Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 15.06.2016 yildagi 206-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.06.2016 yildagi 206-son
Date of entry into force
20.06.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 20.06.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasini shakllantirish va bajarishning samarali mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi ichki va tashqi bozorlar konyunkturasining chuqur marketing tadqiqotlari natijalarini hisobga olgan holda har yili 1-avgustgacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun davlat buyurtmasiga binoan asosiy turlari boʻyicha yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilishga ehtiyojning prognoz hajmlari ishlab chiqilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan kelishgan holda oʻn kun muddatda — davlat buyurtmasi doirasida yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilishga doir namunaviy kontraktatsiya shartnomalari, ularda xarid qilinadigan mahsulotlar hajmlarini va turlarini, yetkazib berish jadvallarini, narxlarni shakllantirishning bozor shartlarini, hisob-kitoblar tizimini, tomonlarning javobgarligi choralarini va nizolarni hal qilish tartibini nazarda tutgan holda, ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi tugagan kundan boshlab bir hafta muddatda — yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan barcha materiallarning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi har yili Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi tugagan kundan boshlab 20 kundan kechikmay kelgusi yil uchun yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansini ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarini viloyatlar, tumanlar va fermer xoʻjaliklari boʻyicha joylashtirishda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansi parametrlarini hisobga olsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari zimmasiga meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha davlat buyurtmasi bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 15-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 206-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qaroriga muvofiq yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka va poliz mahsulotlari va uzum (keyingi oʻrinlarda meva-sabzavot mahsulotlari deb ataladi) xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasini shakllantirish hamda bajarish tartibi va mexanizmini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi (keyingi oʻrinlarda davlat buyurtmasi deb ataladi) — keyinchalik sanoat yoʻli bilan qayta ishlash, qish-bahor davriga gʻamlash, shuningdek eksport qilish uchun fermer va dehqon xoʻjaliklari oʻrtasida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmlarini joylashtirish va ulardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchilar — fermer va dehqon xoʻjaliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachilar — “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzvinosanoat-xolding” XKning qayta ishlash korxonalari, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining tayyorlash va saqlash uchun gʻamlash boʻyicha korxonalari, “Oʻzagroeksport” AJning ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyalarining tashkilotlari — eksport qiluvchilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Davlat buyurtmasining mazmuni, tarkibi, uni shakllantirish va tasdiqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat buyurtmasi keyinchalik foydalanish maqsadlariga qarab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quvvati davlat statistika hisoboti maʼlumotlari asosida hisobga olinadigan ishlab chiqarishning texnologik sikli xususiyatlarini hisobga olgan holda “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzvinosanoatxolding” XKning qayta ishlash korxonalari quvvatlaridan toʻliq foydalanishni nazarda tutgan holda keyinchalik sanoat yoʻli bilan qayta ishlash, shu jumladan quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mintaqalardagi aholi sonini va saqlash uchun mavjud sigʻimlarni hisobga olgan holda meva-sabzavot mahsulotlarini qish-bahor davriga gʻamlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ichki va tashqi bozorlar konyunkturasini, respublika boʻyicha eksport qilishning prognoz koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda eksport qilish uchun ehtiyoj hajmlarini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat buyurtmasi kalendar yilga shakllantiriladi va yetkazib beruvchilar tomonidan yetishtiriladigan meva-sabzavot mahsulotlari hajmlarining bir qismini tashkil etadi hamda mahsulotlarni yetishtirish va davlat buyurtmasidan ortiqcha ichki va tashqi bozorlarda sotishda ularni cheklamaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasini oʻz vaqtida shakllantirish va bajarish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik sanoat yoʻli bilan qayta ishlash yuzasidan — “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qish-bahor davriga gʻamlash yuzasidan — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksportga yetkazib berish yuzasidan — “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi masʼul hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Buyurtmachilar davlat buyurtmasi boʻyicha mahsulotlarga ehtiyojning hisoblab chiqilgan hajmlari yuzasidan ishonchli va toʻlaqonli axborot taqdim etilishi uchun javob beradilar. Davlat buyurtmasi hajmlari hisob-kitoblarini tayyorlashda buyurtmachilar davlat statistika organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining foydalanish mumkin boʻlgan barcha maʼlumotlaridan, tashqi bozorlarning holati toʻgʻrisidagi tahliliy axborotdan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligidan olingan axborotdan, shuningdek ichki va tashqi bozorlar konyunkturasining chuqur marketing tadqiqotlaridan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansini ishlab chiqish va bajarilishi monitoringini olib borish ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tasdiqlanadigan balansga kiritish uchun davlat buyurtmasi koʻrsatkichlari har yili oʻtkaziladigan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining natijalariga koʻra aniqlanadi va keyinchalik viloyatlar, tumanlar va fermer xoʻjaliklari boʻyicha davlat buyurtmasi yuzasidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat buyurtmasini bajarish uchun mintaqada va (yoki) tumanda yetishtiriladigan meva-sabzavot mahsulotlari hajmi yetarli boʻlmagan taqdirda boshqa mintaqalardan va (yoki) tumanlardan ortiqcha yetishtirilgan hajmni jalb etishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Kontraktatsiya shartnomalari tuzish va mahsulot hajmlarini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat buyurtmasi doirasida meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish, shu jumladan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish davrida, shuningdek yarmarkalar oraligʻidagi davrda yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kontraktatsiya shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat buyurtmasi doirasida mahsulotlarni xarid qilishga kontraktatsiya shartnomalarini tuzish namunaviy shakl boʻyicha amalga oshiriladi hamda xarid qilinadigan mahsulotlarning hajmlari va turlarini, yetkazib berish jadvallarini, narx belgilashning bozor shart-sharoitlarini, hisob-kitoblar tizimini, taraflarning javobgarligi choralarini va nizolarni hal etish tartibini majburiy tartibda nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzaro kelishuvga koʻra, kontraktatsiya shartnomasining oʻziga xosligini hisobga olib taraflar unga namunaviy kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat buyurtmasi doirasida meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish bozor sharoitlarida kafolatlangan kontraktatsiyaga ega boʻlishi va kontraktatsiya shartnomasi qiymatining kamida 40 foizi miqdorida avans toʻlovi bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldindan haq toʻlash va yetkazib beruvchilar bilan buyurtmachilar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar kontraktatsiya shartnomasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shaklda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Buyurtmachilar tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha davlat buyurtmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz aylanma mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʻlmagan stavkalar boʻyicha tijorat banklarining kreditlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga fyuchers kontraktlaridan oldindan haq toʻlash hisobiga avans toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK va “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi har yili Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi tamom boʻlgan kundan boshlab bir hafta muddatda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansini ishlab chiqishni taʼminlash uchun barcha zarur materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadilar, davlat buyurtmasi balansi keyinchalik belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Davlat buyurtmasi bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlarini qabul qilish, dastlabki qayta ishlash, saqlash va tashish boʻyicha zarur logistika infratuzilmasini tashkil etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlarini oʻrab-joylash uchun plastik, karton oʻrash-joylash materiallari ishlab chiqarilishini tashkil etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlarini qabul qiladilar, transportda tashiydilar, navlarga ajratadilar, kalibrlaydilar, oʻrab-joylaydilar, saqlaydilar, qayta ishlaydilar va ichki va tashqi bozorlarga yetkazib beradilar. Meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beruvchilar tomonidan tashilganda transportda tashish xarajatlari buyurtmachilar tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi bilan birgalikda kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi monitoringini olib boradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga monitoring natijalari boʻyicha axborot kiritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansini ishlab chiqish va bajarilishi monitoringini olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 291-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)