06.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2749
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 06.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2749
Date of entry into force
11.01.2016
Hujjat 11.01.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 6-yanvarda 2749-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 234-son “Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2015-yil 16-dekabr,

20-son

Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 16-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 16-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 16-dekabrdagi 20, 39 va 105-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 234-son “Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolarning roʻyxatini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar quyidagi hujjatlar asosida Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga (bundan buyon matnda Fuqarolar roʻyxati deb yuritiladi) kiritiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy guvohnoma (harbiy bileti) nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya guvohnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligini tasdiqlovchi arxiv muassasalari tomonidan berilgan hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda fuqarolik pasporti, harbiy guvohnoma (harbiy bilet) va pensiya guvohnomasi nusxalari mudofaa ishlari boʻlimlariga fuqaro tomonidan topshiriladi. Fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjat esa (arxiv muassasalari tomonidan berilgan maʼlumotnoma) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan tegishli arxiv muassasalaridan, zarur hollarda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning tegishli organlaridan rasmiy ravishda olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fuqaro vafot etganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash uchun chiqib ketganda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda Fuqarolar roʻyxatidan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Fuqarolar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha ishlarni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqarolar roʻyxatini shakllantirishni tashkil etishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mudofaa ishlari boʻlimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qiladi va oʻrganib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjatni tegishli organlardan soʻrab oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlarni, zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, tegishli mudofaa ishlari boshqarmalariga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan shaxsga imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma rasmiylashtirib beradi, Fuqarolar roʻyxatidan chiqarilgan shaxsning imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomasi qaytarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan fuqarolar hisobini tegishli hudud boʻyicha yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mudofaa ishlari boshqarmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-yanvarga qadar mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlarni, zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan yuborilgan, Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qarorni tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga yetkazilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar oʻrtasida muntazam ravishda bunday shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ulardan foydalanish tartibi va boshqa muhim masalalarni tushuntirish boʻyicha ishlar olib borilishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-fevralga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, umumlashtiradi hamda ular asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qarori loyihasini tayyorlaydi va uning belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qaror kuchga kirgandan soʻng, uni 2 kun ichida mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 15-dekabrga qadar mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda boʻlimda hisobda turgan Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan vafot etgan shaxslar haqidagi maʼlumotni tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ichki ishlar organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash uchun chiqib ketgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan shaxslar boʻyicha maʼlumotni tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fuqarolar roʻyxatiga kiritish va/yoki undan chiqarish uchun asos boʻlgan hujjatlar Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qaror kuchga kirgandan soʻng, saqlash uchun belgilangan tartibda tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hujjatlarni oʻrganish mobaynida fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligi tasdiqlanmagan taqdirda, uni Fuqarolar roʻyxatiga kiritish rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomalarni rasmiylashtirib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qarori kuchga kirgandan soʻng, u 2 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligiga, shuningdek mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mudofaa ishlari boʻlimlari yuborilgan qarorga asosan 10 kun ichida Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarga imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomalarni rasmiylashtirib beradi, Fuqarolar roʻyxatidan chiqarilgan fuqarolarga berilgan guvohnomalarning qaytarilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomadan faqat oʻz nomiga guvohnoma rasmiylashtirib berilgan fuqaro foydalanadi va u shaxs Fuqarolar roʻyxatidan chiqarilgunga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma oʻrniga uning egasining arizasiga koʻra 10 kun ichida tegishli mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan guvohnomaning dublikati rasmiylashtirib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnoma dublikati yangi blankada uning yuqori oʻng burchagida “Dublikat” deb yozilgan holda guvohnomaning aslida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaroqsiz holga kelgan guvohnomaning dublikati rasmiylashtirib berilganda, yaroqsiz holga kelgan guvohnoma tegishli mudofaa ishlari boʻlimiga qaytariladi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Shaxs Fuqarolar roʻyxatiga kiritilganda yoki uni Fuqarolar roʻyxatiga kiritish rad etilganda, u bu haqda tegishli mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan yozma ravishda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fuqaro oʻzining Fuqarolar roʻyxatiga kiritish boʻyicha murojaatini qabul qilish va koʻrib chiqish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

N A M U N A‎

________________ viloyati
‎mudofaa ishlari boshqarmasiga ‎

‎‎Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan
‎Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga kiritilishi va/yoki undan chiqarilishi lozim boʻlgan shaxslar haqida
‎__________________ viloyati _______________ tumani boʻyicha
‎MAʼLUMOT

T/r‎

Fuqaroning F.I.O.‎

Tugʻilgan yili‎

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎(undan chiqarish) sababini
‎tasdiqlovchi hujjat
‎va uning rekvizitlari‎

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎va/yoki chiqarish uchun asos
‎boʻlgan normativ-huquqiy hujjat‎

‎‎Fuqarolar roʻyxatiga kiritiladigan shaxslar

1.‎

...‎

‎‎Fuqarolar roʻyxatidan chiqariladigan shaxslar

1.‎

...‎

‎‎
‎_________________ tumani mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi

___________________________
‎(harbiy unvoni va familiyasi)‎

________________
‎(imzo) ‎

‎M.Oʻ.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA

‎‎Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan fuqarolarning hisobini yuritish
‎ JURNALI

T/r‎

Fuqaroning F.I.O.‎

Tugʻilgan yili‎

Yashash manzili‎

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎uchun asos boʻlgan
‎normativ-huquqiy hujjat‎

Fuqaroga berilgan guvohnomaning
‎ seriyasi va tartib raqami ‎

Fuqarolar roʻyxatidan chiqarish
‎uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy
‎hujjat‎

Izoh‎

1.‎

2‎.

...‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Mudofaa vazirligi Bosh shtabi
‎Tashkiliy-safarbarlik bosh
‎boshqarmasiga

Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan
‎Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga kiritilishi va/yoki undan chiqarilishi lozim boʻlgan shaxslar haqida
‎__________________ viloyati boʻyicha
‎MAʼLUMOT

T/r‎

Fuqaroning F.I.O.‎

Tugʻilgan yili‎

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎(undan chiqarish) sababini
‎tasdiqlovchi hujjat
‎va uning rekvizitlari‎

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎va/yoki chiqarish uchun asos
‎boʻlgan normativ-huquqiy hujjat‎

‎‎Fuqarolar roʻyxatiga kiritiladigan shaxslar

1.‎

...‎

‎‎Fuqarolar roʻyxatidan chiqariladigan shaxslar

1.‎

...‎

‎‎
‎_________________ viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi

___________________________
‎(harbiy unvoni va familiyasi)‎

________________
‎(imzo) ‎

‎M.Oʻ.‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

N A M U N A‎

________________ viloyati
‎mudofaa ishlari boshqarmasiga ‎

20___ yil 1-yanvar — 15-dekabr mobaynida vafot etganligi sababli yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan,
‎Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatidan chiqarilishi lozim boʻlgan shaxslar haqida
‎__________________ viloyati _______________ tumani boʻyicha
‎MAʼLUMOT

T/r‎

Fuqaroning F.I.O.‎

Tugʻilgan yili‎

Fuqaroning vafot etganligini
‎tasdiqlovchi hujjat va
‎uning rekvizitlari

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎uchun asos boʻlgan
‎normativ-huquqiy hujjat

1.‎

2.‎

...‎

‎Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
‎budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining
‎ ______________ viloyati ____________ tuman
‎boʻlimi boshligʻi ‎ qqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqq M.Oʻ.

‎‎
‎___________________
‎‎(imzo) ‎‎

‎‎

‎____________________________
(F.I.O.)‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 9-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 30.09.2021-y., 10/21/2749-1/0917-son; 01.06.2023-y., 10/23/2749-2/0314-son)