12.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2785
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 12.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2785
Date of entry into force
16.05.2016
Hujjat 16.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yolgʻiz keksalar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2785]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yolgʻiz keksalar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 27-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 27-apreldagi 50-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yolgʻiz keksalar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom, “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom, “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yolgʻiz keksalar va nogironlarni (bundan buyon matnda vasiylikka olinuvchilar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylariga (bundan buyon matnda tibbiy-ijtimoiy muassasalar deb yuritiladi) rasmiylashtirish qoidalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek bittasidan ikkinchisiga oʻtkazish (koʻchirish) masalasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek bittasidan ikkinchisiga oʻtkazish (koʻchirish) boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiya (bundan buyon matnda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya tarkibi kamida 5 nafar aʼzodan, shu jumladan Maxsus komissiya raisi va kotibidan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari hamda Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi) boshliqlarining buyruqlari bilan tegishlicha ularning huzurida tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirish uchun vasiylikka olinuvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maxsus komissiya hududiy boshqarmalarning vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirish masalalari boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vasiylikka olinuvchi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom, “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom, “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasasiga rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlarni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga topshiradi. Bunda, sogʻliqning holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar mazkur Qoidalarning ilovasida koʻrsatilgan roʻyxatga muvofiq taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari vasiylikka olinuvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini tekshirib, ularni har bir vasiylikka olinuvchi boʻyicha alohida jildlarga joylashtirgan holda hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 10 kun ichida hududiy boshqarmalarga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarning oʻz vaqtida hududiy boshqarmalarga yuborilishi uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari boshliqlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hududiy boshqarmalar huzuridagi ishchi guruhlar tomonidan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridan kelib tushgan vasiylikka olinuvchilarning hujjatlari 10 ish kuni ichida atroflicha oʻrganib chiqilib, tegishli qaror chiqarish uchun Maxsus komissiyaga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maxsus komissiya taqdim etilgan hujjatlarni vasiylikka olinuvchilarning istagi, shuningdek tibbiy-ijtimoiy muassasalardagi boʻsh oʻrinlar mavjudligini inobatga olgan holda oʻrganib chiqadi va ularni mazkur muassasalarga yuborish (qabul qilish) yoki yuborishda (qabul qilishda) rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborishni (qabul qilishni) asossiz rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maxsus komissiya qarori u qabul qilingan kundan boshlab 3 kun ichida tegishlicha hududiy boshqarmalarga vasiylikka olinuvchilarning hujjatlari bilan birga yuboriladi. Bunda vasiylikka olinuvchini Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatiga qabul qilish toʻgʻrisidagi Maxsus komissiya qarori pansionatning oʻziga ham yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hududiy boshqarma boshligʻi tomonidan Maxsus komissiya qarori kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida uning asosida vasiylikka olinuvchini tegishlicha “Saxovat” yoki “Muruvvat” internat uyiga yuborish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi va u tegishlicha “Saxovat” yoki “Muruvvat” internat uyiga hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga yuboriladi. Bunda vasiylikka olinuvchining hujjatlari buyruq bilan birga tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylikka olinuvchini Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatiga qabul qilish toʻgʻrisidagi Maxsus komissiya qarori u kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida uning nusxasi vasiylikka olinuvchining hujjatlari bilan birga hududiy boshqarma tomonidan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga xat orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Maxsus komissiya qarorida vasiylikka olinuvchini tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasasiga yuborishda (qabul qilishda) rad etilgan boʻlsa, hududiy boshqarma bu haqda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasini qaror kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida xat orqali xabardor qiladi va mazkur xat bilan birga Maxsus komissiyaning tegishli qarori nusxasini hamda vasiylikka olinuvchining hujjatlarini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi unga hududiy boshqarma boshligʻining buyrugʻi, vasiylikka olinuvchini Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatiga qabul qilish toʻgʻrisidagi Maxsus komissiya qarori nusxasi yoxud vasiylikka olinuvchini tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasasiga yuborishda (qabul qilishda) rad etilganligi toʻgʻrisidagi Maxsus komissiya qarori nusxasi kelib tushgan kunning oʻzida vasiylikka olinuvchini (uning qonuniy vakilini) bu haqida xabardor qilishi hamda unga (uning qonuniy vakiliga) tegishli buyruq (qaror) nusxasini va tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirish uchun topshirgan hujjatlarini (tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirish uchun berilgan arizadan tashqari) qaytarishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vasiylikka olinuvchi (uning qonuniy vakili) hududiy boshqarma boshligʻining “Saxovat” yoki “Muruvvat” internat uyiga yuborish toʻgʻrisidagi buyrugʻi yoxud Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatiga qabul qilish toʻgʻrisidagi Maxsus komissiya qarori nusxasini hamda rasmiylashtirish uchun topshirgan hujjatlarini olgandan soʻng, tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasaga murojaat qiladi. Bunda vasiylikka olinuvchi (uning qonuniy vakili) tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirish uchun topshirilgan hujjatlarini (tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirish uchun berilgan arizadan tashqari) taqdim etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Vasiylikka olinganlarni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish (koʻchirish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vasiylikka olingan bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasada boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkazilishi (koʻchirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vasiylikka olinganni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish (koʻchirish):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u istiqomat qilayotgan tibbiy-ijtimoiy muassasa joylashgan hududning ob-havosi sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatganda (tibbiy xulosa bilan asoslanganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning qonuniy vakili bir hududdan boshqa hududga koʻchib oʻtganda (qonuniy vakilining doimiy yashash joyidan maʼlumotnoma bilan asoslanganda) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vasiylikka olingan bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtish (koʻchish) uchun u yoki uning qonuniy vakili tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasasi joylashgan hududdagi hududiy boshqarmaga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga mazkur Qoidalarning 15-bandida koʻrsatilgan vasiylikka olinganni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish (koʻchirish) uchun asos boʻlib hisoblanuvchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Hududiy boshqarma huzuridagi ishchi guruhi tomonidan vasiylikka olinganning bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish (koʻchirish) haqidagi arizasi 10 ish kuni ichida atroflicha oʻrganib chiqiladi va tegishli qaror chiqarish uchun Maxsus komissiyaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda ishchi guruhi tomonidan tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasadan vasiylikka olinganning sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlari ishchi tartibda soʻrab olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Maxsus komissiya hududiy boshqarmalar tomonidan kiritilgan hujjatlarni tibbiy-ijtimoiy muassasalardagi boʻsh oʻrinlar mavjudligini inobatga olgan holda oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylikka olinganni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish (koʻchirish) toʻgʻrisida Maxsus komissiya qarori qabul qilinadi va u Maxsus komissiya tomonidan 3 kun ichida tegishlicha hududiy boshqarma(lar)ga, vasiylikka olingan Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatidan koʻchirilayotganda esa, pansionatning oʻziga ham yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Hududiy boshqarma(lar) boshligʻi Maxsus komissiya qarori kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida uning asosida tegishlicha vasiylikka olinganni tibbiy-ijtimoiy muassasadan chiqarish yoki qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi. Bunda vasiylikka olingan Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatidan koʻchirilayotganda uni chiqarish toʻgʻrisida pansionat direktorining buyrugʻi qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy boshqarma boshligʻining buyrugʻi tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasaga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vasiylikka olingan 18 yoshga toʻlganda u “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyidan “Muruvvat” nogironlar uchun internat uyiga unda boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi tomonidan yilning har choragi yakunida 18 yoshga toʻlgan vasiylikka olinganlar roʻyxati tuzilib, tegishlicha hududiy boshqarmaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Hududiy boshqarma huzuridagi ishchi guruhi taqdim etilgan 18 yoshga toʻlgan vasiylikka olinganlar roʻyxatini 10 ish kuni ichida oʻrganib chiqib, ularni “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylariga oʻtkazish masalasini hal qilish uchun Maxsus komissiyaga taklif kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Maxsus komissiya hududiy boshqarmalar tomonidan kiritilgan takliflarni “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylaridagi mavjud boʻsh oʻrinlarni inobatga olgan holda oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18 yoshga toʻlgan vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylariga joylashtirish boʻyicha Maxsus komissiya qarori qabul qilinadi va u Maxsus komissiya tomonidan ijro uchun tegishlicha hududiy boshqarmalarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan Maxsus komissiya qarori kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida uning asosida tegishlicha 18 yoshga toʻlgan vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyidan chiqarish yoki ularni “Muruvvat” nogironlar uchun internat uyiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy boshqarma boshligʻining buyrugʻi tegishli “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi hamda “Muruvvat” nogironlar uchun internat uyiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vasiylikka olinganni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazishda (koʻchirishda) u tark etayotgan tibbiy-ijtimoiy muassasa zarur transport vositasini hamda kuzatib borish uchun tibbiyot xodimini ajratgan holda uning oʻtkazilayotgan (koʻchirilayotgan) tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasaga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Vasiylikka olinganni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazishda (koʻchirishda) u tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirilishi bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlari hamda shaxsiy kiyim-kechagi va buyumlari bilan birga oʻtkaziladi (koʻchiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yolgʻiz keksalar va nogironlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish qoidalariga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirish uchun talab etiladigan sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ambulator kartadan yoki kasallik tarixidan koʻchirma (qon va siydik tahlili, qonning Vasserman reaksiyasi va Avstraliya antigeniga tahlili, koʻkrak qafasi flyurografiyasi boʻlishi lozim).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri Tibbiy-maslahat komissiyasi xulosasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Silga qarshi kurashish dispanseri xulosasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Onkologik dispanser xulosasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Teri-tanosil kasalliklari dispanseri xulosasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. OITS markazining xulosasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: mazkur roʻyxatda koʻrsatilgan hujjatlarning amal qilish muddati 2 oyni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 19-son, 217-modda, 44-son, 515-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son; 09.10.2024-y., 10/24/2785-3/0798-son; 03.01.2025-y., 10/25/2785-4/0004-son)