Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 11-apreldagi PF–1096-sonli Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini taʼminlash va eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 11-apreldagi PF-1096-sonli Farmonining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin.
“4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarga eksport kontraktlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qoʻyilishi lozim”.
2. Mazkur Farmon 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 27-dekabr,
PF-4902-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 4-modda)