Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2002 09.12.1992 yildagi 732-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 09.12.1992 yildagi 732-XII-son
Date of entry into force
19.01.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2002
Hujjat 20.01.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekicton Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XOʻJALIK JAMIYATLARI VA ShIRKATLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 6-dekabrdagi 311-II-sonli “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarini tashkil etish hamda ular faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xoʻjalik yoki tadbirkorlik faoliyatini yuritish maqsadida yuridik shaxslarning, yuridik shaxslar bilan jismoniy shaxslarning hamda jismoniy shaxslarning oʻrtasida oʻz hissalarini va mol-mulkini birlashtirish asosida oʻzaro ixtiyoriy kelishuviga muvofiq tuziladigan korxonalar xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyali jamiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq va kommandit xoʻjalik shirkatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari korxonalarning xoʻjalik assotsiatsiyasiga: ittifoq, konsern, konsorsium, korporatsiya va boshqa uyushmalarga birlashishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari yuridik shaxs hisoblanib, ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari va taʼsis hujjatlari asosida ish olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining muassislari taʼsis hujjatlarida faoliyatlarining asosiy turlarinigina sanab oʻtishga haqlidirlar. Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari qonun hujjatlarida man etilmagan hamda taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamiyatlar va shirkatlar tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solinadi.
(1-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2--son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, tashkil etish va ularning faoliyat tartibi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
(1-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuni bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Jamiyat va shirkat qatnashchilarining tarkibi va vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Boshlangʻich ustav fondi shakllantiradigan qatnashchilar jamiyatning va shirkatning muassislari hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat qatnashchisi boʻlgan korxonalar (tashkilotlar) yuridik shaxs maqomini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati idoralarining jamiyatlar va shirkatlar faoliyatida ishtirok etishi man qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi idoralari qonunlarda berib qoʻyilgan vakolatlar doirasida davlat mulkini idora etish boʻyicha jamiyat va shirkat qatnashchisi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatlarda va shirkatlarda ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishining oʻziga xos jihatlari amaldagi qonunlarga binoan belgilanadi.
(2-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2--son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamiyat va shirkat qatnashchilari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlarida belgilanadigan tartibda jamiyat va shirkat ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat va shirkat faoliyatidan tushadigan oʻzlariga tegishli foydani (dividendni) pul bilan ifodalangan holda ham, natural holda ham olish. Davlat boshqaruv idorasi boʻlmish jamiyat va shirkat qatnashchisiga tegishli foydaning (dividendning) bir qismi u tomonidan oʻzining ijtimoiy taraqqiyotiga hamda ushbu jamiyatni boshqarish bilan bogʻliq maqsadlarga ishlatilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlarida belgilanadigan tartibda jamiyat va shirkat faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan voqif boʻlish, shu jumladan buxgalterlik hisob-kitobi va hisoboti hamda oʻzga hujjatlar bilan tanishib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda jamiyat va shirkat tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat va shirkat qatnashchilari shu jamiyat va shirkat ishlab chiqarayotgan (koʻrsatayotgan) mahsulotni (xizmatni) olishda ustun huquqga, qonunlarda va taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga huquqlarga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamiyat va shirkat qatnashchilari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat va shirkat taʼsis hujjatlarining qoidalariga rioya etishlari, jamiyat va shirkatning umumiy yigʻilishi va boshqa boshqaruv idoralari qarorlarini bajarishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdor va usullarda ulush qoʻshishlari (aksiyalar haqini toʻlashlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat siridan iborat boʻlmish jamiyat va shirkat faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilmasliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ado etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shirkat (jamiyat) qatnashchilari jamiyat ishlab chiqaradigan mahsulotni olishda (xizmatlardan foydalanishda) ustun huquqqa ega boʻlishlari mumkin, ular zimmasida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Jamiyat va shirkatning taʼsis hujjatlari, ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Taʼsis shartnomasi va ustav xoʻjalik jamiyatlarining taʼsis hujjatlari hisoblanadi. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat taʼsis shartnomasi va ustav asosida ish yuritadi. Toʻliq va kommandit shirkatlar taʼsis shartnomasi asosida tuziladi va ish yuritadi.
(3-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Taʼsis shartnomasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis etilayotgan jamiyat va shirkat turi, ularning faoliyat sohasi, maqsadlari va muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchilar (muassislar) tarkibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis etilayotgan jamiyat va shirkatning firma nomi hamda uning joylashgan eri (pochta manzili);
(3-moddaning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondining miqdori va uni hosil qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlarni (foydani), dividendlarni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlarga zid kelmaydigan boshqa shartlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamiyat ustavda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
firma nomi va joylashgan eri (pochta manzili);
(3-moddaning 3-bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat sohasi, maqsadlari va muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondining miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir qatnashchiga tegishli ulush miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ular qoʻshadigan hissaning miqdori, tarkibi, qoʻshish muddatlari va tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondini oshirish yoki kamaytirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqarilayotgan aksiyalarining turiga, nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning oʻzaro nisbati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlarni (foydani), dividendlarni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira fondlarni va oʻzga fondlarni hosil qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulushlarning egalarini oʻzgartirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatni boshqarish tuzilmasi, ijrochi va nazorat idoralari aʼzolarining soni, ularni saylash tartibi, ularning huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchilar yigʻilishining vakolatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat faoliyatining xususiyatiga koʻra zarur boʻlgan oʻzga maʼlumotlar aks ettirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamiyat va shirkat Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — 1998-y., 9-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlarini, ularning emissiyalariga doir maʼlumotnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek aksiyalarini chiqarish va joylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(3-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Jamiyat va shirkatning mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shirkat va jamiyat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislar va qatnashchilar tomonidan uning egaligiga berilgan mol-mulkning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyati natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan daromadlarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlarda taqiqlanmagan asoslarga koʻra sotib olingan oʻzga mol-mulkning egasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlatning mol-mulki asosida tuzilgan xoʻjalik jamiyati, shirkati tegishli orderni vakolatli organdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olgan daqiqadan eʼtiboran mulkdor huquqiga ega boʻladi.
(4-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamiyat va shirkat amaldagi qonunlarga muvofiq tarzda qimmatli qogʻozlar chiqarish va ulardan daromad olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamiyat va shirkat qatnashchisining qoʻshadigan hissasi binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, oʻzga moddiy boyliklardan, qimmatli qogʻozlardan, er, suv va oʻzga tabiiy boyliklardan, binolar, inshootlar va asbob-uskunalardan foydalanish huquqidan, shuningdek oʻzga mulkiy va mulkka oid boʻlmagan huquqlardan, pul mablagʻlaridan iborat boʻlishi mumkin. Qoʻshilayotgan mol-mulkning qiymati jamiyat qatnashchilarining birgalikdagi qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tuzilayotgan davlat korxonasi (tashkiloti)ning mol-mulkini baholash qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Pul koʻrinishida baholangan, ustav fondiga qoʻshilgan hissa qatnashchining ustav fondidagi ulushini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qatnashchi mol-mulkini jamiyatga faqat foydalanish uchun oʻtkazgan hollarda qatnashchi hissasining miqdori hamda mos ravishda uning ulushi, basharti taʼsis hujjatlarida oʻzga hol qayd etilmagan boʻlsa, jamiyat va shirkatning taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan butun faoliyat muddati uchun yoki qatnashchilar tomonidan belgilangan oʻzga muddat uchun ana shu mol-mulkdan foydalanganlik evaziga ijara haqi eʼtiborga olingan holda hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Davlat korxonalarini xoʻjalik jamiyatlariga va shirkatlariga aylantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat korxonasini xoʻjalik jamiyati va shirkatga aylantirish hamda shu xususida qaror qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonaning yuridik shaxs hisoblanmaydigan tarmoq boʻlinmasini xoʻjalik jamiyatiga va shirkatiga aylantirish mulkdorning yoki u vakil qilgan idoraning roziligiga binoan, ularni oldindan mustaqil davlat korxonasiga aylantirmay turib amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Jamiyat va shirkat faoliyatini toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat va shirkat faoliyati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u tuzilayotganida moʻljal qilingan muddat tugaganda yoki uni tuzishdan koʻzlangan maqsadga erishilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u singanda yoxud qonunlarni surunkasiga yoki qoʻpol ravishda buzgan hollarda tegishli sudning qaroriga asosan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat va shirkatni boshqarish oliy idorasining qaroriga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularni tugatilgan va qoʻshib yuborish, birlashtirish, ajratish, boʻlish yoki qayta tuzish yoʻli bilan qayta tashkil etilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlarida va amaldagi qonunlarda koʻzda tutilgan boshqa asoslarga koʻra toʻxtatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat va shirkatni tugatish hamda qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Nizolarni qarab chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat va shirkatlarning oʻzaro, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamda chet el yuridik shaxslari va fuqarolar bilan nizolari qonunlarda belgilangan tartibda sud, xoʻjalik sudi va xolislar sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BOʻLIM. MASʼULIYATI ChEKLANGAN YOKI QOʻShIMChA MASʼULIYATLI JAMIYAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Miqdori taʼsis hujjatlarida belgilab beriladigan ulushlarga boʻlingan ustav fondi bor hamda majburiyatlar yuzasidan oʻz mol-mulki doirasidagina javobgar boʻlgan jamiyat masʼuliyati cheklangan jamiyat deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat qatnashchilari qoʻshgan hissalari doirasida javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Miqdori taʼsis hujjatlarida belgilab berilgan ulushlarga boʻlingan ustav fondi bor jamiyat qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat deb eʼtirof etiladi. Bunday jamiyatning mol-mulki kamlik qilgan taqdirda jamiyat qatnashchilari uning majburiyatlari yuzasidan oʻz mol-mulklari bilan ham, barcha qatnashchilar uchun teng miqdorda, qoʻshgan hissalariga monand summada javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning ustav fondi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatda ustav fondi tuzilib, uning miqdori eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan kam boʻlmasligi kerak.
(17-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ustav fondini taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati, basharti qonun hujjatlarida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi lozim.
(17-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtadigan paytgacha qatnashchilarning har biri taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan hissaning kamida oʻttiz foizini kiritishi shart, bu bank muassasalari bergan hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatnashchi oʻz hissasini jamiyat roʻyxatdan oʻtganidan keyin bir yil ichida toʻliq qoʻshishi shart. Ushbu majburiyat belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda qatnashchi, basharti taʼsis hujjatlarida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, muddati oʻtkazib yuborilgan vaqt uchun toʻlanmagan summadan olinadigan yillik daromadning yigirma besh foizini toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning oʻz hissasini toʻliq toʻlagan qatnashchisiga guvohnoma beriladi, bu guvohnoma qimmatbaho qogʻozlar jumlasiga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hissa sifatida kiritilgan mol-mulk qiymatining oʻzgarishi va taʼsis hujjatlarida belgilangan hollarda jamiyat yuqori idorasining qaroriga binoan qatnashchilar tomonidan kiritilgan qoʻshimcha badallar jamiyatning ustav fondidagi ulushlari miqdoriga taʼsir etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning qatnashchilari qolgan qatnashchilarning roziligi bilan oʻz ulushini (ulushning bir qismini) shu jamiyatning bir yoki bir necha qatnashchisiga yoxud uchinchi shaxslarga berishi mumkin. Jamiyat qatnashchilari ana shu ulushni (uning bir qismini) jamiyat ustav fondidagi oʻz ulushlariga mutanosib tarzda sotib olishda ustuvor huquqdan foydalanadilar. Ulushni (uning bir qismini) jamiyat qatnashchilarining manfaatlari qanoatlantirilganidan keyingina uchinchi shaxslarga berish mumkin boʻladi. Bunday hollarda uchinchi shaxs uning huquqiy vorisiga aylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qatnashchining ulushini u hissasini toʻliq kiritib boʻlganidan keyingina jamiyatning oʻzi sotib olishi mumkin. Bunday hollarda jamiyat ulushni boshqa qatnashchilarga yoki uchinchi shaxsga uzogʻi bilan bir yil muddatga berishi shart. Ana shu davr mobaynida foydani taqsimlash, shuningdek yuqori idorada ovoz berish va kvorumni aniqlash jamiyat tomonidan sotib olingan ulush nazarda tutilmagan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qatnashchi masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tarkibidan chiqqan taqdirda unga ustav fondidagi ulushiga munosib tarzda jamiyat mol-mulki bir qismining qiymati toʻlanadi. Jamiyatdan chiqqan qatnashchiga u jamiyatdan chiqquniga qadar jamiyat oʻsha yili orttirgan foydaning unga tegishli qismi toʻlanadi. Qatnashchi jamiyatga faqat foydalanish uchungina bergan mol-mulk natura holida, eskirib ishdan chiqishini inobatga olgan holda, mukofotsiz qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning qatnashchisi boʻlmish yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda yoki jamiyat qatnashchisi boʻlmish fuqaro vafot etgan hollarda jamiyatning roziligi bilan huquqiy vorislar (merosxoʻrlar) jamiyatga kirishlari mumkin. Huquqiy voris (merosxoʻr) jamiyatga kirishdan bosh tortgan yoki jamiyat huquqiy vorisni (merosxoʻrni) oʻz tarkibiga qabul qilishni rad etgan hollarda unga mol-mulkdagi ulushi pul yoki natura shaklida beriladi, bu ulushning yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki qatnashchi vafot etgan kundagi qiymati hisoblab chiqiladi. Bunday hollarda jamiyatning ustav fondi miqdori kamaytirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning oʻz ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisidagi qarori, ana shu haqda belgilangan tartibda eʼlon qilinganidan soʻng kamida 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamiyat qatnashchisining shaxsiy majburiyatlari yuzasidan jarimani uning ulushiga qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻz qarzlarini qoplash uchun qatnashchining mol-mulki yetmagan hollarda qarz beruvchilar qarzdor-qatnashchining ulushi ajratib berilishini talab qilishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning boshqaruv idoralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning yuqori boshqaruv idorasi qatnashchilar yigʻilishidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat qatnashchisi qatnashchilar yigʻilishidagi oʻz vakolatini boshqa qatnashchiga yoki boshqa qatnashchining vakiliga berishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatnashchilar ustav fondidagi oʻz ulushlarining miqdoriga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Umumiy yigʻilishning mutlaq vakolatiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, uning rejalarini va ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning ustavini oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijroiya organi va taftish komissiyasi aʼzolarini saylash, chaqirib olish hamda ularning faoliyat yuritishi tartibini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat, shu jumladan uning filiallari faoliyatining yillik natijalarini, shuningdek taftish komissiyasining hisobot va xulosalarini, daromadni (foydani) taqsimlash va zararni qoplash tartibini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filiallar va vakolatxonalarni tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni (ustavlarni) tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatni boshqarish organlarining mansabdor shaxslarini mulkiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning tartib-taomil qoidalarini va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlash, jamiyatning tashkiliy tuzilishini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondini oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatni, uning filiallarini va vakolatxonalarini boshqarish organlari mansabdor shaxslarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash, tugatish balansini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchilar tomonidan qoʻshimcha badallar qoʻshish miqdori, shakli va tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchining ulushini jamiyat tomonidan sotib olish toʻgʻrisidagi masalani hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchini jamiyatdan chiqarib yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning ustavida umumiy yigʻilishning mutlaq vakolatiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, uning rejalarni va rejalarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash, jamiyat ustavini, ustav fondini oʻzgartirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar jamiyat qatnashchilarining toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik ovoz bilan, qolgan masalalar yuzasidan esa oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatnashchini jamiyat chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish chogʻida bu qatnashchi yoki uning vakili ovoz berishda ishtirok etmaydi.
(18-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning istalgan qatnashchisi qatnashchilar yigʻilishida masalani qarab chiqishni bu masalani yigʻilish boshlanishidan kamida yigirma besh kun avval koʻtargan boʻlsagina, talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat qatnashchilarining yigʻilishi har yili kamida ikki marta chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshib hisoblaganda ovozlarning yigirma foizidan koʻprogʻiga ega boʻlgan jamiyat qatnashchilari istalgan paytda va har qanday sababga koʻra navbatdan tashqari yigʻilish chaqirilishini talab qilishga haqlidirlar. Agar jamiyat raisi ushbu talabni yigirma kun mobaynida bajarmasa, ularning oʻzlari qatnashchilarning yigʻilishini chaqirishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatda hayʼat yoʻsinidagi (maʼmuriyat) yoki yakkaboshchilik tarzidagi (direktor) ijroiya idorasi tuziladi, u jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qiladi. Jamiyat ijroiya idorasi qatnashchilarning yigʻilishiga hisobot berib turadi va uning qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat maʼmuriyati (direktori)ning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish komissiyasi nazorat qilib boradi, taftish komissiyasini jamiyat qatnashchilarining yigʻilishi qatnashchilar orasidan taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tarkibda tuzadi. Maʼmuriyat aʼzolari (direktor) taftish komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Taftish komissiyasi jamiyatning mansabdor shaxslaridan oʻzi uchun zarur materiallarni, buxgalterlik yoki oʻzga xil hujjatlarni hamda shaxsiy izohnomalarni talab qilib olishga haqlidir. Taftish komissiyasining aʼzolari jamiyat ijroiya idorasining majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Taftish komissiyasi oʻzi oʻtkazgan tekshiruv natijalarini jamiyat ijroiya idorasiga va jamiyat yigʻilishiga yoʻllaydi. Taftish komissiyasi yillik hisobotlar va balanslar yuzasidan oʻz xulosasini beradi. Jamiyat qatnashchilarining yigʻilishi jamiyat balansini ana shunday xulosasiz tasdiqlashi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Taftish komissiyasi, basharti jamiyatning muhim manfaatlari uchun xavf yuzaga kelgan yoki jamiyatning mansabdor shaxslari suiisteʼmolliklar qilganligi aniqlangan taqdirda, qatnashchilarning navbatdan tashqari yigʻilishini chaqirishni talab qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BOʻLIM. XOʻJALIK ShIRKATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Toʻliq va kommandit xoʻjalik shirkatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xoʻjalik shirkati — bu shaxslarning birlashmasi boʻlib, unda qatnashchilar mulkiy badallar bilangina emas, balki shaxsiy faoliyatlari bilan ham ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shirkatlari toʻliq va kommandit shirkatlarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Barcha qatnashchilari birgalikda tadbirkorlik faoliyati olib boradigan hamda shirkat majburiyatlari yuzasidan oʻzlariga tegishli bor mul-mulk bilan birdamlikda javobgar boʻladigan xoʻjalik shirkatlari toʻliq xoʻjalik shirkatlari deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shirkatning majburiyatlari yuzasidan oʻzining butun mol-mulki bilan javobgar boʻladigan bir yoki undan ortiq qatnashchilari bilan bir qatorda javobgarligi ular qoʻshgan hissalar summasi doirasidagina cheklanadigan bir yoki bir necha qatnashchi (kommanditistlar) boʻlgan xoʻjalik shirkati kommandit (aralash) shirkat deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kommandit shirkatda toʻliq masʼuliyat bilan ikki yoki undan ortiq qatnashchi ishtirok etayotgan boʻlsa, bu qatnashchilar shirkatning qarzlari yuzasidan birgalikda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Taʼsis shartnomasining mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toʻliq shirkat toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasi ushbu Qonunning 3-moddasida nazarda tutilgan shartlardan tashqari qatnashchilardan har birining ulushi miqdorini, ular tomonidan hissalarni qoʻshish miqdori, tarkibi va tartibini, ularning shirkat ishlarida ishtirok etishi shaklini belgilab qoʻyishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kommandit shirkat taʼsis shartnomasida toʻliq shirkatlar uchun koʻzda tutilgan shartlar bilan birga kommanditistlarning shirkat mol-mulkidagi ulushlarining umumiy miqdori, ular tomonidan hissalarni qoʻshish miqdori, tarkibi va tartibi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Shirkat kommanditistlarining huquq va burchlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kommanditist kommandit shirkatga aʼzo boʻlib kirishda ham pulli, ham moddiy hissa qoʻshishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommanditist:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriq mavjud boʻlganida va topshiriqqa muvofiq kommandit shirkat nomidan ish koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shirkat tugatilgan taqdirda toʻliq masʼuliyatli qatnashchilarga nisbatan hissa birinchi navbatda qaytarib berilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga shirkat faoliyati toʻgʻrisidagi balanslar va yillik hisobotlar taqdim etilishini, shuningdek ularning toʻgʻri tuzilganligini tekshirish imkoniyati berilishini talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kommanditist hissalar va qoʻshimcha badallarni taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda, usullar va tartibda qoʻshadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommanditistlar ulushining umumiy miqdori shirkatning taʼsis shartnomasida koʻrsatilgan mol-mulki qiymatining ellik foizidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommandit shirkatni davlat roʻyxatiga olish paytiga qadar hissadorlardan har biri oʻz badali summasining kamida yigirma besh foizini qoʻshadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Toʻliq va kommandit shirkatlarning faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toʻliq shirkatning faoliyati uning barcha qatnashchilarining umumiy kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shirkat faoliyati barcha qatnashchilar tomonidan, shirkat nomidan ish koʻradigan bir yoki bir necha qatnashchi tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi holatda qatnashchilarning vakolatlari koʻlami shirkatning qolgan qatnashchilari imzolagan topshiriq bilan belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agar taʼsis shartnomasida shirkat ishlarini yuritish uchun vakolatlar beriladigan bir necha qatnashchi belgilanayotgan boʻlsa, bunda ulardan har biri shirkat nomidan mustaqil ish koʻra olishi nazarda tutiladi. Taʼsis shartnomasida bunday qatnashchilar tegishli xatti-harakatlarni faqat birgalashib amalga oshirishga haqli ekanliklari qayd etib qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shirkat ishlarini yuritish topshirilgan qatnashchilar jamiyat nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab bajarayotgan ishlari toʻgʻrisida qolgan qatnashchilarga ularning talabiga binoan toʻliq axborot berishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qatnashchining shirkat ishlarini yuritishga doir vakolatlari qatnashchining topshiriqdan voz kechishi yoki topshiriqning qolgan qatnashchilardan loaqal bittasining talabiga binoan bekor qilinishi munosabati bilan toʻliq yoki shirkat faoliyati toʻxtatilishi tufayli qisman toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vakolati boʻlmay turib, uning xatti-harakatlari barcha boshqa qatnashchilar tomonidan maʼqullanmaydigan hollarda umumiy manfaatlarni koʻzlab ish koʻrgan qatnashchi, agar uning harakatlari natijasida shirkatning mol-mulki saqlanib qolgani yoki muvofiq ravishda shirkat qilgan sarf-xarajatlar qiymatidan ortiq mol-mulkka ega boʻlgani isbotlangan taqdirdagina chiqimlarni qoplash toʻgʻrisida shirkat oldiga talab qoʻyishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agar kommandit shirkatning kommanditisti tegishli vakolatlarsiz shirkat nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab bitim tuzsa, uning harakatlari kommandit shirkat tomonidan maʼqullangan taqdirda, u toʻliq masʼuliyatli qatnashchilar bilan birgalikda kreditorlar oldida bitim yuzasidan oʻzining qonunga binoan undirish qaratilishi mumkin boʻlgan barcha mol-mulki bilan javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harakatlari maʼqullanmagan taqdirda kommanditist uchinchi shaxs oldida oʻzining undirish qaratilishi mumkin boʻlgan barcha mol-mulki bilan mustaqil ravishda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu moddada belgilangan qoidalarni buzganlari taqdirda, shirkat qatnashchilari bunday xatti-harakatlari tufayli shirkatga yetkazilgan zararni qoplashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ustav fondidagi va qatnashchilar ulushlaridagi oʻzgartishlar ushbu Qonunning 17-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Qatnashchining toʻliq va kommandit shirkatdan chiqishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomaʼlum muddatga tuzilgan shirkatning qatnashchisi kamida uch oy oldin ogohlantirib, shirkatdan istalgan paytda chiqib ketishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan muddatga tuzilgan shirkatdan chiqib ketishga faqat uzrli sabablar boʻlgan va bu haqda chiqishdan kamida olti oy oldin ogohlantirish berilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qatnashchi xoʻjalik shirkatidan chiqib ketayotganida bu shirkat saqlanib qolsa, unda qatnashchiga chiqish kunidagi holat boʻyicha tuzilgan balans asosida aniqlanadigan uning badali qiymati toʻlanadi. Qatnashchining talabi va shirkatning roziligi bilan hissa toʻliq yoki qisman natural shaklda qaytarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chiqib ketgan qatnashchiga shirkat shu yili olgan foydaning unga tegishli qismi toʻlanadi. Qatnashchi tomonidan faqat foydalanish uchun berib qoʻyilgan mol-mulk eskirib ishdan chiqishi hisobga olingan holda, haq toʻlanmasdan natural shaklda qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Toʻliq va kommandit shirkatning qarzlari uchun undirishni qatnashchilar ulushiga qaratish hamda ularning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shirkatida qatnashchining shaxsiy qarzlari yuzasidan undirishni qatnashchining ulushiga qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shaxsiy qarzlarini qoplash uchun qatnashchining mol-mulki ozlik qilgan taqdirda kreditorlar shirkatni belgilangan tartibda tugatishni va qarzdor qatnashchining ulushini ajratishni talab qilishi mumkin. Bu holda qolgan qatnashchilar shirkatni saqlab qolish maqsadida bunday qatnashchining xoʻjalik shirkatidan chiqib ketish kunidagi holat boʻyicha tuzilgan balansga muvofiq qarzdor qatnashchining ulushini pul bilan yoki natural shaklda ajratishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xoʻjalik shirkatini tugatishda mavjud mol-mulk barcha qarzlarni toʻlashga ozlik qilib qolsa, shirkatning barcha qatnashchilari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq undirishni qaratish mumkin boʻlgan oʻz mol-mulklari bilan qarzlarning yetishmagan qismi yuzasidan umumiy javobgar boʻladilar. Xoʻjalik shirkati qatnashchisi shirkatning qarzlari yuzasidan, qarzlar u shirkatga aʼzo boʻlib kirganidan keyin yoki kirishidan oldin paydo boʻlganidan qatʼi nazar, javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shirkatning qarzlarini toʻliq toʻlaydigan qatnashchi uning oldida shirkat mol-mulkidagi oʻz ulushiga mutanosib ravishda javobgar boʻlgan qolgan qatnashchilarga nisbatan tegishli ulush yuzasidan regressiv talab bilan murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Kommandit shirkatni boshqarish xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommandit shirkat ishlarini boshqarish faqat toʻliq masʼuliyatli qatnashchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqat bir toʻliq masʼuliyatli qatnashchi boʻlgan kommandit shirkatda, ishlarni boshqarishni shu qatnashchi mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommanditistlar kommandit shirkatning ishlarini boshqarish yuzasidan toʻliq masʼuliyatli qatnashchilar faoliyatiga toʻsqinlik qilishga haqli emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Toʻliq shirkat faoliyatini toʻxtatish xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toʻliq shirkatni qayta tashkil etish uning qatnashchilari bir ovozdan qabul qilgan qarorga binoan, tugatish esa ushbu Qonunning 6-moddasida koʻrsatilgan asoslardan tashqari — shirkat mol-mulkining uchdan bir ulushiga ega boʻlgan qatnashchilardan birining talabiga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qatnashchi chiqib ketganida va toʻliq shirkat tugatilganida shirkatning qarzlari yuzasidan qatnashchiga (qatnashchilarga) nisbatan qoʻyilgan talablar qatnashchi chiqib ketgan paytdan boshlab yoxud shirkat tugatilgan paytdan boshlab bir yil oʻtganidan keyin uzilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Kommandit shirkatni tugatish xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Qonunning 6 i 26-moddalarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, kommandit shirkat, shuningdek toʻliq masʼuliyatli barcha qatnashchilar chiqib ketgan taqdirda tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Barcha kommanditistlar chiqib ketgan taqdirda, toʻliq masʼuliyatli qatnashchilar shirkatni tugatish oʻrniga uni toʻliq shirkatga aylantirishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kommandit shirkat ixtiyorida mavjud boʻlgan pul mablagʻlari, tugatish chogʻida uning mol-mulkini sotishdan olingan tushumni ham qoʻshgan holda, shirkatning yollangan xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitob qilinganidan va banklar, budjet, boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlar bajarilganidan keyin birinchi navbatda kommanditistlar oʻrtasida ularning hissalarini qaytarish uchun taqsimlanadi, keyin esa toʻliq masʼuliyatli qatnashchilar oʻrtasida ushbu Qonunda hamda taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan tartib va shartlarda taqsimlanadi. Hissadorlarga ularning hissalarini toʻliq qaytarish uchun shirkatning mablagʻlari ozlik qilgan taqdirda mavjud mablagʻlar qatnashchilar oʻrtasida ularning shirkat mol-mulkidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
732-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 13-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 1996-y., 9-son, 144-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda)