchi materiallar, dasturiy taʼminot va litsenziyalar import qilinganida bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli qarori 4-bandidagi uchinchi xatboshida “banklari” soʻzidan keyin “va chakana toʻlov tizimlarining protsessing markazlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 72-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)