Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2017 20.04.2004 yildagi 186-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.04.2004 yildagi 186-son
Date of entry into force
20.04.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2017
Hujjat 20.04.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI KATTA VA ALOHIDA MUHIM SUV XOʻJALIGI OBYEKTLARINING TEXNIK HOLATINI HAMDA BEXATAR IShLAShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI (“DAVSUVXOʻJALIKNAZORAT” INSPEKSIYASI) FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoniga muvofiq, shuningdek katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holati hamda bexatar ishlashi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatining ishonchliligi hamda ularning bexatar ishlashi taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanilishi, ularning rekonstruksiya qilinishi va taʼmirlanishi, shu jumladan loyihalar ekspertizasi tashkil etilishi, qurilish sifatining va foydalanishga qabul qilib olishning nazorat qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining ishonchli qoʻriqlanishi tashkil etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi) faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 17 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 12 nafar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi boshligʻiga, zaruriyat boʻlganda, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi)ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-martdagi 143-son qarori 1-bandining uchinchi, toʻrtinchi xatboshi, qarorning 2-bandi va qarorga 2 va 3-ilovalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 20-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 20-apreldagi 186-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi)ning tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 20-apreldagi 186-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi) markaziy apparatining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 20-apreldagi 186-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi deb ataladi) gidrotexnika inshootlari xavfsizligi ustidan davlat nazorati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi tizimiga mahalliy davlat boshqaruv organlaridan mustaqil boʻlgan va bevosita “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga hisob beradigan hududiy inspektorlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnik taʼminoti, shuningdek “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatining ishonchliligi va ularning bexatar ishlashi taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanilishi, ularning rekonstruksiya qilinishi va taʼmirlanishi, shu jumladan loyihalar ekspertizasi tashkil etilishi, qurilish sifatining va foydalanishga qabul qilib olishning nazorat qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining ishonchli qoʻriqlanishi tashkil etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kapitalligi I, II, III klass boʻlgan gidrotexnika inshootlarining texnik holati hamda bexatar ishlashi bilan bogʻliq hodisalarning oldini olishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlari texnik holatining ishonchliligini hamda bexatar ishlashini ekspertizadan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlarining texnik va xavfsizlik holatining ishonchliligi bilan bogʻliq idoralararo va davlatlararo komissiyalar ishida qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik qoidalari va mezonlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlarini joylashtirishda, gidrotexnika inshootlarini loyihalash uchun topshiriqlarni kelishishda, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishishda, gidrotexnika inshootlarini qurish sifatini nazorat qilishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini kelishishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun gidrotexnika inshootlari hududlari, daryolar oʻzanlari va ularga tutash toʻgʻonning quyi va yuqori hududlaridan (suv muhofazasi zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) foydalanishni kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlarining holatini va ular holatining xavfsizlik deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlarining texnik holatini naturada kuzatish va diagnostikani amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlarining kadastrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlarga suv muhofazasi zonalarini, suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning qirgʻoqboʻyi polosalarini belgilash ishlarini tashkil etishda koʻmaklashadi, ushbu zonalar va polosalarga qoʻyiladigan talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning tegishli vazirliklari va idoralari bilan birgalikda davlatlararo va chegaraboʻyi suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish masalalarini chegaradosh davlatlar bilan tartibga solishda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻziga boʻysunuvchi hududiy inspektorlar orqali hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlariga belgilangan tartibda kirish, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi va texnik nazoratni tashkil etish masalalariga doir materiallar bilan tanishib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda gidrotexnika inshootlaridan foydalanilishi, ularning texnik va xavfsizlik holati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlari texnik holatining ishonchliligi, ulardan foydalanish va ularning xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralarning, shuningdek, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining maʼruzalarini, axborotlarini va xabarlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlardan gidrotexnika inshootlari texnik holatining ishonchliligi, ulardan foydalanish va ularning xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha meʼyoriy hujjatlar, tadbirlar rejalari, buyruqlar, yoʻriqnomalar, hujjatlar, maʼlumotlar va materiallarni talab qilish va olish, zaruriyat boʻlganda, respublikaning tegishli vazirliklari va idoralari mutaxassislarini jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berish, shuningdek gidrotexnika inshootlari xavfsizligi normalari va qoidalari qoʻpol ravishda buzilgan hollarda xavfliligi yuqori boʻlgan obyektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish yoxud daryolar oʻzanlari va ularga tutash toʻgʻonning quyi va yuqori hududlarida xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirayotgan tashkilotlar faoliyatini, agar mazkur faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, belgilangan tartibda taqiqlash yoki cheklash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining mansabdor shaxslari va uning hududiy inspektorlari oʻz xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi xodimlari maqomiga va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshliq — vazirga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv apparati katta mutaxassislari — vazirliklarning mustaqil boshqarmasi boshliqlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar — vazirliklarning boʻlim boshliqlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy inspektorlar — viloyat hokimliklarining tegishli mustaqil boʻlimlari rahbarlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini, shuningdek “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi markaziy apparati xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi markaziy apparati xodimlarini, hududiy inspektorlarni belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasida yirik gidrotexnika va boshqa muhandislik inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish sohasidagi yetakchi mutaxassislardan iborat Ekspert kengashi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining boshligʻi lavozimiga koʻra Ekspert kengashining raisi hisoblanadi. Ekspert kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashi gidrotexnika inshootlaridan bexatar foydalanish va ularning ishonchli ishlashining eng muhim masalalarini koʻrib chiqadi, gidrotexnika inshootlarining barqaror va bexatar ishlashi uchun ularni rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyanomalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashining qarorlari, qoidaga koʻra, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi boshligʻining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashi majlislariga alohida vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning manfaatlariga tegishli masalalarni hal qilish uchun ularning vakillari taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining inspektorlari gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashi ustidan nazorat oʻrnatish yuzasidan joylarda oʻz faoliyatini “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan tadbirlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y.,16-son, 185-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)