Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.1995 09.12.1992 yildagi 752-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qarori, 09.12.1992 yildagi 752-XII-son
Date of entry into force
15.03.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.1995
Hujjat 15.03.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSINING VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSINING AYRIM MODDALARINI QOʻLLANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi qator moddalarida nazarda tutilgan koʻp miqdorda, koʻp zarar, ancha zarar jiddiy ziyon deyilganda belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik barobaridan ortiq miqdordagi moddiy zarar, juda koʻp miqdor deyilganda esa belgilangan eng kam oylik ish haqining yuz barobaridan ortiq miqdordagi moddiy zarar tushunilishi uqtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 56-moddasida nazarda tutilgan talon-toroj qilingan davlat yoki jamoat mulkining qiymati eng kam oylik ish haqining yarmidan oshmasa, oz miqdorda talon-toroj qilganlik hisoblanadi. Bunda talon-toroj qilingan buyumlarning natura shaklidagi miqdori (vazni, hajmi) va xalq xoʻjaligi uchun zarur ahamiyati hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Chayqovchilik orqasidan orttirilgan foyda miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan oshmasa, u Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 171-moddasida nazarda tutilgan mayda chayqovchilik deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chayqovchilik orqasidan orttirilgan foyda miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqining besh barobaridan ortiq boʻlsa, uni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 175-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan koʻp miqdordagi chayqovchilik deb, belgilangan eng kam oylik ish haqining yigirma besh barobaridan ortiq boʻlsa, uni shu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan juda koʻp miqdordagi chayqovchilik deb tushunmoq kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chayqovchilik turini belgilash toʻgʻrisidagi masalani hal qilish chogʻida, chayqovchilik orqasidan haqiqatan orttirilgan yoki orttirilishi moʻljallangan foyda miqdoridan tashqari, qayta sotish uchun xarid qilingan va oshigʻi bilan sotilgan mollar yoki boshqa buyumlarning qiymat va miqdori ham hisobga olinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Aldash orqasidan topilgan mablagʻ miqdori eng kam oylik ish haqining ikki yuzdan bir qismidan oshmasa, u Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 166-1-moddasida nazarda tutilgan xaridorlar va buyurtmachilarni uncha koʻp boʻlmagan miqdorda aldash deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aldash orqasidan topilgan mablagʻ miqdori eng kam oylik ish haqidan ortiq boʻlsa, u Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 177-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan xaridorlar va buyurtmachilarni koʻp miqdorda aldash deb hisoblanadi. Bunda qilingan jinoyatga baho berish masalasini hal etish va sotilgan tovarlarning turi va qiymati, bajarilgan buyurtmachilarning turi va qiymati, aholiga koʻrsatilgan xizmatning turi ham hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan ortiq miqdorda qonunsiz olingan haq Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Jinoyat kodeksi 177-1-moddasida nazarda tutilgan koʻp miqdorda qonunsiz haq olganlik deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1981-yil 27-oktabridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-1-moddasida qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil № 31, 598-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1983-yil 19-dekabridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Mayda spekulatsiya uchun javobgarlik toʻgʻrisida”gi 1957-yil 11-dekabr Farmonini qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil, № 36, 544-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1984-yil 1-martidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi ikkinchi qismini qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida” qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 7, 111-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qaror matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi hamda ushbu qaror amalga kirgan kunga qadar sudlarning hukmlari qonuniy kuchga kirgan mahkumlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
752-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 35-modda; 1994-y., 1-son, 18-modda)