03.06.2016 yildagi PQ-2543-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 03.06.2016 yildagi PQ-2543-son
Date of entry into force
13.06.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani taʼmirlash zavodini qurish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani taʼmirlash hamda ularning muttasil kengayib borayotgan parkini qayta tiklash uchun texnologik jihatdan yuqori darajada jihozlangan zamonaviy ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va shuning asosida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining 2017-2018-yillarda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning Sirdaryo shahrida joylashgan vagon-gʻildirak ustaxonalari negizida ekskavatorlar va gusenitsali texnikani taʼmirlash zavodini qurish boʻyicha moʻljaldagi qiymati 29,0 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2719-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekskavatorlar va gusenitsali texnikani taʼmirlash zavodini qurish boʻyicha investitsiya loyihasi bir bosqichli tartibda, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqqan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati loyihaning amalga oshirilishi uchun masʼul hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning shaxsiy mablagʻlari loyihani moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani taʼmirlash zavodini qurish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ — buyurtmachi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshtransloyiha” AJ — bosh loyiha tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning tarkibiy boʻlinmalari — bosh pudratchi tashkilotlar etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2017-yil 1-apreliga qadar muddatda ekskavatorlar va gusenitsali texnikani taʼmirlash zavodini qurish boʻyicha investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2719-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Istisno tariqasida, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 1-iyulga qadar ekskavatorlar va gusenitsali texnikani taʼmirlash zavodi qurilishini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga;
(5-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2719-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilyerlari (distribyutorlari) bilan, tender savdolari oʻtkazmasdan, import qilinayotgan tovarlarni ortib joʻnatishdan oldin albatta tekshirib koʻrgan holda, asbob-uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellarni eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish toʻgʻrisida shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqurilishmateriallari” AK, “Oʻzbekneftgaz” MXK va “Oʻzmetkombinat” AJ bilan birgalikda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ buyurtmanomalariga koʻra loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan sementni — tartibga solib turiladigan narxlarda, yonilgʻi-moylash materiallarini — shartnomaviy narxlarda va metall prokatini — birja kotirovkalarini hisobga olgan holda ajratilishi hamda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib berilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda — loyihaning Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ kafolat muddati davrida respublikada ishlatilayotgan ekskavatorlar va gusenitsali texnikani taʼmirlash va xizmat koʻrsatishga tegishli litsenziya yoki sertifikatlarni xorijiy ishlab chiqaruvchilardan olishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani taʼmirlash zavodini qurish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmi — qoʻshilgan qiymat soligʻidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 923-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan mashina va uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, asboblar va texnologik jihozlar — boj toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan uning boʻlinmalari oʻrtasida bepul asosda topshirilayotgan mol-mulk qoʻshilgan qiymat soligʻi, yuridik shaxslarning foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2719-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning buyurtmanomalariga koʻra ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 3-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2543-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 263-modda; 2017-y., 2-son, 31-modda, 35-son, 923-modda)