Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 26.02.2016 yildagi 54-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.02.2016 yildagi 54-son
Date of entry into force
09.03.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 30.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pasport-viza rejimiga rioya qilish tartibi mustahkamlanganligi va uy-joy fondidan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olishni takomillashtirish va uy-joy fondidan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A. Axmedbayev hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 26-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 27-fevraldagi 92-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshiga “vakolatxonalari xodimlariga” soʻzlaridan keyin “tatbiq etilmaydi” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 223-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma olishga ariza berishda fuqarolar vaqtinchalik yoki doimiy roʻyxatdan oʻtgan yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olingan boʻlishlari, qonun hujjatlarida belgilangan pasport rejimiga va jamoat tartibiga rioya etishlari shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi 111 — 113-bandlar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“111. Boshqa mintaqalardan kelgan fuqarolar uchun vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish muddatiga, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olish muddatiga beriladi. Bunda vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma muddati olti oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma olish uchun fuqaro tomonidan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) asl nusxa koʻrsatilgan holda pasportning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3 x 4 sm oʻlchamli toʻrtta fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldirilgan soʻrovnoma taqdim etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan keladigan va vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan fuqarolar turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini ham taqdim qilishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma ushbu Nizomning 112-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar taqdim etilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(old tomoni)

_____________________________________________________da
‎(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri)
‎ vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi
‎ _______-son guvohnoma

Familiyasi ‎‎‎

Muhr bilan tasdiqlangan
‎fotosurat uchun
‎ joy

Ismi ‎‎
Otasining ismi ‎‎
Tugʻilgan yili ‎‎
Tugʻilgan joyi ‎‎
Doimiy yashash joyi manzili ‎‎
Vaqtinchalik yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha hisobga olish manzili ‎‎
Pasportning seriyasi va raqami, kim tomonidan va qachon berilgan ‎‎
‎‎
Guvohnomaning amal qilish muddati ‎‎
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi rahbarining F.I.O. ‎‎

imzo va muhr

(Orqa tomoni)


‎Guvohnoma egasiga eslatma

Guvohnoma egasi guvohnomani pasport bilan birgalikda olib yurishi, zarur tarzda saqlashi va uni uchinchi shaxslarga bermasligi shart.
‎Guvohnoma egasin�ng doimiy yoki vaqtincha yashash joyi yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olish manzili oʻzgargan taqdirda, u 5 kecha-kunduz mobaynida bu haqda Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga maʼlum qilish shart.
‎Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida guvohnoma egasi Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga guvohnomaning amal qilish muddati tamom boʻlishidan 5 sutka oldin murojaat qilishi kerak.
‎Agar Sizga nisbatan ish beruvchi tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda, Siz Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markaziga telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

SOʻROVNOMA

Soʻrovnomaning tartib raqami _________

Soʻrovnoma toʻldirilgan sana
‎20 yil “___” ____________

Ismi
Familiyasi ‎vavavaiaivaiaivaivaivaaiva
Otasining ismi
Tugʻilgan sanasi
Tugʻilgan joyi
Jinsi
Doimiy yashash joyi manzili

Vaqtinchalik yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha hisobga ‎olish manzili

Pasportning seriyasi va raqami
Kim tomonidan va qachon berilgan
Maʼlumoti
Mutaxassisligi
Mutaxassislik boʻyicha ish staji
Vaqtinchalik bir martalik ish izlash sababi
Qachon va qaysi xorijiy mamlakatlarga chiqqan
Xorijiy mamlakatlarga chiqishning maqsadi
Jinoiy javobgarlikka tortilganmi

Agar jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, qachon va ‎Jinoyat kodeksining qaysi moddasi boʻyicha javobgarlikka ‎ tortilgan

Soʻrovnomani qabul qilgan shaxsning F.I.O.

Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini kafolatlayman


‎Ariza beruvchining imzosi

‎‎”.

Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 9-son, 88-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2021-y., 09/21/410/0626-son)