24.06.1999 yildagi 313-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.06.1999 yildagi 313-son
Date of entry into force
24.06.1999
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, maktabgacha taʼlim tizimida raqobat muhitini yaratish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining davlat maktabgacha bolalar muassasalari bilan bir qatorda tijorat asosida faoliyat koʻrsatuvchi, davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tugatilayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining boʻshayotgan binolari va inshootlari mavjud jihozlari va asbob-uskunalari bilan birgalikda, keyinchalik sotib olish huquqi bilan 3 yilgacha muddatga ijara haqi undirmasdan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ijaraga berilishi mumkinligi belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalarining ishlab turgan davlat maktabgacha bolalar muassasalari tarkibi va hududida, shuningdek boshqa davlat maktabgacha bolalar muassasalariga ega boʻlmagan aholi yashash joylaridagi ishlab turgan davlat maktabgacha muassasalari oʻrniga tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasasi (tashkiloti) toʻgʻrisida Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda ularni tashkil etish tartibini, ularning tashkiliy-huquqiy maqomini, tegishli davlat standartlarini taʼminlash boʻyicha asosiy talablarni, koʻrsatiladigan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibini, mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini va boshqalarni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishga amaldagi qonun hujjatlari doirasida har tomonlama koʻmaklashsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab turgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining joylashuvini va bolalar bilan toʻldirilganligini, ularning bir qismini keyinchalik sotish yoki yangidan tashkil etilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ijaraga berish uchun aniqlab olish maqsadida budjet mablagʻlaridan foydalanishning samaradorligini puxta oʻrganib chiqsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat taʼminoti tashkilotlari uchun xaridlarning umumiy hajmini aniqlashda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olsinlar va nodavlat maktabgacha bolalar tashkilotlari tomonidan davlat taʼminoti tizimining savdo korxonalari tarmoqlari, shuningdek, chakana savdo tarmoqlari orqali naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha mayda ulgurji tartibda oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish imkoniyatini taʼminlasinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 24-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
313-son
(nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami, 2005-y., 40-son, 307-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami, 2017-y., 30-son, 732-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 1-modda)