Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2018 01.07.2016 yildagi 225-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.07.2016 yildagi 225-son
Date of entry into force
11.07.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2018
Hujjat 11.07.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani sotish majburiy boʻlgan tovarlar
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tovarlar nomi

TIF TN kodi

1.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari*

0701-0709, 0714, 0801-0802, 0803 10 100 0, 0803 90 100 0, 0804 10000 1, 0804 20100 0, 0804 30000 1, 0804 40000 0 — 0804 50 000 1, 0805,080610, 0807 — 0810, 1202

2.

Yovvoyi oʻsimliklar**

12 (1202 dan tashqari)

3.

Tabiiy gaz***

2711 21

4.

Mis va misdan tayyorlangan buyumlar

74, 8544

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizi sotilishi majburiy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**Yovvoyi oʻsimliklarni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizi sotilishi majburiy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
***Shu jumladan tranzit”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 1-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 27-son, 330-modda)