11.04.2014 yildagi SQ-427-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori, 11.04.2014 yildagi SQ-427-II-son
Date of entry into force
11.04.2014
Hujjat 11.04.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. Abdusamatovning Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan oʻtgan davrda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash, atrof muhitning sifatini yaxshilash va ekotizimning holatini barqarorlashtirish yuzasidan muayyan ish olib borilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2012-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maʼruzasidan kelib chiqib, ekologik-iqtisodiy siyosat iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, hududlarni, mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor masalalari boʻyicha qoʻyilgan vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida”gi SQ-376-II-sonli Qarori ijro etilishi hamda faoliyatni yanada kuchaytirish boʻyicha tegishli tadbirlar rejasining roʻyobga chiqarilishi ustidan nazorat taʼminlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 22-avgustdagi “Tojikiston “Talko” DUK korxonasining ishlab chiqarish faoliyati ekologiyaga va odamlar sogʻligʻiga koʻrsatayotgan halokatli taʼsirni bartaraf etish choralari toʻgʻrisida”gi SQ-384-II-sonli Qarorini ijro etish yuzasidan muayyan ish olib borilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining tavsiyalariga muvofiq “Talko” DUK chiqindilarining Surxondaryo viloyati atrof muhitiga hamda qishloq xoʻjaligiga salbiy taʼsiri oʻrganilgan va tegishli axborot tayyorlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toza havo” operatsiyasini oʻtkazish boʻyicha tadbirlar amalga oshirilgan. Butun mamlakat boʻyicha 17 ta avtotransport korxonasi (ATK), 10 ta avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi (AYQSh), bitta texnik xizmat koʻrsatish stansiyasi va 210,4 mingta avtotransport vositasi tekshirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish reja-grafigiga muvofiq nazorat ostidagi 1 066 ta subyektda tekshirish oʻtkazilgan. Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun 21,9 mingdan ortiq mansabdor shaxs va fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, atrof muhitga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha jami 2 837,4 mln soʻm miqdorida jarimalar va daʼvolar undirilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 46,9%ga koʻpdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot davri mobaynida tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalariga 9 270,6 mln soʻmdan ortiq mablagʻ kelib tushgan, shuning 3 989,5 mln soʻmi respublika budjetiga, 1 162,9 mln soʻmdan koʻprogʻi esa tabiatni muhofaza qilish Respublika jamgʻarmasiga oʻtkazilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakat dasturi tadbirlarini roʻyobga chiqarish jarayonida rejalashtirilgan 68 ta tadbirdan 7 tasi boʻyicha ishlar tugallangan, 56 ta tadbir bajarilmoqda, 5 ta tadbirni roʻyobga chiqarish muddatlari 2014-2015-yillarga moʻljallangan. Dastur tadbirlarini bajarish uchun hisobot davrida qilingan umumiy xarajatlar 46,26 mlrd soʻmdan koʻproqni, 187,3 mln AQSh dollarini va 15 ming Shveysariya frankini tashkil etgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatning baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish dasturiga muvofiq 2013-yilda 36 035 tonna baliq tutilgan, shundan 13 405,8 tonnasi tabiiy suv havzalaridan ushlangan. Sunʼiy va tabiiy suv havzalariga 47,1 mln dona, shundan tabiiy suv havzalariga 10,5 mln dona mayda baliq qoʻyib yuborilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomalar doirasida olingan majburiyatlar, masʼuliyati Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi zimmasiga yuklatilganlari bajarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologik bilimlarni keng targʻib qilish, ekologik tarbiya maqsadlarida 2 569 ta teleradioeshittirish tashkil etilgan. 1 912 ta material eʼlon qilingan. Ekologiya masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, leksiyalar va suhbatlar oʻtkazilgan, kitoblar, bukletlar, risolalar nashr etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat nazorati boʻyicha qilingan ishlar va erishilgan natijalar bilan bir qatorda oʻz yechimini talab qilayotgan kamchiliklar va muammolar ham mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakat dasturining “Oʻzmetkombinat” OAJ 1-sexidagi qizdirish pechkasini rekonstruksiya qilish, metall parchalarini qayta ishlash boʻyicha sexni modernizatsiya qilish tadbirlarini bajarish ishlari tugallangan boʻlishiga qaramay, hududiy dasturlarni amalga oshirish yuzasidan bajarilayotgan tadbirlarni nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar yetarli darajada samarali emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sirdaryo viloyatining Guliston shahri hududidagi yer osti suvlarining holatini oʻrganish va monitoring tizimini tashkil etish maqsadida kuzatuv quduqlarini qurish boʻyicha bitta tadbirni bajarish boshlanmagan. Sirdaryo gidrogeologiya ekspeditsiyasi, viloyat va Guliston shahar hokimliklari masʼul ijrochilar etib belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Potensial ekologik xavfli obyektlar — Sirdaryo viloyatidagi asfalt-beton sexi Sirdaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasidan va Kattaqoʻrgʻon shahrining “Boynazar” tozalash inshootlari Zarafshon daryosining suvni muhofaza qilish zonasidan olib chiqilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv resurslari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, shuningdek chiqindilarning davlat kadastrlarini takomillashtirishga va yuritishga doir ishlar faollashtirilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atmosfera havosining ifloslanish darajasini ifloslantiruvchi moddalarning ayrim ingrediyentlari boʻyicha pasaytirish choralari yetarli darajada samarali emas. Xususan, Angren shahrining atmosfera havosida ikkita ifloslantiruvchi modda boʻyicha sanitariya-gigiyena normalari oshib ketganligi kuzatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chirchiq daryosining nitritli azot bilan ifloslanishi oldingi yildagiga qaraganda 1,6 baravar oshgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Talko” DUK chiqindilarining salbiy taʼsiri natijasida Sariosiyo tumanida ftorli vodorod miqdori boʻyicha sanitariya normalari 1,2 baravar yuqori boʻlganligi kuzatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tozalash inshootlari ishining samaradorligini oshirish hamda kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish tadbirlarini amalga oshirish past surʼatlar bilan olib borilmoqda, shuningdek mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar yetarli emas. Xususan, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida, Sirdaryo viloyatining Farhod shaharchasida, Guliston, Yangiyer, Shirin shaharlarida, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida, Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Xonobod shaharlarida ahvol ana shunday.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasiga yangi texnologiyalar hamda innovatsiyalarni joriy etishga yoʻnaltiriladigan investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish sohasiga noanʼanaviy resurslarni va muqobil energiya manbalarini jalb qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralar yetarli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. Abdusamatovning Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarining vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarning 2013-yilda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi ishlari yetarli emasligi qayd etib oʻtilsin. Investitsiyalar jalb qilish yoʻli bilan sanoatda yuqori texnologik va zamonaviy obyektlar hamda quvvatlarni ishga tushirish, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish va ulardan qayta foydalanish yuzasidan koʻrilayotgan choralar samaradorligi kam boʻlmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va 2014-yilda ularga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (B. Abdusamatov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini samarali olib borish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakat dasturi va tegishli hududiy dasturlar tadbirlarining roʻyobga chiqarilishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshirish borasidagi, xususan, vakolatli davlat organlarining davlat ekologik nazorati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi ishni kuchaytirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida ekologik vaziyatning barqarorligini taʼminlash va undan samarali foydalanish boʻyicha 2008 — 2015-yillarga moʻljallangan harakatlar rejasi, 2014-yilda Oʻzbekiston Respublikasida baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar dasturi bajarilishining borishi ustidan tizimli monitoringni davom ettirsin, manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ularni oʻz vaqtida roʻyobga chiqarish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Talko” DUK chiqindilarining Surxondaryo viloyatining transchegaraviy tumanlari atrof muhitiga va qishloq xoʻjaligiga salbiy taʼsirini oʻrganish borasidagi ishlarni kuchaytirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida Zarafshon daryosining (Samarqand viloyati) va Sirdaryo daryosining (Sirdaryo viloyati) suvini muhofaza qilish zonasidan potensial ekologik xavfli obyektlarni olib chiqishni tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atmosfera havosining, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishini kuzatish natijalari boʻyicha ifloslanish darajasini sanitariya-gigiyena normalarigacha kamaytirish yuzasidan taʼsirchan choralar amalga oshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda resurslarni tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz texnologiyalarni qoʻllash, chiqindilarni xoʻjalik aylanmasiga kiritish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish borasidagi tadbirlarni amalga oshirishda saʼy-harakatlarni faollashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan va Toshkent viloyatlaridagi sobiq konlar hududida ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish boʻyicha tadbirlarni davom ettirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha sanoat tarmoqlarida va ijtimoiy ahamiyatli obyektlarda noanʼanaviy resurslarni hamda muqobil energiya manbalarini joriy etish boʻyicha tadbirlarni faol amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga inson salomatligi uchun atrof muhitning sifatini yaxshilash hamda ekotizimning holatini barqarorlashtirish boʻyicha choralarni amalga oshirishda yordam bersin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik muammolarni hal qilish borasida xalqaro tashkilotlar bilan har tomonlama hamkorlik boʻyicha ishni kuchaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman hamda shahar Kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar, tuman hamda shahar hokimliklari tegishincha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atmosfera havosining, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishini kuzatish natijalari boʻyicha ifloslanish darajasini sanitariya-gigiyena normalarigacha pasaytirish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha choralar koʻrish maqsadida atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari, tabiatni muhofaza qilish dasturlari ijro etilishini vaqti-vaqti bilan oʻrganib borsin hamda oʻrganish natijalarini sessiyalarda muhokama qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soha qoʻmitalari va komissiyalari majlislarida 2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha tegishli hududiy harakat dasturlarini, ayniqsa 2014-yilga nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish yakunlari muhokama qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xalq deputatlari Samarqand va Sirdaryo viloyat Kengashlari hamda Samarqand va Sirdaryo viloyat hokimliklari tegishincha Zarafshon va Sirdaryo daryolarining suvini muhofaza qilish zonalaridan potensial ekologik xavfli obyektlarni olib chiqish boʻyicha ishlarni tugallasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (B. Abdusamatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman hamda shahar Kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Qarorni ijro etishning borishi toʻgʻrisida 2015-yilning 15-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (X. Razzakov) zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 11-aprel.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SQ-427-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 4-son, 109-modda)