Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.01.2001 yildagi 42-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.01.2001 yildagi 42-son
Date of entry into force
19.01.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 18.11.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI HUZURIDA BIRLAShGAN HAYʼAT TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Islohotlar va investitsiyalar boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengashning 2001-yil 11-yanvardagi qaroriga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining samarali, maqsadga yoʻnaltirilgan ishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayʼatning shaxsiy tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayʼat toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayʼat qoshida tashkil etiladigan ekspert kengashlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Birlashgan hayʼatning asosiy vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Umumiqtisodiyot kompleksining iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishga qaratilgan samarali, maqsadga yoʻnaltirilgan va uygʻun ishlashini taʼminlash etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy barqarorlikni va barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;

iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni maqsadga yoʻnaltirilgan holda amalga oshirish;

koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va unda xususiy mulkning yetakchi rolini taʼminlash;

tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va valyuta bozorini bosqichma-bosqich erkinlashtirish;

zamonaviy yaxlit bozor, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish;

demografik prognozlar amalga oshirilishini nazorat qilish va mehnatga layoqatli aholini ish bilan taʼminlashga doir faol siyosat yurgizish, mehnat bozorini shakllantirish;

xalqning moddiy farovonligi barqaror izchil oʻsishini taʼminlash, aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish.

3. Birlashgan hayʼat raisi (R.S. Azimov) Birlashgan hayʼat ishi yuksak tashkil etilishini, Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar ishini muvofiqlashtirish, uning uygʻunligi va samaradorligi darajasi oshirilishini, idoraviy manfaatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturiga muvofiq Umumiqtisodiyot kompleksi oldida turgan yagona vazifalar hal etilishiga boʻysundirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 19-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-son

Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 19-yanvardagi 42-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayʼat toʻgʻrisida
(Ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom

I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayʼat (keyingi oʻrinlarda Birlashgan hayʼat deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi ishining samaradorligi va maqsadga yoʻnaltirilganligini, uning tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturiga muvofiq iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvorliklari va strategik vazifalarini hal etish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va barqaror iqtisodiy oʻsish, idoraviy manfaatlarni Umumiqtisodiyot kompleksi oldida turgan yagona vazifalarni hal etishga boʻysundirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan va oʻzaro bogʻliq faoliyatini taʼminlash Birlashgan hayʼat faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Birlashgan hayʼat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Birlashgan hayʼat oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Birlashgan hayʼatning vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Belgilangan maqsadlarga muvofiq iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishning dolzarb muammolarini hal etishning eng natijali va samarali yoʻllarini ishlab chiqish, iqtisodiyotni isloh qilish va rivojlantirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish Birlashgan hayʼatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy barqarorlikni va barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni maqsadga yoʻnaltirilgan holda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va unda xususiy mulkning yetakchi rolini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va valyuta bozorini bosqichma-bosqich erkinlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy yaxlit bozor, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
demografik prognozlar amalga oshirilishini nazorat qilish va mehnatga layoqatli aholini ish bilan taʼminlashga doir faol siyosat yurgizish, mehnat bozorini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqning moddiy farovonligi barqaror izchil oʻsishini taʼminlash, aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Birlashgan hayʼatning funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Koʻrsatib oʻtilgan vazifalarga muvofiq Birlashgan hayʼatga quyidagi funksiyalar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilishning ustuvorliklari va strategik vazifalari yuzasidan qabul qilinayotgan qarorlarning kollegialligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balanslar tizimi, maqsadli kompleks dasturlar, jahon iqtisodiy rivojlanishining vujudga kelayotgan tendensiyalari asosida hamda yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqqan holda respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqish, shakllantirish, ekspert baholash, shuningdek ularni kelishilgan holda Hukumatning koʻrib chiqishi uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlarini, respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va eksport potensialini kengaytirish uchun baza sifatida uning roli va ahamiyatini hisobga olgan holda istiqbolli, strategik rivojlantirish muammolarini hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar va amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va sektorlari bilan yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirishning mutanosibligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya qidiruv ishlari dasturlarini amalga oshirish, yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirish, kompleks korxonalarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni, ayniqsa toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishga yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlari va korxonalarining moliyaviy barqarorligi ustidan doimiy monitoring olib borish, moliyaviy oqimlarning mutanosibligini va korxonalar ishlarining barqarorligini taʼminlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jalb qilinayotgan kredit resurslarini qaytarish boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiqtisodiyot kompleksi vazirliklari va idoralari tomonidan iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilish boʻyicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, shuningdek Birlashgan hayʼat tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muntazam nazorat qilish va monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy idoralar faoliyati samaradorligi va ularning iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish vazifalarini amalga oshirishdagi hissasini tahlil qilish va baholash.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-noyabrdagi 518-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 22-son, 222-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Birlashgan hayʼatning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Birlashgan hayʼat quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qarori bilan yuklangan vazifalar bajarilishi hamda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar doirasiga kiruvchi boshqa masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan iqtisodiyotni isloh qilish ustuvorliklaridan va Oʻzbekiston Respublikasi oldida turgan strategik vazifalardan kelib chiqib iqtisodiy rivojlantirish va isloh qilish masalalari, Umumiqtisodiyot kompleksining samarali, uygʻun va maqsadga yoʻnaltirilgan ishini taʼminlash Chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha Umumiqtisodiyot kompleksiga kirmaydigan vazirliklar, idoralar, korxonalarning hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarga, ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish institutlariga, markazlarga iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish bilan bogʻliq muammolar, dasturlar loyihalari, chora-tadbirlar va tadbirlar ishlab chiqilishini topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy ishlovchi ekspert kengashlari, shuningdek zarurat boʻlganda idoralararo komissiyalar va ishchi guruhlari tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan hayʼat va doimiy ishlovchi ekspert kengashlari ishiga Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kirmaydigan vazirliklar va idoralarning yetakchi mutaxassislarini, oliy oʻquv yurtlarining olimlari va oʻqituvchilarini, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya dasturlariga va yirik loyihalarga ekspert baho berish va ular boʻyicha xulosalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Birlashgan hayʼat quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili Birlashgan hayʼat ish rejasini tasdiqlash va uning amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz majlislarida birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasidagi maʼruzasida bayon qilingan iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilish boʻyicha ustuvor vazifalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-iyundagi PF-2612-son Farmoni bilan tasdiqlangan Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini taʼminlash boʻycha dasturlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan iqtisodiyotni isloh qilish ustuvorliklaridan va Oʻzbekiston Respublikasi oldida turgan strategik vazifalardan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining samarali, uygʻun va maqsadga yoʻnaltirilgan ishini taʼminlash boʻyicha Chora-tadbirlar dasturi bajarilishiga qaratilgan masalalarni chuqur va har tomonlama koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar tomonidan Birlashgan hayʼatning iqtisodiyotni rivojlantirish, erkinlashtirish va isloh qilish masalalari boʻyicha qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan hayʼatga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga muntazam axborot berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Birlashgan hayʼat faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Birlashgan hayʼatning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi tomonidan tasdiqlanadi. Birlashgan hayʼat aʼzolari boshqa ishga oʻtganlari taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar Birlashgan hayʼat tarkibiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Birlashgan hayʼatga Birlashgan hayʼat Raisi – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksi rahbari – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri rahbarlik qiladi.
(5.2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais:

Birlashgan hayʼatning rejali va rejadan tashqari majlislarini chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan hayʼat majlislari protokollarini imzolash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan hayʼat majlislariga vazirliklar, idoralar rahbarlarini, mutaxassislar, ekspertlarni va masalalarni muhokama qilishda zarur boʻladigan boshqa shaxslarni taklif etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan hayʼatning oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha samarali, bahamjihat, muvofiqlashtirilgan va aniq maqsadni koʻzlagan holda ishlashini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan hayʼat majlislarining Birlashgan hayʼatning har yili tasdiqlanadigan ish rejasiga muvofiq muntazam ravishda oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Birlashgan hayʼat huzurida iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilishning ayrim eng muhim masalalarini oʻrganish, tahlil qilish va ular boʻyicha takliflar kiritish uchun tegishli mutaxassislardan, shu jumladan Birlashgan hayʼat aʼzolari boʻlmagan mutaxassislardan iborat boʻladigan doimiy ishlaydigan ekspert kengashlari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashlari toʻgʻrisidagi nizom va ularning shaxsiy tarkibi Birlashgan hayʼat qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.4. Birlashgan hayʼat majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.5. Birlashgan hayʼat majlislari uning aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda qonuniy huquqqa ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.6. Birlashgan hayʼat qarorlari ular uchun majlisda qatnashgan Birlashgan hayʼat aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.7. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha barcha zarur materiallarni tayyorlash va rasmiylashtirishni Birlashgan hayʼat Raisi tomonidan tayinlanadigan Birlashgan hayʼat kotibi tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.8. Birlashgan hayʼat ishlari natijalari protokollar shaklidagi qarorlar bilan rasmiylashtiriladi, ularni Rais imzolaydi. Birlashgan hayʼat kotibi belgilangan tartibda majlislar protokollarini majlisdan keyin uch kun muddatdan kechiktirmay Birlashgan hayʼatning barcha aʼzolariga, shuningdek zarurat boʻlganda esa protokollardan koʻchirmalar holida bevosita ijrochilarga belgilangan tartibda joʻnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.9. Birlashgan hayʼat majlislarida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini Birlashgan hayʼat kotibi nazorat qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 19-yanvardagi 42-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayʼat qoshida tuziladigan doimiy ishlaydigan ekspert kengashlari
(Ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati

1. Yoqilgʻi-energetika kompleksini balansli rivojlantirish hamda uglevodorod va mineral xomashyo zaxirasidan oqilona foydalanish boʻyicha ekspert kengashi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tarkibiy qayta oʻzgartirishlar va investitsiya siyosati boʻyicha ekspert kengashi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Demografik oʻsish, mehnat bozorini rivojlantirish va aholini ish bilan oqilona taʼminlash masalalari boʻyicha ekspert kengashi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 1-2-son, 6-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 22-son, 222-modda)