25.10.2016 yildagi 361-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.10.2016 yildagi 361-son
Date of entry into force
31.10.2016
Hujjat 31.10.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya xizmati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 — 2020-yillarda qishloq xoʻjaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 29-dekabrdagi PQ–2460-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining davlat veterinariya xizmati tizimi tashkilotlarining mavjud xodimlari sonini muvofiqlashtirish hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining markaziy apparati tuzilmasini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining tashkiliy va markaziy apparati tuzilmalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayvonlar va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyolar olib qoʻyiladigan hamda yoʻq qilib tashlanadigan hayvonlarning kasalliklari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Profilaktika, tashxis qoʻyish va tugatish tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan hayvonlarning oʻta xavfli yuqumli kasalliklari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziriga zarur hollarda Davlat veterinariya bosh boshqarmasining markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 1-ilovaga muvofiq tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarning ustavi (nizomi) va tuzilmalari tasdiqlanishini hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda veterinariya faoliyati sohasiga oid ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 20-apreldagi 119–F-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 25-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
361-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAShKILIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi markaziy apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Davlat veterinariya bosh boshqarmasi deb yuritiladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga, uning hududiy boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, tumanlar va shaharlar davlat veterinariya boʻlimlari tumanlar va shaharlar hokimliklariga hamda tegishli ravishda yuqori turuvchi davlat veterinariya organlariga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tizimiga bosh boshqarmaning markaziy apparati, Epizootiyaga qarshi kurashish respublika ekspeditsiyasi, Hayvonlarning oqsil kasalligiga qarshi kurashish otryadi, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, Respublika davlat veterinariya laboratoriyasi, Hayvonlarning oʻta xavfli kasalliklari davlat veterinariya laboratoriyasi, Parranda kasalliklari davlat veterinariya laboratoriyasi, Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifat nazorati davlat laboratoriyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmalari va laboratoriyalari hamda tumanlar va shaharlar davlat veterinariya boʻlimlari va laboratoriyalari kiradi (keyingi oʻrinlarda davlat veterinariya organlari va muassasalari deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat veterinariya xizmati Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmalari, davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, tumanlar va shaharlar davlat veterinariya boʻlimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, tashxis qoʻyish markazlari, veterinariya shifoxonalari, hayvonlarning kasalligiga qarshi kurashish ekspeditsiyalari va otryadlari, veterinariya uchastkalari, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari va boshqa muassasalardan (keyingi oʻrinlarda davlat veterinariya xizmati deb yuritiladi) iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyruqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, davlat veterinariya organlari hamda muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi oʻz faoliyatini boshqa davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun undirilgan maʼmuriy jarima mablagʻlari Davlat veterinariya bosh boshqarmasining maxsus hisob raqamiga tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, uning davlat veterinariya organlari hamda muassasalari yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga, banklarda milliy va chet el valyutasidagi hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga hamda veterinariya ramziga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat veterinariya bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Davlat veterinariya bosh boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasini tartibga solish va rivojlantirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada veterinar osoyishtalikni taʼminlash va epizootik holat yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasiga oid faoliyat yuzasidan davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etish va uni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) veterinariya sohasini tartibga solish va rivojlantirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya toʻgʻrisidagi qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazishni va ularga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda veterinariya sohasiga oid ishlarni muvofiqlashtiradi hamda ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat, idoraviy va ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlariga, shuningdek xususiy veterinariya faoliyatiga uslubiy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasidagi faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi hamda tadbirlar va dasturlarni roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya organlari hamda muassasalariga tegishli boʻlgan asosiy vositalar (asbob-uskunalar, jihozlar, avtotransport vositalari, shu jumladan maxsus avtotransportlar) hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya organlari hamda muassasalariga tegishli boʻlgan avtotransport vositalaridan samarali foydalanish ishlarini tashkil etadi hamda ularni foydalanish muddati va texnik holatidan kelib chiqib belgilangan tartibda hisobdan chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliqni saqlash organlari, ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmalari va boshqa organlar bilan birgalikda hayvonlar va odamlar uchun xavfli boʻlgan yuqumli kasalliklar oʻchoqlarini tugatadi, shuningdek oʻzaro axborot almashinuvini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) veterinariya sohasida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasidagi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim yoʻnalishlarini akkreditatsiya qilishda, ularning pedagog va ilmiy xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining veterinariya yoʻnalishidagi fakultetlariga dekan lavozimiga kadrlarni tanlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar ishini yuritish, veterinariya mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya organlari va muassasalarning rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantiradi va ularni stajirovkadan oʻtkazish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat veterinariya organlari va muassasalarining rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligi va malakasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga munosibligi yuzasidan ularni attestatsiyadan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya organlari va muassasalarining boshliqlari lavozimlariga nomzod kadrlar nomenklaturasini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) respublikada veterinar osoyishtalikni taʼminlash va epizootik holat yuzasidan monitoringni amalga oshirish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida paydo boʻlish xavfi boʻlgan hayvonlar kasalliklarini tahlil qilish, ularni oldini olish va tugatishga doir dasturlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish tartiblarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya organlari hamda muassasalari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar shakllarini va muddatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlar va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan aholi sogʻligʻini muhofaza qilishda boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el va chegaradosh davlatlardagi hamda respublika hududidagi epizootik holatdan kelib chiqib, epizootiyaga qarshi profilaktika tadbirlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda epizootiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmalari bilan birgalikda epizootik osoyishtalikni taʼminlashga doir tadbirlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlarning nobud boʻlishi sabablarini tahlil qiladi, ularning oldini olish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va ularni tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el ilgʻor tajribalari va ilm-fan yutuqlarini oʻrganadi, maʼlumotlarni umumlashtiradi hamda davlat veterinariya xizmati tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlar kasalliklariga tashxis qoʻyish ishlarida eng zamonaviy va tezkor usullarni joriy etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda veterinariya dori vositalari va boshqa moddiy-texnika resurslarining zaxirasini yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha hayvonlarning oʻta xavfli yuqumli kasalliklari boʻyicha profilaktika, tashxis qoʻyish va tugatish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan veterinariya dori vositalarini hamda moddiy-texnika vositalarini belgilangan tartibda xarid qiladi va markazlashtirilgan holda taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
epizootik holat yuzasidan monitoring olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) veterinariya sohasiga oid faoliyat yuzasidan davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilar olib kirilishidan muhofaza qilish, shuningdek hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalarni tayyorlash, olib oʻtish (tashish), eksport va import qilish boʻyicha davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti uchun rasmiylashtiriladigan veterinariya hujjatlari berilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishi boʻyicha davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda berilgan litsenziya talablari va shartlarining bajarilishi yuzasidan davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va idoraviy veterinariya xizmatlari, ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmalarining veterinariya sohasiga oid faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlar kasalliklariga tashxis qoʻyish, ularni davolash va oldini olish tadbirlari bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarda, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning veterinariya sohasiga oid faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasiga oid faoliyat yuzasidan belgilangan tartibda boshqa nazorat ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) veterinariya sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etish va rivojlantirish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasida chet davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etadi hamda xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasida chet davlatlar tajribalarini oʻrganadi hamda xalqaro-huquqiy normalarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatlarning veterinariya xizmatlari bilan veterinariya sohasida axborotlar almashinuvini amalga oshiradi va veterinariya sertifikatlari namunalarini belgilangan tartibda kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va chet davlatlarning nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ularning vakolatxonalari va filiallari tomonidan veterinariya sohasiga oid tadbirlarning belgilangan tartibda oʻtkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasiga oid xalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda va ularning ijrosini taʼminlashda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek davlat veterinariya organlari va muassasalari orqali amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat veterinariya bosh boshqarmasining huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish va nazorat tuzilmalaridan hamda boshqa tashkilotlardan, shuningdek ularning mansabdor shaxslaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan hujjatlarni, statistika va boshqa maʼlumotlarni, tahliliy materiallarni, xulosalar va boshqa axborotlarni soʻraydi va oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olishni hamda ularning tugatilishini taʼminlovchi chora-tadbirlar oʻtkazilishini, shuningdek epizootik holatni aniqlash uchun zarur boʻlgan axborot taqdim etilishini talab qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlarning va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan hayvonlar kasalligi aniqlangan taqdirda, hayvonlarni soʻyishga yoki yoʻq qilib tashlashga, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni zararsizlantirishga (yuqumsizlantirishga), qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga taalluqli, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan talablarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya organlari va muassasalarining ustavi (nizomi)ni hamda tuzilmalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida biologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish boʻyicha Davlat veterinariya bosh boshqarmasi huzurida markaziy rejim komissiyasini tashkil etadi va uning faoliyat yuritishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlar va ularning sinov natijalarini hamda veterinariya sohasiga oid tayyorlanadigan qoʻllanmalar, tavsiyanomalar va yoʻriqnomalarni oʻrganish, shuningdek ishlab chiqilgan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini koʻrib chiqish boʻyicha Davlat veterinariya bosh boshqarmasi huzurida ilmiy-texnik kengash ishini tashkil etadi va uning faoliyat yuritishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarga pulli veterinariya xizmatlari koʻrsatish tartibi, xizmat turlari va tariflarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatlar vujudga kelganda epizootiyaga qarshi zarur choralar belgilash va veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlarini oʻtkazish maqsadida ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining veterinariya yoʻnalishidagi olimlari, davlat veterinariya organlari va muassasalarining mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlar tashkil etishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya sohasiga oid xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish, shuningdek yordamchi xoʻjaliklar faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi va oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat veterinariya inspektorlari quyidagi vakolatlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlar va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisida, shuningdek isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni yoʻq qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va xomashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya xizmati nazoratidagi obyektlarga moneliksiz kiradi va veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar va boshqa transport vositalari holatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, goʻsht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni toʻxtatib turadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegaraoldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik holat toʻgʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qiladi, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshiradi hamda zarur tavsiyalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qiladi, ularning hayvonlar sogʻligʻiga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xomashyo sifatiga taʼsirini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb eʼlon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻgʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilgandan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Quyidagi lavozimlarda oliy maʼlumotga ega veterinariya mutaxassislari faoliyat yuritadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya bosh boshqarmasining boshligʻi va uning birinchi oʻrinbosari, shoʻba mudiri hamda mutaxassislari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika davlat veterinariya laboratoriyalari, ekspeditsiyalari, otryadlarining boshliqlari (direktorlari) va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari (mudirlari) va mutaxassislari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari, mutaxassislari, davlat chegara veterinariya punktlarining rahbarlari va mutaxassislari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmalari va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari va mutaxassislari, tuman va shahar davlat veterinariya boʻlimi boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari hamda mutaxassislari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat veterinariya laboratoriyalari direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari (mudirlari) va mutaxassislari, tuman va shahar davlat veterinariya laboratoriyalari direktorlari, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mudirlari, boʻlim boshliqlari va mutaxassislari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat veterinariya bosh boshqarmasining boshligʻi — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori, uning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat veterinariya bosh boshqarmasining veterinariya mutaxassislari oʻz vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshligʻi davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari esa davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining uning tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli nobop punktlarda cheklovchi tadbirlarni (karantinni) amalga oshirish davomida jamoat tartibini saqlash va cheklovchi tadbirlarni (karantinni) toʻliq va sifatli oʻtkazishni taʼminlashda hamda epizootiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishda davlat veterinariya xizmatiga koʻmaklashish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Boshliq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakkaboshchilik asosida Davlat veterinariya bosh boshqarmasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya bosh boshqarmasi markaziy apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi, vazifalarini taqsimlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmalari boshliqlarini, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda, lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika davlat veterinariya laboratoriyalari, ekspeditsiyalari, otryadlari, shuningdek davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, davlat chegara veterinariya punktlarining rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya bosh boshqarmasining markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga taklif kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya bosh boshqarmasi markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya bosh boshqarmasining markaziy apparati, Epizootiyaga qarshi kurashish respublika ekspeditsiyasi, Hayvonlarning oqsil kasalligiga qarshi kurashish otryadi, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, Respublika davlat veterinariya laboratoriyasi, Hayvonlarning oʻta xavfli kasalliklari davlat veterinariya laboratoriyasi, Parranda kasalliklari davlat veterinariya laboratoriyasi va Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifat nazorati davlat laboratoriyasining xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya bosh boshqarmasi markaziy apparati xodimlari, davlat veterinariya organlari va muassasalari bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya xizmatlarining xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tizimining alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini faxriy unvonlar berishga va Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga belgilangan tartibda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya bosh boshqarmasi nomenklaturasidagi lavozimlarga kadrlarni tanlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyruqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Davlat veterinariya bosh boshqarmasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa davlatlar hududida hayvonlarning oʻta xavfli yuqumli kasalliklari, hayvonlarning kelib chiqish sabablari nomaʼlum boʻlgan yalpi kasalliklari va hayvonlarning ilgari qayd etilmagan yuqumli kasalliklari paydo boʻlgan taqdirda davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni olib oʻtishga taqiq, cheklov joriy etish hamda ularni olib oʻtishni tiklash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayvonlar va odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyolar olib qoʻyiladigan hamda yoʻq qilib tashlanadigan hayvonlarning kasalliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Kasalliklar roʻyxati

1. Bir necha hayvonot turi uchun umumiy boʻlgan kasalliklar

1.

1.

Kuydirgi

2.

2.

Quturish

3.

3.

Tulyaremiya

4.

4.

Listerioz

5.

5.

Ku-bezgagi

2. Qoramollarning kasalliklari

6.

1.

Oʻlat

7.

2.

Poʻkaksimon ensefalopatiya

8.

3.

Kontagioz plyevropnevmoniya

9.

4.

Emfizematoz karbunkul (qorason)

3. Qoʻy va echkilarning kasalliklari

10.

1.

Kataral isitma

11.

2.

Rift isitma

12.

3.

Pustullyoz stomatit

13.

4.

Bradzot enterotoksemiya

14.

5.

Skrepi kasalligi

4. Ot, tuya va eshaklarning kasalliklari

15.

1.

Otlarning Afrika oʻlati

16.

2.

Otlar oʻlati

17.

3.

Otlar kontagioz plyevropnevmoniyasi

18.

4.

Tuyalar chechagi

19.

5.

Manqa

20.

6.

Yuqumli anemiya (INAN)

21.

7.

Ensefalomiyelit

22.

8.

Tuyalar oʻlati

5. Choʻchqalarning kasalliklari

23.

1.

Afrika oʻlati

24.

2.

Enzootik ensefalomiyelit (Teshen)

25.

3.

Trixinellyoz

6. Parrandalarning kasalliklari

26.

1.

Yuqori patogenli gripp

27.

2.

Ornitoz (psitakoz)

28.

3.

Nyukasl kasalligi

7. Moʻynali hayvonlar, quyonlar va mayda uy hayvonlarining kasalliklari

29.

1.

Norkalarning Aleut kasalligi

30.

2.

Norkalarning virusli enteriti

31.

3.

Quyonlarning miksomatozi

8. Asalarilarning kasalliklari

32.

1.

Amerikacha chirish

33.

2.

Yevropacha chirish

34.

3.

Akarapidoz

9. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari roʻyxatga olinmagan barcha turdagi hayvonlarning xavfli kasalliklari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: olib qoʻyilgan hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyolarda aniqlangan kasalliklarning turidan kelib chiqib, ularga qarshi kurashish yoʻriqnomasiga muvofiq belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Profilaktika, tashxis qoʻyish va tugatish tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan hayvonlarning oʻta xavfli yuqumli kasalliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Kasalliklar roʻyxati

1. Bir necha hayvonot turi uchun umumiy boʻlgan kasalliklar

1.

1.

Oqsil

2.

2.

Brutsellyoz

3.

3.

Auyeski

4.

4.

Leptospiroz

5.

5.

Kuydirgi

6.

6.

Quturish

7.

7.

Listerioz

8.

8.

Sil

9.

9.

Ku-bezgagi

2. Qoramollarning kasalliklari

10.

1.

Oʻlat

11.

2.

Emfizematoz karbunkul (qorason)

3. Qoʻy va echkilarning kasalliklari

12.

1.

Chechak

13.

2.

Bradzot enterotoksemiya

14.

3.

Oʻlat

15.

4.

Skrepi

4. Choʻchqalarning kasalliklari

16.

1.

Afrika oʻlati

5. Ot va tuyalarning kasalliklari

17.

1.

Manqa

18.

2.

Yuqumli anemiya (INAN)

19.

3.

Gripp (inflyuensa)

20.

4.

Tuyalar oʻlati

21.

5.

Otlarning Afrika oʻlati

6. Parrandalarning kasalliklari

22.

1.

Nyukasl kasalligi

23.

2.

Chechak

24.

3.

Yuqumli laringotraxeit

25.

4.

Ornitoz (psitakoz)

26.

5.

Yuqori patogenli gripp

27.

6.

Mareka

7. Moʻynali hayvonlar, quyonlar va mayda uy hayvonlarining kasalliklari

28.

1.

Quyonlarning gemorragik kasalligi

29.

2.

Sestodozlar

30.

3.

Quyonlar miksomatozi

31.

4.

Quyonlar oʻlati

8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari roʻyxatga olinmagan barcha turdagi hayvonlarning xavfli kasalliklari

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 503-modda; 2017-y., 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)