19.07.1999 yildagi 347-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.07.1999 yildagi 347-son
Date of entry into force
19.07.1999
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MUDDATI OʻTKAZIB YUBORILGAN DEBITORLIK QARZLAR PAYDO BOʻLGANLIGI UCHUN VAZIRLIKLAR, IDORALAR, XOʻJALIK BIRLASHMALARI VA KORXONALAR RAHBARLARINING JAVOBGARLIGINI OSHIRISH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov intizomini mustahkamlash, muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar paydo boʻlishi va koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar rahbarlarining amaldagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni har chorakda oʻzaro solishtirib chiqishga majburdirlar. Qarzlarni oʻz vaqtida va toʻliq solishtirib chiqish yuzasidan shaxsan javobgarlik xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari zimmasiga yuklansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar olingandan soʻng 90 kun mobaynida yetkazib berilgan mahsulotning toʻliq qiymati xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan toʻlanmagan hollarda tartibni buzuvchi korxonalarga mahsulot yetkazib berish ilgari berilgan mahsulotning barcha qiymati olinishiga qadar toʻxtatib qoʻyiladi. Bunday korxonalarga keyinchalik mahsulot berish toʻlovning akkreditiv shakli vositasi bilan amalga oshiriladi. Tartibni buzuvchi korxonalarga paydo boʻlgan qarzni uzishgacha boʻlgan davrda tovar yetkazib berish toʻxtatilishi uchun masʼuliyat mahsulot yetkazib beruvchi korxonalar rahbarlari zimmasiga yuklanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarni undirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrmaganlik, shu jumladan iqtisodiy sudda daʼvo qoʻzgʻatmaganlik mahsulot yetkazib beruvchi korxonalarning rahbarlarini va mansabdor shaxslarini qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirliklar, idoralar, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar qishloq xoʻjaligiga mahsulot berishni (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishni) qishloq xoʻjaligi korxonalaridan faqat oldindan toʻlanadigan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan avans mablagʻlari turidagi haq olingandan soʻng amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 19-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
347-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son,39-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)