24.05.2016 yildagi 174-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.05.2016 yildagi 174-son
Date of entry into force
30.05.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim tizimi uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar xarid qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy taʼlim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining respublika oliy taʼlim muassasalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha 5864 nomdagi xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni, istisno tariqasida, tender savdolari oʻtkazmasdan import boʻyicha xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni, shu jumladan elektron shakldagi oʻquv va ilmiy adabiyotlarni qabul qilish, saqlash va ularni oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida taqsimlash Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi tomonidan bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzsanoateksport” AJ va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda distribyutorlik kompaniyalari hamda sotish huquqiga ega boʻlgan xorijiy adabiyotlar nashriyotlari (mualliflari) bilan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish yuzasidan, yetkazib berish shartlari va muddatlarini aniq belgilagan holda, ikki hafta muddatda toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzokaralar natijalari boʻyicha distribyutorlik kompaniyalari hamda xorijiy adabiyotlar nashriyotlari (mualliflari) bilan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yetkazib berish, shu jumladan 2016-yil 31-maygacha oliy taʼlim muassasalari bakalavriati 1-bosqich talabalari, shuningdek 15 ta bazaviy oliy taʼlim muassasalari huzuridagi rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilari uchun 980 nomdagi oʻquv adabiyotlari yetkazib berish yuzasidan kontraktlar tuzsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha “Oʻzsanoateksport” AJ va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi tomonidan olib kelinayotgan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar, shu jumladan elektron shakldagi oʻquv va ilmiy adabiyotlar 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish doirasida xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish uchun “Maorif” sohasi boʻyicha nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida 2016-yilda va keyingi yillarda zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli bank bilan birgalikda “Oʻzsanoateksport” AJ va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi tomonidan taqdim etiladigan buyurtmanomalarga binoan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning belgilangan tartibda konvertatsiya qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda respublikaning oliy taʼlim muassasalari ehtiyojlari uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa xorijiy donorlar bilan xorijiy grantlarni jalb etish yuzasidan belgilangan tartibda tizimli ishlar olib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 24-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 238-modda)