O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2007-1]
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 4-avgustdagi 69-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2007, 2009-yil 16-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 38-son, 422-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-noyabr,
87-son
Kelishilgan:
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2016-yil 22-noyabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 594-modda)