Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.07.2008 30.08.2001 yildagi 262-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.2001 yildagi 262-II-son
Date of entry into force
19.09.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.07.2008
Hujjat 19.09.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QIMMATLI qOgʻOZLAR BOZORIDA INVESTORLARNING hUqUqLARINI hIMOYA qILISh TOʻgʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi investorlarning huquqlarini taʼminlash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat boʻlib, emissiya jarayonidan hamda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkaziladigan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlar ularning investitsiyalash obyekti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun banklar, boshqa kredit va sugʻurta tashkilotlari tomonidan jamgʻarmalarga pul mablagʻlarini jalb etish bilan, depozit sertifikatlar, veksellar va qonun hujjatlariga muvofiq emissiya jarayonidan oʻtkazilmaydigan boshqa qimmatli qogʻozlar muomalasi bilan bogʻliq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investorlar qimmatli qogʻozlar bozorida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emitentdan qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, emitentning joriy moliyaviy holati va uning rivojlanish istiqbollari haqidagi axborotni taqdim etishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida ularga oʻz xizmatlarini taklif etuvchi investitsiya institutlaridan ushbu Qonunning 6-moddasiga muvofiq ular toʻgʻrisidagi, shuningdek qimmatli qogʻozlarning fond birjasidagi savdolarini va birjadan tashqari savdosini oʻtkazish qoidalari haqidagi axborotni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul va boshqa toʻlov mablagʻlari, mol-mulki bilan, shuningdek pul qiymatiga ega boʻlgan huquqlari (shu jumladan, mulkiy huquqlar) asosida qonun hujjatlarida va emitentning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlarga investitsiyalar qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozoridagi oʻz tavakkallarini sugʻurtalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organidan investitsiya institutlari va ularning birlashmalari toʻgʻrisida, qimmatli qogʻozlar emissiyasini toʻxtatib qoʻyishga, qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatga doir litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, tugatish va bekor qilishga doir barcha holatlar, investitsiya institutlari va emitentlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining daʼvo arizalari boʻyicha emitentlar yoki investitsiya institutlariga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari haqida axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga emitentlar yoki investitsiya institutlari tomonidan ularning huquqlari buzilayotganligi toʻgʻrisidagi shikoyatlar bilan murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fond birjasi aʼzolari, uning mansabdor shaxslari va mutaxassislari tomonidan huquqlari buzilgan taqdirda fond birjasiga shikoyatlar bilan murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida huquqlari buzilganligi va yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlarning birlashmalari orqali oʻz huquqlarini himoya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investorlar qimmatli qogʻozlar bozorida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Investorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qimmatli qogʻozlar bozoridagi cheklashlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qimmatli qogʻozlar bozorida quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan, shuningdek emissiyasi toʻxtatib qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishi, ularni reklama qilish va taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlar bilan ularning qimmatli qogʻozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini cheklaydigan shartnomalarni tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya institutlari va fond birjasi tomonidan kasbiy faoliyatni tegishli litsenziyalarsiz amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlarning egasi oʻziga tegishli qimmatli qogʻozlarning qiymati toʻliq toʻlanguniga qadar ularga doir bitimlar tuzishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Emitentlarning investorlarga axborot taqdim etishga doir majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Emitent qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi toʻgʻrisidagi (qimmatli qogʻozlar chiqarilgani davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani, investorlarni qimmatli qogʻozlar emissiyasi prospekti bilan tanishtirish joyi va tartibi toʻgʻrisidagi) maʼlumotlarni ushbu qimmatli qogʻozlarning emissiyasi boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida eʼlon qiladi, shuningdek qimmatli qogʻozlar emissiyasi shartlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni bu oʻzgarishlar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz qimmatli qogʻozlari qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻlgan emitentlar investorlarga qimmatli qogʻozlarning emissiyasi prospekti bilan, oʻzlarining oʻtgan ikki yildagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi (agar bunday faoliyat amalga oshirilgan boʻlsa) yillik hisobotlari bilan, ilgari oʻzlari chiqargan qimmatli qogʻozlar haqidagi axborot bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Emitent qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda investorlarga boshqa axborotni ham taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Emitent ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni yozma shaklda investorga taqdim etganlik uchun undan nusxa koʻchirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Investitsiya institutlarining investorlarga axborot taqdim etishga doir majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investorning talabiga binoan unga qimmatli qogʻozlar bozorida oʻz xizmatlarini taklif etayotgan investitsiya instituti quyidagi hujjatlar va axborotni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya institutining yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya institutining ustav kapitali, oʻz mablagʻlarining miqdori va zaxira fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undan investor sotib oladigan yoki investorning topshirigʻiga koʻra u sotib oladigan qimmatli qogʻozlar chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va bu chiqarilishning roʻyxatdan oʻtkazilish raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undan investor sotib oladigan yoki investorning topshirigʻiga koʻra u sotib oladigan qimmatli qogʻozlarning emissiyasi prospektida bayon etilgan maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undan investor sotib oladigan, investorning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi yoki qimmatli qogʻozlar sotilayotganda investor sotib oladigan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi hamda investor tomonidan axborot taqdim etish haqida talab qoʻyilgan sanadan oldingi olti hafta davomida qimmatli qogʻozlarga boʻlgan narxlarni belgilash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undan investor sotib oladigan, investorning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi yoki qimmatli qogʻozlar sotilayotganda investor sotib oladigan, investor tomonidan axborot taqdim etish haqida talab qoʻyilgan sanadan oldingi olti hafta davomida u sotib olgan va sotgan qimmatli qogʻozlarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoxud bunday operatsiyalar oʻtkazilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada qayd etilgan muddatlarda investorlarning manfaatlarini koʻzlab, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan bitimlarning natijalari boʻyicha hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya instituti yilning bir choragi davomida bir emitentning bir turdagi qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalarni hamda bir emitentning bir turdagi qimmatli qogʻozlari bilan bir marotabalik operatsiyani amalga oshirgan hollarda, basharti bu operatsiya boʻyicha qimmatli qogʻozlarning soni mazkur qimmatli qogʻozlar umumiy sonining kamida oʻn besh foizini tashkil etgan boʻlsa, oʻzi qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya instituti investorlarni ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni olishga haqli ekanliklaridan xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya instituti ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni yozma shaklda investorga taqdim etganlik uchun undan nusxa koʻchirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Qimmatli qogʻozlar bilan tuziladigan bitimlarning hamda investorlar mablagʻlarining hisobini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya instituti investorlar ishtirokida qimmatli qogʻozlar bilan oʻzi tuzadigan barcha bitimlarning hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya instituti tomonidan qimmatli qogʻozlarning hamda investorlar mablagʻlarining hisobini yuritish uning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobidan alohida tarzda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Emitentlar va investitsiya institutlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Emitentlar va investitsiya institutlari investor oldida yetkazilgan zarar doirasida qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar uchun mulkiy javobgar boʻladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorning talabiga binoan qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan axborotni taqdim etmaganlik yoxud haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan axborotni taqdim etganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli qogʻozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalada boʻlishi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qogʻozlarning reklamasi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ular investorlar bilan qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarini hamda emitentlar va qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilarining javobgarligini cheklaydigan shartnomalarni tuzganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan hiyla-nayrang ishlatish faktlari va qimmatli qogʻozlar bozoridagi boshqa qoidabuzarliklar, shuningdek qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlarning emitentlari, qimmatli qogʻozlarga doir narxlar toʻgʻrisida, shu jumladan reklamada qasddan buzib koʻrsatilgan axborotni taqdim etish yoʻli bilan investorlarni qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga daʼvat qilganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada qayd etilganidan farq qiladigan shartlarda bitim tuzganlik uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilishga doir huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlarning, shuningdek davlatning manfaatlarini himoya qilib daʼvo arizalari bilan sudga murojaat etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlarning huquqlarini buzgan yoki oʻz harakatlari bilan investorlarning huquqlari buzilishiga tahdid soluvchi investitsiya institutlariga qimmatli qogʻozlar bozorida ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni oʻz vakolatlari doirasida taqiqlash yoki olti oy muddatga qadar cheklab qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlat organlaridan qimmatli qogʻozlar bozorida investorlar huquqlarining buzilganligi faktlarini oʻrganish uchun zarur boʻlgan, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilariga taalluqli maʼlumotlar va materiallarni soʻrovlar asosida olish, shuningdek mazkur faktlarni birgalikda oʻrganib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sudga daʼvo bilan murojaat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasidagi koʻrsatmalari emitentlar, investitsiya institutlari va ularning mansabdor shaxslari ijro etishlari uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilishga doir majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) investorlarni ommaviy axborot vositalari va (yoki) oʻzi yaratgan elektron axborot-maʼlumot tizimlari orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlarning roʻyxatga olingan chiqarilishi toʻgʻrisida hamda emissiyasi va muomalada boʻlishi toʻxtatib qoʻyilgan (qayta tiklangan) qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fond birjasiga birja faoliyatini amalga oshirish uchun, investitsiya institutlariga qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar berilganligi toʻgʻrisida, amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan yoki tugatilgan litsenziyalar toʻgʻrisida, shuningdek toʻxtatib qoʻyilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishining sabablari koʻrsatilib, bekor qilingan litsenziyalar toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun javobgarlik choralari qoʻllanilgan emitentlar, investitsiya institutlari, mansabdor shaxslar hamda ularga nisbatan qoʻllanilgan javobgarlik chora turlari toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning daʼvo arizalari boʻyicha chiqarilgan sud qarorlaridan xabardor qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining murojaatlarini koʻrib chiqish hamda investorlarning huquqlari buzilganligi faktlari aniqlanganda tekshiruvlar oʻtkazish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) davlat organlaridan va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilaridan investorlarning huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishga majburdir, axborotni uchinchi shaxslarga oshkor etilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni yozma shaklda investorga taqdim etganlik uchun undan nusxa koʻchirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Investorlarning shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qimmatli qogʻozlar bozorida investorlar huquqlarining buzilishi masalalari yuzasidan shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi hamda koʻrib chiqish natijalari haqida bir oydan kechiktirmay arizachini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fond birjasi birja savdolarida qatnashayotgan investitsiya institutlari, birja savdolarining mansabdor shaxslari va mutaxassislari xatti-harakatlari ustidan tushgan investorlarning shikoyat va arizalarini birja savdolari qoidalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investorlarning shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan fond birjasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoidabuzarga nisbatan birja savdolari qoidalarida belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoidabuzarga investorga yetkazilgan zararlarni qoplashni tavsiya etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya institutini oʻz aʼzolari safidan chiqarish va unga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishni soʻrab qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fond birjasi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining talabiga binoan investorlarning shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Nizolarni hal qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
262-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 173-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 41-son, 405-modda)