Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2019 15.06.2016 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.06.2016 yildagi 207-son
Date of entry into force
20.06.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2019
Hujjat 20.06.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-sonli “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son hamda “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumning eksportini tartibga solish, xorijiy valyutadagi tushum tushishi va uning majburiy sotilishi yuzasidan samarali nazoratni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) barcha transport vositalaridan foydalangan holda eksport qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08, 1202) naqd xorijiy valyutaga, mablagʻlarni banklarning kassalari orqali belgilangan tartibda eksport qiluvchilarning hisob raqamlariga oʻtkazgan holda, shuningdek toʻlovni norezidentlarning xalqaro toʻlov kartalaridan qabul qilish yoʻli bilan eksport qilishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 1-iyulgacha yangi meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni kreditorlik qarzlari summasiga hamda ilgari tuzilgan eksport kontraktlari boʻyicha 2016-yil 1-maydagi holatiga koʻra ochilgan akkreditivlar boʻyicha eksport qilishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishga fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirishda ularda meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum turlari (navlari) va yetishtirilgan mintaqa (viloyat, tuman) koʻrsatilishini qatʼiy ravishda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son hamda “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qarorlariga muvofiq yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish, xorijiy valyutadagi tushumning kafolatli tushishi va majburiy sotilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish yuzasidan birjalarda tuzilgan kontraktlarini hisobga olish xususiyatlari birjalar faoliyatini reglamentlovchi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlari — sabzavotlar, mevalar, poliz mahsulotlari va uzum (TIF TN kodi 07, 08, 1202);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi meva-sabzavot mahsulotlari — ushbu nizomga 1-ilovada* keltirilgan roʻyxatga muvofiq sabzavotlar, mevalar, poliz mahsulotlari va uzum;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari — ushbu nizomga 1-ilovada keltirilgan yangi meva-sabzavot mahsulotlari (sabzavotlar, mevalar, poliz mahsulotlari va uzum) roʻyxatiga kiritilmagan sabzavotlar, mevalar, poliz mahsulotlari va uzum;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Nizomga 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchilar — meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari bilan eksport kontraktlari tuzgan yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport kontrakti — meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti bilan norezidenti oʻrtasida tuzilgan xoʻjalik shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta svopi operatsiyasi — valyutani ayni bir vaqtda sotib olish va sotish (ayirboshlash) boʻyicha ikki tomonlama bitim. Bunda bunday bitimning muayyan shartlari orqali ular boʻyicha muddatda va bunday bitimning muayyan shartlari boʻyicha valyuta kursida hisob-kitob qilish (teskari ayirboshlash) shart qilib qoʻyiladi. Valyuta svopi operatsiyasi ikki qismdan iborat boʻladi. Bular: birinchi qismini amalga oshirishda valyutalarni birlamchi ayirboshlash (svop-bitim) yuz beradi, ikkinchi qismini amalga oshirishda aksincha ayirboshlash va svop-kontraktni yopish (forvard-bitim) yuz beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish maʼlumotlari eksport qiluvchi tomonidan Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda TSOYEAT deb ataladi) kiritilgan eksport kontrakti asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri eksport kontraktlari, shuningdek fermer va dehqon xoʻjaliklari, agrofirmalar, qayta ishlash tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlari bilan tuzilgan vositachilik shartnomalari asosida faqat “Oʻzagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzagroeksport” AJ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Meva-sabzavot mahsulotlari yuzasidan eksport kontrakti tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari “Oʻzagroeksport” AJga murojaat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagroeksport” AJ tushgan murojaatlarni uch kun muddatda koʻrib chiqadilar, muzokaralar olib boradilar. Muzokaralar yakunlari boʻyicha, har ikkala tomon rozilik bildirgan taqdirda, belgilangan tartibda eksport kontraktlari va vositachilik shartnomalari tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vositachilik shartnomalari boʻyicha meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda “Oʻzagroeksport” AJning vositachilik haqi miqdori 1 foizdan ortiq boʻlmasligi kerak, shu jumladan vositachilik shartnomasi boʻyicha eksportning amaldagi hajmi 1 mln dollardan ortiq boʻlganda vositachilik haqi miqdori 0,8 foizni, 5 mln dollardan ortiq boʻlganda — 0,6 foizni, 10 mln dollardan ortiq boʻlganda — 0,5 foizni, 20 mln dollardan ortiq boʻlganda — 0,4 foizni va 50 mln dollardan oriq boʻlganda — 0,1 foizni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilik haqi yuzasidan vositachilik shartnomalari boʻyicha fermer va dehqon xoʻjaliklari, agrofirmalar, qayta ishlash tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlari bilan uzil-kesil hisob-kitoblar vositachilik shartnomasi amal qilish muddati tamom boʻlgandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish faqat quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda — 100 foiz oldindan haq toʻlash yoki ochiq tasdiqlangan akkreditiv summasiga yoxud birinchi darajali xorijiy bankning kafolati summasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda — yuklab joʻnatilgan mahsulot qiymatining kamida 30 foizini oldindan toʻlash, qolgan qismiga tasdiqlovchi akkreditiv ochiladi yoxud birinchi darajali xorijiy bankning kafolati rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Eksport kontraktida kontrakt valyutasi va toʻlov xorijiy valyutada koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu nizomda nazarda tutilmagan eksport kontraktlariga va ularning bajarilishiga qoʻyiladigan talablar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va boshqa qonun hujjatlari talablari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV.Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda narx belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Eksport kontraktlari jahon bozorlaridagi konyunktura narxlaridan kelib chiqib Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining, doimiy ishlaydigan meva-sabzavot maydonchalarining yarmarka savdolari yakunlari boʻyicha shakllanadigan oʻrtacha narxlar hisobga olingan holda talab va taklif asosida shakllanadigan bozor narxlari asosida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzagroeksport” AJ tomonidan har haftada ommaviy axborot vositalarida va oʻzining rasmiy veb-saytida meva-sabzavot mahsulotlariga eksport narxlar darajasi toʻgʻrisida axborot eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda eksport kontraktlari kontrakt tuzilgan kunda “Oʻzagroeksport” AJ tomonidan eʼlon qilingan narxlardan past boʻlmagan narxlar boʻyicha tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga bojxona rasmiylashtiruvi ushbu nizomning 7-bandi talablariga muvofiq eksport kontraktlarida koʻrsatilgan narxlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning eksport kontraktlariga xizmat koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning eksport kontraktlariga, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar bilan vositachilik shartnomalari tuzgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning import kontraktlariga xizmat koʻrsatish tijorat banklari tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banki tomonidan 1 (bir) kun mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan zarur hujjatlar taqdim etilgan paytdan boshlab — eksport qiluvchiga xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqami ochiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta mablagʻlari tushgan paytdan boshlab — TSOYEATga eksport qilishga eksport kontrakti boʻyicha oldindan toʻlangan haq toʻgʻrisidagi axborot kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq tasdiqlangan akkreditiv yoxud birinchi darajali xorijiy bankning eksport kontrakti shartlariga muvofiq rasmiylashtirilgan kafolati toʻgʻrisidagi axborot TSOYEATga kiritiladi — ular haqidagi tegishli axborot tushgan paytdan boshlab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy sotish amalga oshirilgan sanadan boshlab — sotilgan xorijiy valyutaga teng boʻlgan mablagʻ soʻmlarda “Oʻzagroeksport” AJning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishdan olingan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishdan olingan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish, shartnomalar shakllaridan va qonun hujjatlari tomonidan berilgan imtiyozlardan qatʼi nazar, “Oʻzagroeksport” AJ tomonidan tushgan mablagʻlar summasining 50 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagroeksport” AJ xorijiy valyutadagi tushum tushgandan keyin 5 bank kuni mobaynida majburiy sotishni amalga oshirishga topshirqnomani taqdim etmagan taqdirda tijorat banki majburiy sotishni akseptsiz tartibda amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy valyutadagi tushumning bir qismini majburiy sotish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy valyutadagi tushum sotilgan kunda amalda boʻlgan kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Oʻzagroeksport” AJning buyurtmanomasi boʻyicha oldindan toʻlanadigan haq “Oʻzagroeksport” AJning hisob raqamiga tushganda xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish eksport haqiqatda amalga oshirilgandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy valyutadagi tushum summasining 50 foizi keyinchalik qonun hujjatlariga muvofiq undan foydalanish uchun xorijiy valyutada “Oʻzagroeksport” AJning hisob raqamiga oʻtkazilishiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy sotilishi kerak boʻlgan va talab qilib olinadigan ikkilamchi (tranzit) depozit hisob raqamida turgan xorijiy valyutadagi tushum summasining qolgan 50 foizi eksport haqiqatda amalga oshirilgunga qadar valyuta svopi bitimi boʻyicha “Oʻzagroeksport” AJ tomonidan tijorat bankiga sotilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishdan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzagroeksport” AJ tomonidan tuzilgan eksport kontraktlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish va “Oʻzagroeksport” AJ, tijorat banklari va valyuta nazorati organlari oʻrtasida axborot ayirboshlash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha belgilangan tartibda TSOYEAT vositasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Oʻzagroeksport” AJ, tijorat banklari va davlat bojxona xizmati organlari tegishli axborot TSOYEATga oʻz vaqtida kiritilishi va uning ishonchliligi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Oʻzagroeksport” AJ oʻzi tomonidan tuzilgan eksport kontraktlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarz uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagroeksport” AJ tomonidan tuzilgan eksport kontraktlarining bajarilishi monitoringi hamda “Oʻzagroeksport” AJ, tijorat banki va valyuta nazorati organlari oʻrtasida axborot ayirboshlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 8-son, 75-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Belgilab qoʻyilsinki, meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) eksport qilish belgilangan tartibda barcha transport vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xomashyo birjasi orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 63-pozitsiya qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

63.

Meva-sabzavot mahsulotlari

07, 08, 1202

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2016-yil 20-yanvardagi 13-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 4-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida” 2016-yil 1-apreldagi 100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 131-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 292-modda, 46-son, 530-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)