Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.02.2025 30.04.1998 yildagi 600-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 30.04.1998 yildagi 600-I-son
Date of entry into force
01.07.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.02.2025
Hujjat 01.07.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVI (SHIRKAT XOʻJALIGI) TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 12-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun qishloq xoʻjaligi kooperativlarini (shirkat xoʻjaliklarini) tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi hamda tugatilishining huquqiy asoslarini, huquq va majburiyatlarini belgilaydi, ularning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarini tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tovar qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun pay usuliga va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarini (shirkat xoʻjaliklarini) tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) faoliyatining prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativga (shirkatga) aʼzolikning ixtiyoriyligi va undan erkin chiqish mumkinligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) faoliyatida aʼzolarning oʻz mehnati bilan ishtirok etishi shartligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot yetishtirish va mehnatni xoʻjalik ichida asosan oila (jamoa) shartnomasi asosida tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) aʼzolarining mehnatiga ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) hajmiga, sifatiga qarab haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy daromadni (foydani) kooperativ (shirkat) aʼzolari oʻrtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruvning demokratik xususiyati, qarorlar qabul qilishda huquqlar tengligi (kooperativning (shirkatning) bir aʼzosi — bir ovozga ega boʻlishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) ustavida nazarda tutilgan tartibda uning ishi ustidan kooperativ (shirkat) aʼzolarining nazorat qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarning muhofaza qilinishini va tuproq unumdorligining oshirilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) faoliyat turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) faoliyatining asosiy turi qishloq xoʻjalik mahsuloti yetishtirishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish bilan bir qatorda kooperativning (shirkat xoʻjaligining) oʻz hududida ham, shuningdek undan tashqarida ham qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmol mollari, ishlab chiqarish-texnika ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo-sotiq, taʼmirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish, shuningdek qonunlarda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) uning muassislari tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining soni kooperativ (shirkat) faoliyati ixtisoslashuvidan kelib chiqib uning ustavida belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuman hokimligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs huquqlariga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) mustaqil balansga, bank muassasasida hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarga, nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) ustavi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) faoliyatini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjatdir. Ustavda quyidagilar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativning (shirkatning) nomi va joylashgan yeri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat sohasi va maqsadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativga (shirkatga) kirish va undan chiqish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) muassislarining tarkibi va aʼzolarining soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) aʼzolarining huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv organlari, ularni shakllantirish tartibi va ularning vakolatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativning (shirkatning) pay, boʻlinmas va boshqa jamgʻarmalarining miqdori va ularni shakllantirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) aʼzolarining mehnatda ishtirok etishi va ular mehnatiga haq toʻlashning koʻproq oila (jamoa) pudratiga asoslangan shakllari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) daromadlarini (foydasini) taqsimlash, shu jumladan mulkiy paylar boʻyicha dividendlar toʻlash uchun taqsimlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativni (shirkatni) qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustavga kooperativ (shirkat) faoliyati bilan bogʻliq, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) ustavi muassislar tomonidan taʼsis yigʻilishida qabul qilinadi, unga oʻzgartishlar kooperativ (shirkat) aʼzolarining umumiy majlisida kiritiladi. Ustavga kiritilgan oʻzgartishlar toʻgʻrisidagi axborot kooperativni (shirkatni) davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organga bir haftalik muddat ichida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVINING (SHIRKAT XOʻJALIGINING) AʼZOLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzo boʻlib kirish va unga aʼzolik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshi 16 ga toʻlgan, kooperativ (shirkat) ustavini tan oluvchi va uning talablariga rioya etuvchi, kooperativ (shirkat) faoliyatida va uning jamgʻarmalarini shakllantirishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzosi boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar ham qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) jamoa aʼzolari boʻlishlari mumkin. Kooperativlar (shirkatlar) va ularning jamoa tarzidagi aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzo boʻlib kirish berilgan ariza asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvining (raisining) kooperativga (shirkatga) qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori kooperativning (shirkatning) umumiy majlisida ariza bergan shaxsning ishtirokida tasdiqlanishi lozim. Bunday qarorni qabul qilish va uni tasdiqlash tartibi kooperativ (shirkat) ustavida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzolik undan vaqtincha chiqib ketgan shaxslar uchun quyidagi hollarda saqlanib qoladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtayotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamoat organlariga saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqishga kirganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga), xoʻjaliklararo va boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi tomonidan belgilangan muddatga ishga yoʻllanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) aʼzolari qarilik yoki nogironlik boʻyicha ishni toʻxtatsa, uning umumiy majlisi qarori bilan belgilangan asos va shartlarda oʻzlarining kooperativga (shirkatga) aʼzoliklarini saqlab qoladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativning (shirkatning) boshqaruv organlariga saylash va saylanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) xizmatlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mehnati natijalariga muvofiq daromadlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkiy payga muvofiq dividendlar olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari ustavga rioya etishlari, kooperativning (shirkatning) umumiy majlisi va boshqaruvi qarorlarini bajarishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzolikni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzolik quyidagi hollarda tugatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) aʼzoligidan ixtiyoriy ravishda chiqilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) faoliyatida mehnati bilan ishtirok etish tugatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) aʼzoligidan uning ustavida belgilangan hollarda va tartibda chiqarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruvning (raisning) qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkatga) qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori umumiy majlisda tasdiqlanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga oʻzgartirilib qayta tashkil etilganda yoki kooperativ (shirkat) tugatilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzolikni tugatish tartibi uning ustavida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzoligidan chiqarish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVI (SHIRKAT XOʻJALIGI) BOSHQARUV ORGANLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) boshqarish oʻzini oʻzi boshqarish, oshkoralik, kooperativ (shirkat) faoliyati masalalarini hal etishda uning aʼzolari ishtirok etishi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) yuqori boshqaruv organi umumiy majlis boʻlib, u raisni, boshqaruvni, taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi, kooperativni (shirkatni) joriy boshqarish boʻyicha oʻz vakolatlarini ularga berib qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Umumiy majlis
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) umumiy majlisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativning (shirkatning) ustavini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda oʻzgartishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativning (shirkatning) raisini, kooperativning (shirkatning) boshqaruvini va taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi va ularni chaqirib oladi, ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi va faoliyatiga baho beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikdan chiqarish toʻgʻrisidagi masalalarni, shuningdek kooperativ (shirkat) aʼzoligidan chiqish bilan bogʻliq masalalarni hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativning (shirkatning) ichki mehnat tartibi qoidalarini hamda mehnatga haq toʻlash tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) aʼzolarining mulkiy paylari miqdorini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) faoliyatining biznes-rejalarini va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadni (foydani) taqsimlash tartibini, kooperativning (shirkatning) boʻlinmas, pay va boshqa jamgʻarmalari turlarini, miqdorini va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga fermer va dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratish masalalari boʻyicha qaror qabul qiladi, uning asosida tuman hokimi tegishli qaror qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativni (shirkatni) qayta tashkil etish va tugatish, uning uyushmalar, jamiyatlar, agrofirmalar va boshqa birlashmalarga kirishi va ulardan chiqishi masalalarini hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan masalalarni hal qilish qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) umumiy majlisining mutlaq vakolatiga kiradi. Uning mutlaq vakolati jumlasiga kooperativning (shirkatning) ustaviga yoki umumiy majlisining qaroriga muvofiq kooperativ (shirkat) faoliyatining boshqa masalalari ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) har bir aʼzosi, shu jumladan jamoa aʼzosi oʻzining mulkiy ulushi miqdoridan qatʼi nazar ovoz berishda bitta ovozga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar umumiy majlisda maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy majlis har yili moliya yili tugaganidan keyin oʻtkaziladi. U qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvining (raisining) qaroriga binoan yoki kooperativ (shirkat) aʼzolari kamida uchdan bir qismining tashabbusi bilan navbatdan tashqari chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aʼzolarining soni besh yuz kishidan ortiq boʻlgan yirik qishloq xoʻjaligi kooperativlarida (shirkat xoʻjaliklarida) umumiy majlis vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun, ustavda nazarda tutilgan hollarda, vakillar majlisi chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) boshqaruvi va raisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) boshqaruvi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) faoliyatining biznes-rejalarini ishlab chiqadi va umumiy majlis tasdigʻiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) aʼzolarining umumiy majlisini chaqiradi va majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativning (shirkatning) joriy xoʻjalik faoliyati masalalarini uning ustaviga muvofiq hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativga (shirkatga) yangi aʼzolar qabul qilish va aʼzolikni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni umumiy majlis tasdigʻiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativning (shirkatning) mol-mulki saqlanishini taʼminlaydi hamda yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishiga doir choralarni koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda mustaqil auditorlik tekshirishlari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga fermer va dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisida umumiy majlis koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila boshligʻi (jamoaning vakolatli vakili) bilan oilaviy (jamoa) pudrat shartnomalarini, shuningdek fermer xoʻjaliklari boshliqlari bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomalarini tuzadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativ (shirkat) ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv aʼzolarining soni qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) ustavida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvining aʼzolari oʻz tarkibidan kooperativning (shirkatning) ustaviga muvofiq kooperativ (shirkat) raisining oʻrinbosarini va boshqaruv kotibini saylashlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) raisi boshqaruvga rahbarlik qiladi. Kooperativ (shirkat) raisini saylash va chaqirib olish tartibi, shuningdek uning vakolatlari kooperativ (shirkat) ustavida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Taftish komissiyasi (taftishchi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish komissiyasi (taftishchi) qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining), boshqaruvning moliyaviy hamda xoʻjalik faoliyatini tekshiradi va u umumiy majlisga hisobdordir. Taftish komissiyasi aʼzolarining soni kooperativning (shirkatning) ustavida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy majlis qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) va uning boshqaruvining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditor yoki auditorlik tashkilotini jalb etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVIGA (SHIRKAT XOʻJALIGIGA) YER UCHASTKALARI BERISH. YERGA EGALIK QILISH, YERDAN VA SUVDAN FOYDALANISH
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) yer uchastkalari berish. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga) belgilangan maqsadda tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun doimiy egalik qilishga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) qoʻshimcha ravishda ijaraga yoki vaqtincha foydalanish uchun yer uchastkalari olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga) berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan, shuningdek fuqarolarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berib qoʻyilgan yerlardan iborat boʻladi hamda ulardan faqat belgilangan maqsadda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) berib qoʻyilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyektlari boʻlishi mumkin emas. Bu yer uchastkalari belgilangan tartibda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, vaqtincha foydalanishga yoki ijaraga berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) xodimlariga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkalarini ajratish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻlchamlar va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) yerga egalik qilish huquqi ular uyushmalar, jamiyatlar, agrofirmalar va boshqa birlashmalar tarkibiga kirganida ham saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) berilgan yer uchastkalarini olib qoʻyish belgilangan kafolatlarga rioya etilgan holda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Yer uchastkalarini oila (jamoa) pudrati shartnomasi shartlari asosida berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) yer uchastkalari, qoida tariqasida, oilalarga qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun vaqtincha foydalanishga oila (jamoa) pudrati shartnomasi shartlari asosida beriladi. Yer uchastkalari muayyan turdagi qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarish uchun qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) xodimlarining guruhlariga vaqtincha foydalanishga jamoa pudrati shartnomasi shartlari asosida ham berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida beriladigan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi, bunda haydaladigan yerlar maydoni oʻlchamlarining kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasining oʻlchamlari va uning chegaralari taraflarning kelishuviga binoan oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasi shartlari asosida olingan yer uchastkasini ijaraga yoki yordamchi pudratga berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida berilgan yer uchastkasi uchun pudratchidan yer haqi undirilmaydi. Bu uchastkalardan olinadigan yer soligʻini qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) belgilangan tartibda toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda pudratchi zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) va boshqa xarajatlar qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Suvdan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) uchun suvdan foydalanish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) yetkazib berilayotgan suv sarfini hisobga olish tartibi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq miqdori va uni toʻlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVINING (SHIRKAT XOʻJALIGINING) MOL-MULKI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) mustaqil balansida aks ettiriladigan asosiy jamgʻarmalar, aylanma mablagʻlar hamda boshqa boyliklar shu kooperativning (shirkatning) mulkidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) mol-mulki asosiy jamgʻarmalar qiymati, yetishtirgan mahsuloti, uni sotishdan tushgan daromadlar (foyda), aʼzolarning pul va moddiy badallari, bank kreditlari, qimmatli qogʻozlar hisobidan hamda kooperativning (shirkatning) ustavida nazarda tutilgan boshqa faoliyat natijasida va qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan hosil boʻladi. Kooperativ (shirkat) mol-mulkini shakllantirishda yuridik va jismoniy shaxslar shartnoma asosida pul va moddiy badallar kiritish yoʻli bilan ishtirok etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tomonidan tashkil etiladigan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki, shuningdek xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki ularning ulushli ishtirokiga muvofiq shu kooperativning (shirkatning) mulkidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarkibiga qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari), mulkchilikning turli shaklidagi boshqa korxonalar va tashkilotlar kirgan uyushmalarning mol-mulki ularning umumiy (ulushli) mulki hisoblanadi. Tarkibiga faqat kooperativlar (shirkatlar) kirgan uyushmalarning mol-mulki, agar uyushmalarning taʼsis hujjatlarida yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shu kooperativlarga (shirkatlarga) umumiy (ulushli) mulk huquqi asosida qarashli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) yuridik va jismoniy shaxslardan mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) pay va boʻlinmas jamgʻarmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) umumiy majlis qarori bilan quyidagilardan tarkib topadigan ustav jamgʻarmasi (kapitali) shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pay jamgʻarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini oʻtkazish, irrigatsiya inshootlarini saqlash, yangi irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini loyihalash va qurish, texnika olish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, boshqa umumiy ijtimoiy va xoʻjalik vazifalarini hal etish uchun moʻljallangan boʻlinmas jamgʻarma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) pay jamgʻarmasi yer uchastkalarining qiymati bahosini va asosiy jamgʻarmalarning qiymatini hamda kooperativning (shirkatning) majburiyatlardan holi boshqa aktivlari qiymatini oʻz ichiga oladi, boʻlinmas jamgʻarmani shakllantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar bundan mustasno. Pay jamgʻarmasiga qoʻshiladigan yer uchastkalari qiymatini baholash Davlat yer kadastri va qonun hujjatlarida belgilanadigan tabaqalashtirilgan qiymatni baholash koeffitsiyentlari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pay va boʻlinmas jamgʻarmalarning miqdorlari qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) ustavida belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pay jamgʻarmasi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolariga umumiy ulushli mulk asosida, boʻlinmas jamgʻarma esa — umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mulkiy paylar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pay jamgʻarmasi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari oʻrtasida mulkiy paylarga taqsimlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy pay qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) har bir aʼzosining kooperativ (shirkat) pay jamgʻarmasi qiymatidagi ulushini belgilaydi va kooperativ (shirkat) aʼzosiga kooperativning (shirkatning) yakuniy daromadidan (foydasidan) dividendlar tariqasida tegishli ulushni olish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy pay miqdorini aniqlash, paylar boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi, shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) har bir aʼzosi mulkiy payining aniq miqdori kooperativning (shirkatning) aʼzosiga mol-mulkning muayyan ulushiga hamda xoʻjalik oladigan umumiy daromadning (foydaning) tegishli qismiga boʻlgan uning huquqini mustahkamlab qoʻyuvchi, nomi yozilgan guvohnoma berilgan holda kooperativning (shirkatning) yuqori boshqaruv organi qarori bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) daromadining (foydasining) paylar boʻyicha dividendlar toʻlash uchun moʻljallangan qismi yil yakunlariga koʻra taqsimlanadi va mulkiy payning miqdoriga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzoligidan chiqish fermer xoʻjaligi yoki yangi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tashkil etish maqsadida amalga oshirilgan hollarda mulkiy paylar qonun hujjatlariga muvofiq ajratib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzosining mulkiy payini meros qilib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat uning qiymatidagi ifodasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVI (SHIRKAT XOʻJALIGI) FAOLIYATINING ASOSLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) ishlab chiqarish faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, ishlab chiqarishning tuzilishi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) oʻzi yetishtirayotgan mahsulot sifatiga oid amaldagi normativlar va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga oid hamda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) xoʻjalik faoliyatiga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila (jamoa) pudrati qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) ichki xoʻjalik ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning ustun shaklidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Oila (jamoa) pudrati shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila (jamoa) pudrati shartnomasi har yili qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi orqali mazkur kooperativ (shirkat) va oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili) oʻrtasida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila (jamoa) pudrati shartnomasi boʻyicha oila (xodimlar guruhi) pudratchi sifatida muayyan qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va uni buyurtmachiga — qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) kelishilgan muddatlarda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa, mazkur mahsulotni qabul qilish va uning uchun haq toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila (jamoa) pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan manzili va holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan foydalanish shartlari, taraflarning almashlab ekish sxemasiga muvofiq qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini va yer sifatini oshirish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish boʻyicha majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotining miqdori va turlari, uning sifati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotining bahosi, unga haq toʻlash va uni realizatsiya qilish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻorish uchun suv va moddiy-texnika resurslari bilan pudratchini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning xohishiga koʻra boshqa shartlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi, agar oila (jamoa) pudrati shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ishlarni bajarish usullarini mustaqil ravishda belgilaydi, ularni oʻz kuchi va vositalari bilan amalga oshiradi. Buyurtmachi pudratchiga oila (jamoa) pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hajmda va tartibda ishlarni bajarishda koʻmaklashishi shart. Koʻrsatilgan ishlarning bajarilishini moddiy-texnikaviy taʼminlash, agar oila (jamoa) pudrati shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Ishlar tugaganidan keyin pudratchi buyurtmachi tomonidan berilgan moddiy-texnika resurslaridan foydalanilganlik toʻgʻrisida buyurtmachiga hisobot taqdim etishi, shuningdek ularning qoldigʻini buyurtmachiga qaytarishi yoxud pudratchidagi foydalanilmay qolgan moddiy-texnika resurslari qiymatini hisobga olgan holda haq toʻlanishi lozim boʻlgan ishlar qiymatini buyurtmachining roziligi bilan kamaytirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila (jamoa) pudratida mehnatga haq toʻlash yakuniy natijalarga koʻra — yetishtirilgan mahsulotning shartnomada nazarda tutilgan miqdori, sifati va bahosiga qarab amalga oshiriladi. Shu bilan birga oila aʼzolari (pudratchilar) — pay egalari xoʻjalikning yil davomidagi faoliyati yakuniy natijalariga koʻra aniqlanadigan dividendlar oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mehnat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mehnat munosabatlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, kooperativning (shirkatning) ustavi va ichki ish tartibi bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun kooperativ (shirkat) aʼzosi boʻlmagan shaxslarni mehnat shartnomasi boʻyicha ishga jalb etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) kooperativ (shirkat) aʼzolari va yollangan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash shakllari, tizimi va shartlarini qonun hujjatlariga hamda oila (jamoa) pudratiga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolariga mulkiy paylar boʻyicha toʻlangan dividendlar mehnat haqi tarkibiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi boʻyicha belgilangan normalar va qoidalarga, ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarini va unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarni ijtimoiy taʼminlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Mahsulotni qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tomonidan realizatsiya qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) yetishtirilayotgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun, shu jumladan davlat xaridlari tartibida realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xoʻjalik shartnomalari tuzish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, taraflar qonunda yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) yetishtirilayotgan mahsulotni eksportga chiqarish, shuningdek chet ellik sheriklar bilan hisob-kitob qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) soliq solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qonun hujjatlariga muvofiq budjetga soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) moddiy-texnikaviy taʼminlash, unga agrotexnik va boshqa xil xizmat koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) moddiy-texnikaviy taʼminlash, unga agrotexnik va boshqa xil xizmat koʻrsatish tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) oʻziga zarur boʻlgan mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan, aholidan olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) kreditlash va sugʻurtalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tashkil etilgan paytda unga qarzlar va kreditlar berishda toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek kooperativlarning (shirkatlarning) oʻzlari oʻz mol-mulkini garovga qoʻyib kafil boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) oʻziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xoʻjalik ekinzorlarining (koʻchatzorlarining), koʻp yillik dov-daraxtlarning, yetishtirilgan yoki qayta ishlangan mahsulotning, xom ashyoning, materiallarning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun oʻzining javobgarlik xavfini sugʻurta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda sugʻurta tovoni oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) uni iqtisodiy nochorlikka olib boradigan darajada zarar koʻrgan va toʻlovga qobiliyatsiz boʻlgan hollarda qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) sanatsiya qilish oʻtkazilishi yoki uning bankrotligi toʻgʻrisidagi masala qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) qishloq aholi punktlari ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qishloq aholi punktlari ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, kooperativ (shirkat) aʼzolari va unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning, shuningdek ular oilalarining madaniy-maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning salomatligini mustahkamlash, boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi. Bu maqsadlarda qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini quradi va jihozlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) hududidagi aholi punktlarini obodonlashtirish, elektrlashtirish, gazlashtirish va ichimlik suv bilan taʼminlashni amalga oshiradi, kooperativ (shirkat) aʼzolari va xodimlariga xizmat koʻrsatuvchi kichik korxonalarni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz aʼzolarining dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirishga ularga urugʻlik, koʻchat, yosh qoramollar va parrandalar realizatsiya qilish, agrotexnika va veterinariya xizmati koʻrsatish, yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotini realizatsiya qilishda koʻmaklashish yoʻli bilan yordam beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperativda (shirkatda) davolash va profilaktika tadbirlarini oʻtkazishda sogʻliqni saqlash organlariga yordam beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha kooperativ (shirkat) ustavida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) birlashmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulush (pay) asosida mahsulotni yetishtirish, xarid qilish, qayta ishlash va uni sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, xizmat koʻrsatishning texnikaviy, suv xoʻjaligiga, veterinariya, agrokimyo, maslahat berishga oid va boshqa turlari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birlashish, uyushmalar, jamiyatlar, agrofirmalar va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Hisobga olish va hisobot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob-kitob ishlarini yuritadi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-BOB. YAKUNIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) qayta tashkil etish hamda tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) qayta tashkil etish qonun hujjatlarida va kooperativ (shirkat) ustavida belgilangan tartibda qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy majlis qaroriga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) kreditorlar daʼvolari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki qiymati uning aʼzolari oʻrtasida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarini (shirkat xoʻjaliklarini) tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Majburiyatlar boʻyicha javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) kooperativ (shirkat) aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) majburiyatlari boʻyicha oʻz mol-mulklari bilan javob bermaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) majburiyatlari boʻyicha, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) esa davlatning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) kooperativ (shirkat) aʼzolarining va unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning hayoti va sogʻligiga ular mehnat majburiyatlarini bajarish chogʻida yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) va uning aʼzolarining, shuningdek unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning yerdan belgilangan maqsadda va samarali foydalanmaganlik uchun javobgarligi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 30-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
600-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 84-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 52-son, 555-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)