Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2008 27.09.2002 yildagi 335-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 27.09.2002 yildagi 335-son
Date of entry into force
27.09.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING RESPUBLIKA HUDUDIGA JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN TOVARLAR OLIB KELINISHINI TARTIBGA SOLISHGA DOIR AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishi tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2002-yil 1-oktabrdan boshlab jismoniy shaxslardan undiriladigan yagona bojxona toʻlovi TIF TN kodidan va tovarning kelib chiqish mamlakatidan qatʼi nazar, tovarlarning barcha toifalari boʻyicha bojsiz olib kelish normalari qoʻllanilmasdan tovar bojxona qiymatining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat tovarlari boʻyicha 40 foizi (undan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nooziq-ovqat tovarlari boʻyicha 70 foizi miqdorida toʻlanishi belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-iyundagi 279-son qarori 2003-yil 1-iyuldan boshlab toʻxtatildi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 12-son, 94-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, 2002-yil 1-oktabrdan boshlab tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelishda jismoniy shaxslardan undiriladigan yagona bojxona toʻlovi xorijiy valyutaga yigʻim toʻlanadigan kunda vujudga kelgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilangan tartibga va tasdiqlangan stavkalarga muvofiq erkin kurs boʻyicha milliy valyuta – “soʻm”da toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 24-modda) 2-bandi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 12-iyuldagi 248-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 40-modda)1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 27-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
335-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 17-18-son, 142-modda; 2003-y., 12-son, 94-modda)