Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
LITSENZIYALASHNI BEKOR QILISH HAMDA ISTEʼMOL TOVARLARINI OLIB KELISH VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ICHKI BOZORIDA SOTISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
“Raqobat toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq va respublikaga isteʼmol tovarlarini olib kelish va sotish tizimini yanada takomillashtirish, ichki isteʼmol bozorida raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tayyor isteʼmol tovarlarini import qiluvchi korxonalar va tashkilotlarga soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilishning ustuvor huquqini beruvchi litsenziyalar berish mexanizmi bekor qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2002-yil 1-oktabrdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan xalq isteʼmol tovarlari va dori-darmonlarni import qiluvchi korxonalar va tashkilotlar uchun birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olishga vakolatli banklarga har choraklik limitlar bekor qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi 127-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 253-modda)
4. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga:
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona chegarasi orqali isteʼmol tovarlarini olib kelishda bojxona toʻlovlari va qonunchilikda belgilangan boshqa majburiy toʻlovlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
olib kelinayotgan isteʼmol tovarlariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
turgʻun savdo shoxobchalari orqali chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash va naqd savdo tushumini har kuni banklarning kassalariga majburiy topshirish qoidalariga qatʼiy rioya qilish kabi xalqaro amaliyotda umumiy qabul qilingan normalarga rioya etilgan taqdirda isteʼmol tovarlarini respublikaga import qilish va ularni sotish huquqi berilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, tijorat banklari savdo qiluvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi va isteʼmol tovarlarini sotishdan tushgan naqd savdo tushumi har kuni banklarning kassalariga toʻliq topshirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
8. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida 2003-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovar yorliqlarida (etiketkalarida) Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida tovarning xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborot va ularni qoʻllash, ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar mavjud boʻlmagan erkin muomalaga chiqarishga moʻljallangan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini olib kelish taqiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzdavstandart” markazi Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarning ayrim turlarini markalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilinishi, isteʼmol tovarlari bozorida raqobat munosabatlarining samarali ishlashi, narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishiga, nohalol raqobatga, eng avvalo, tovarlarning tayyorlanish joyi, isteʼmol xususiyatlari va sifati yuzasidan isteʼmolchilarning chalgʻitilishiga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-maydagi 152-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 23-son, 302-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2002-yil 20-sentabrgacha boʻlgan muddatda:
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlari va dori-darmonlar importini tarif bilan va notarif boshqarish tizimini joriy etishni;
import isteʼmol tovarlari tender asosida olib kelinishini nazarda tutuvchi mexanizmni ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tijorat banklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2002-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimini yaratsinlar.
13. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-iyuldagi 305-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-avgust,
295-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 122-modda, 23-son, 188-modda; 2003-y., 1-2-son, 12-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 20-son, 253-modda, 23-son, 302-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)