30.07.2016 yildagi 247-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.07.2016 yildagi 247-son
Date of entry into force
08.08.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazining davolash-diagnostika korpusini qurish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, respublika davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tayanch-harakatlanish tizimi kasalliklariga chalingan bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “SYNECTA a.s.” (Slovakiya) kompaniyasining “Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazining davolash-diagnostika korpusini qurish va jihozlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha doirasida Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar posyolkasi, Bobur koʻchasi, 4-uy manzilida joylashgan Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazining 200 oʻrinli davolash-diagnostika korpusini va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, jihozlash (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) rejalashtirilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha 2017-yil 1-yanvargacha bajariladi va “SYNECTA a.s.” (Slovakiya) kompaniyasi tomonidan beriladigan begʻaraz yordam mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi, kelgusida obyekt Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq obyektni qurish qiymati 55,0 mlrd soʻmni, uni jihozlash qiymati esa — 7 mln AQSh dollarini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“SYNECTA a.s.” (Slovakiya) kompaniyasi nomidan Oʻzbekiston Respublikasida norezidentning doimiy muassasasi funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan “SYNECTA Central Asia” MChJga yuklanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha buyurtmachisi etib “SYNECTA a.s.” (Slovakiya) kompaniyasi belgilangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning bosh pudratchisi etib “SYNECTA Central Asia” MChJ belgilangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh loyihachi va loyiha boʻyicha mualliflik nazorati funksiyasini bajaruvchi etib “Golden Project” XK belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar loyihani amalga oshirish doirasida 2017-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha, shu jumladan “vaqtinchalik olib kirish” rejimida olib kiriladigan asbob-uskunalar, transport vositalari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh pudratchi tomonidan buyurtmachiga, subpudratchilar va yetkazib beruvchilar (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari) tomonidan bosh pudratchiga sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“SYNECTA Central Asia” MChJ bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari boʻyicha davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalardan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan, ham toʻlov manbaidan, ham doimiy muassasa orqali soliqqa tortiladigan daromadlar boʻyicha “SYNECTA a.s.” (Slovakiya) kompaniyasi, shuningdek subpudratchilar va yetkazib beruvchilar (Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari) yuridik shaxslarning foyda soligʻidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kiriladigan asbob-uskunalar, transport vositalari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallar, bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlarni vakolatli davlat organlarida sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlar toʻlovidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy transport va ekspeditorlik kompaniyalari avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi va tranziti uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Loyihani amalga oshirish doirasida “SYNECTA a.s.” (Slovakiya) kompaniyasining doimiy muassasasiga quyidagilar yuzasidan ruxsat berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kiriladigan asbob-uskunalar, transport vositalari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallar, bajariladigan ishlar, shu jumladan qurilish-montaj ishlari, koʻrsatiladigan xizmatlar uchun “SYNECTA a.s.” (Slovakiya) kompaniyasi, yetkazib beruvchilar (Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari) foydasiga toʻlovni xorijiy valyutada amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subpudratchilar va yetkazib beruvchilar (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari) tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish uchun toʻlovni, shu jumladan bosh pudrat shartnomasi boʻyicha toʻlovni Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 912-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va Toshkent viloyati hokimligi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga tegishli ruxsatnomalarning oʻz vaqtida, belgilangan tartibda berilishini, shuningdek olib kiriladigan asbob-uskunalar, transport vositalari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallar sertifikatlanishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi loyihani amalga oshirish doirasida bosh loyiha tashkiloti tomonidan berilgan asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha obyekt qurilishi uchun metall prokati, sement va qurilish oynasining tartibga solinadigan narxlar boʻyicha ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati loyihani amalga oshirish doirasida keltiriladigan asbob-uskunalar, transport vositalari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni yuklash, tushirish va taxlash ishlarini, koʻrsatib oʻtilgan yuklarni respublikaning aeroportlarida va temir yoʻl stansiyalarida saqlashning butun davri mobaynida yuklarga ishlov berish va ularni saqlash uchun toʻlov undirmasdan taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirish davrida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarining konsullik va boshqa toʻlovlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmanomalariga binoan, loyiha amalga oshiriladigan davrda jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga yashash joyi boʻyicha koʻp martalik vizalarning berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek vaqtinchalik propiska qilinishini va uning muddati uzaytirilishini davlat bojlari undirmasdan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirish davrida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddati uzaytirilishini), shuningdek ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berishni (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 30-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
247-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 376-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son)