26.07.2016 yildagi 241-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.07.2016 yildagi 241-son
Date of entry into force
01.08.2016
Hujjat 01.08.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiyada oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumatining 2016-2017 moliya yillariga berilayotgan 196 mln Yaponiya iyenasi miqdoridagi hamda 263 mln Yaponiya iyenasi miqdoridagi grantlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturasida oʻqishini tashkil etish toʻgʻrisida Yaponiya Hukumatining taklifi (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻqish uchun nomzodlarni tanlab olish Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi, Yaponiya Xalqaro hamkorlik markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramovga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan ayirboshlash notalari va grant bitimlarini imzolash vakolati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga — loyihani amalga oshirish doirasida grantlarni olish va ularga xizmat koʻrsatish uchun Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda barcha tartib-qoidalarni rasmiylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — yuqorida koʻrsatib oʻtilgan grantlarga hisob-kitob xizmati koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga — grantlarga hisob-kitob xizmati koʻrsatish yuzasidan Yaponiya tomonining vositachilik xarajatlari konvertatsiya qilinishini taʼminlash yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi grantlarga hisob-kitob xizmati koʻrsatilganligi uchun Yaponiya tomonining vositachilik xarajatlariga Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan haq toʻlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joylarida davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish doirasida Yaponiyada oʻqigan Oʻzbekiston mutaxassislarining maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinishiga va ularning ishga joylashtirilishiga koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 26-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
241-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 364-modda; 2017-y., 34-son, 893-modda)