30.12.2016 yildagi 422-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.12.2016 yildagi 422-son
Date of entry into force
09.01.2017
Hujjat 09.01.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholisi va budjet tashkilotlarini sifatli koʻmir va koʻmir briketlari bilan uzluksiz taʼminlash, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi va taqsimlovchi tashkilotlar masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Koʻmir va koʻmir briketlariga (keyingi oʻrinlarda koʻmir mahsulotlari deb ataladi) boʻlgan ehtiyojni aniqlash, ularni budjet tashkilotlari hamda aholiga yetkazib berish va sotish Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari tomonidan budjet mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan koʻmir va koʻmir briketlarini sotish, yetkazib berish, tashish, qabul qilish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda hamda Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududlari boʻyicha 2016-2017-yillarning kuz-qish davrida aholi va budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha yigʻma reja va tadbirlar rejasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining 2017-yilda quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan hududiy distribyutorlik markazlari filiallarining roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining 2017-yilda koʻmir briketlari ishlab chiqarish boʻyicha asbob-uskunalar bilan jihozlanadigan hududiy distribyutorlik markazlari roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika aholisi va budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar respublika aholisi va budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuz-qish davrida aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan hajmlarda oʻz vaqtida va toʻliq yetkazib berilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmir mahsulotlarini yetkazib berishning barcha bosqichlarida ularning saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari uchun koʻmir mahsulotlariga narx belgilash darajasi, shuningdek aholiga sotiladigan koʻmirning chakana narxiga rioya etilishi yuzasidan samarali nazoratni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlarini qurish va jihozlash tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati koʻmirni hududiy distribyutorlik markazlari manziliga yuklab joʻnatishni taʼminlaydi hamda yuklab joʻnatilayotgan koʻmirning sifati va hajmlari uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati koʻmirni “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining “Koʻmiryigʻish” stansiyasidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining tegishli stansiyalarigacha tashishni taʼminlaydi hamda vagonlarning oʻz vaqtida berilishi va koʻmirning yetkazilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari koʻmir mahsulotlari ishlab chiqarilgandan boshlab aholiga va budjet tashkilotlariga taqsimlanguniga qadar muhofaza qilinishini taʼminlash tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir mahallada fuqarolar yigʻinlari raislari ichki ishlar organlari va davlat soliq inspeksiyalari bilan birgalikda koʻmir mahsulotlarining aholiga belgilangan tartibda taqsimlanishi va sotilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan koʻmir resurslari va ularni taqsimlash balansi doirasida yetkazib beriladigan koʻmir mahsulotlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qoʻriqlash naryadlari bilan muhofaza etilishi va hamrohlik qilinishi kerak boʻlgan yuklar roʻyxatiga kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy distribyutorlik markazlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari koʻmir mahsulotlari zaxiralari shakllantirilishi, ularning manzilli taqsimlanishi hamda aholi va budjet tashkilotlariga uzluksiz yetkazib berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, istisno tariqasida, “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatiga 2017-yil 1-martgacha aholi ehtiyojlari uchun koʻmir mahsulotlarini tashishga amaldagi preyskurant stavkalarining 50 foizi miqdorida chegirma bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu qaror eʼlon qilingan sanadan boshlab 2017-yil 1-martgacha aholiga sotiladigan koʻmirga bir tonnasi uchun 126400 soʻm miqdorida chakana narx belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari uchun koʻmir mahsulotlariga narx belgilash darajasi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin hamda ularning narxi asossiz oshib ketishining oldini olish va unga barham berish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga sotiladigan koʻmirning chakana narxlariga rioya etilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin hamda belgilangan tartib buzilganligi uchun aybdorlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili budjet mablagʻlari xarajatlari prognozini shakllantirishda budjet tashkilotlari smetalarida koʻmir mahsulotlarini sotib olishni keyingi yil 1-oktabrgacha bir maromda moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasining “Koʻmirning ulgurji-sotish narxiga maxsus ustama miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-martdagi 75-son qarori bilan belgilangan koʻmir tarmogʻi korxonalari tomonidan sotiladigan koʻmirning ulgurji-sotish narxiga qoʻshimcha maxsus ustama soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati koʻmirning ulgurji-sotish narxiga maxsus ustama soliq solinadigan bazadan chiqarilishi hisobiga boʻshaydigan mablagʻlarning investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, kreditlarni toʻlashga va kon yuzasini ochish bilan bogʻliq qoʻshimcha ishlarni bajarishga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati 4-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisobiga 1 sutkada 30 tonna koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchi 70 ta qurilma tayyorlanishini va “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatiga berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Navoiy KMK” davlat korxonasi 4-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda oʻz mablagʻlari hisobiga 1 sutkada 150 tonna koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchi 14 ta qurilma tayyorlanishini va “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatiga berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xalq bankining Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobidan beriladigan qarz resurslari hisobiga “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 3 yil muddatga, shu jumladan imtiyozli davri 6 oy, yillik stavkasi 7,5 foiz, shu jumladan qayta moliyalashtiradigan bankning marjasi miqdori yiliga 0,5 foiz boʻlgan krediti 2017-yilda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari koʻmir omborxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga koʻmir mahsulotlarining oylar boʻyicha yetkazib berilishi jadvallari bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalari boʻyicha 3-ilovaga muvofiq hududiy distribyutorlik markazlarining filiallarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun yer uchastkalari berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda belgilangan pudrat tashkilotlariga hududiy distribyutorlik markazlari filiallarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir paytda amalga oshirishga 2017-yil 1-iyulgacha istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishining ekspert kuzatuvini taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada koʻmir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y.. 7-son, 53-modda) 6-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
422-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 15-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/551/0875-son)