Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.05.2010 05.07.2002 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.07.2002 yildagi 243-son
Date of entry into force
05.07.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.05.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ELEKTR TARMOQLARI VA INShOOTLARINI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 93-sonli “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr ta’minotining ishonchliligini va elektr tarmoqlari muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Elektr tarmoqlari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Qoidalarni mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va tegishli plakatlar chiqarish yo‘li bilan aholini Qoidalar bilan tanishtirishni tashkil etsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar elektr tarmoqlari joylashgan joylarda ishlarni amalga oshirayotgan o‘zlariga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan Qoidalar bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.Y. Atayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 5-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
243-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-iyuldagi 243-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr tarmoqlari va inshootlarini muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasida elektr tarmoqlarini o‘rnatish, ularning saqlanishini ta’minlash va muhofaza zonasida ulardan foydalanish tartibini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoidalarning amal qilishi elektr tarmoqlarining mulkchilik shakllari va idoraviy tegishliligidan qat’i nazar, elektr tarmoqlarining barcha liniyalariga joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoidalarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Qoidalarda elektr tarmoqlari deganda kichik stansiyalar, taqsimlash qurilmalari, tok o‘tkazgichlar, elektr uzatish havo liniyalari*, elektr uzatish yer osti va suv osti kabel liniyalari va ularga tegishli bo‘lgan inshootlar tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Keyingi o‘rinlarda “tok o‘tkazgichlar” va “elektr uzatish havo liniyalari” “elektr uzatish havo liniyalari” deb yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Elektr tarmoqlari va inshootlarini joylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Elektr tarmoqlari qurilishi uchun yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Elektr tarmoqlarining muhofaza zonasi — yer uchastkasi yoki yuzasidan tubigacha suv makonidir. Ularga egalik qilish va ulardan foydalanishning alohida tartibi belgilanadi. Mazkur Qoidalarga muvofiq belgilangan elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari ajratilgan yer uchastkalari hisoblanadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar trassalarning ijroiya topogeodeziya sur’atlari materiallarini ularni yerdan foydalanishning tegishli xaritalariga kiritish uchun hududiy arxitektura va qurilish organlariga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari hududlar kadastr bo‘yicha bo‘lingan va yer uchastkalari kadastr bo‘yicha suratga olingan holda qishloq joylarda yer resurslari tuman xizmatlari tomonidan, shaharlar va posyolkalarda ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan naturada belgilanadi hamda kadastr ishida qayd etilishi va yer uchastkaning kadastr rejasida aks ettirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ifloslantirish va elektr tarmoqlarining korroziyaga uchrashi manbai bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarida ifloslanish va korroziyaga uchrashni cheklovchi yoki elektr tarmoqlarining ifloslanish (korroziya) zonasidan chiqarish bilan bog‘liq chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mavjud elektr tarmoqlari muhofaza zonalarining yer maydoni yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari, shu jumladan ijarachilardan olib qo‘yilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘larning qo‘riqxona zonalari va davlat biosfera rezervatlaridan tashqari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda elektr tarmoqlari qurilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Elektr tarmoqlari ushbu elektr tarmoqlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan tashkilotlar tomonidan muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari mazkur Qoidalar bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 10 metrgacha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 15 metrgacha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 20 metrgacha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 25 metrgacha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 30 metrgacha masofada chetdagi simning liniyasidan har ikki tomon bo‘yicha turuvchi cheklangan vertikal tekislik yer uchastkasi va havo makoni shaklidagi elektr uzatish havo liniyasi bo‘ylab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
er yuzasida (ularning cheklanmagan holatida) har ikki tomonidan 2 metr chetdagi sim proyeksiyasida turgan yer uchastkasi, cheklangan parallel to‘g‘ri shakldagi ming voltgacha elektr uzatish havo liniyalari bo‘ylab (binolarga kirish uchun tortilgan simlardan tashqari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har ikki tomondan bir metr chetdagi kabellarda turgan, kabel liniyalari shaharlarda yo‘laklar ostidan o‘tgan taqdirda — 0,6 metr binolar va inshootlar tomonga va ko‘chaning odamlar yuradigan tomoniga 1 metr yer uchastkasi, cheklangan parallel to‘g‘ri shakldagi elektr uzatish yer osti kabel liniyalari bo‘ylab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har ikki tomondan chetdagi kabellardan 100 metrgacha masofada turgan vertikal tekislik o‘rtasidagi tubning suv yuzasidan suv makoni uchastkasi shaklida elektr uzatish suv osti kabel liniyalari bo‘ylab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr uzatish liniyalari bilan eng yaqindagi binolar va inshootlar, shuningdek daraxtlar va boshqa ko‘p yillik o‘simliklar o‘rtasidagi yo‘l qo‘yiladigan eng kam masofa elektr qurilmalarini loyihalashtirish va o‘rnatish asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalarning 11-bandida nazarda tutilgan hollarda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari o‘lchovi va ularning rejimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda elektr tarmoqlari o‘z qaramog‘ida bo‘lgan tashkilot tomonidan belgilanadi. Elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish uchun kirish yo‘llari va boshqa inshootlar Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
(13-bandning oxirgi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agar elektr uzatish liniyalari o‘rmon massivlari orqali o‘tsa, bevosita simlarga yaqin joyda o‘sgan daraxtlar elektr uzatish liniyasidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan kesib tashlanadi. Elektr uzatish liniyalari parklar, bog‘lar va boshqa ko‘p yillik daraxtlar orqali o‘tsa daraxtlarni kesish elektr uzatish liniyasidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra esa ushbu daraxtlar o‘z ixtiyorida bo‘lgan tashkilot tomonidan yoki bog‘lar va boshqa ko‘p yillik daraxtlarning egalari bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan elektr uzatish liniyasidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan belgilangan tartibda kesiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tor yo‘llar ochish uchun daraxtlarni kesish elektr tarmoqlari egalari tomonidan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining shartlari bo‘yicha amalga oshiriladi. “Daraxtlarni kesish qoidalari” (Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qaroriga 2-ilova) buzilishiga yo‘l qo‘ygan elektr tarmoqlari egalari buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Avariya holatlarining oldini olish uchun elektr uzatish liniyalari o‘tgan joylarda ushbu liniyalar trassasiga tutashib ketgan o‘rmon massivlarida ayrim daraxtlarni ushbu daraxtlar qaraydigan tashkilotning ruxsati bilan, keyinchalik o‘rmon kesish chiptalari (dalolatnomalari)ni belgilangan tartibda rasmiylashtirgan va kesish joyini kesish qoldiqlaridan tozalagan holda kesishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kabel langar, baliqchilik changagi yoki boshqa usul bilan yuqoriga ko‘tarilgan taqdirda kapitanlar, kema egalari kabelni holi qilish choralarini ko‘rishga va yuz bergan voqea to‘g‘risida eng yaqindagi energiya ta’minoti tashkilotiga xabar qilishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Uzilgan, yerda yotgan yoki osilib turgan elektr uzatish havo liniyasi simini ko‘rgan, shuningdek tirgakning yiqilishi yoki simning uzilishi xavfini sezgan fuqarolar bu haqda darhol eng yaqindagi energiya ta’minoti tashkilotiga yoki tuman (shahar) hokimligiga xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ixtiyorida elektr tarmoqlari va kabel liniyalari bo‘lgan tashkilotning yozma roziligisiz elektr tarmoqlarining muhofaza zonalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa tez yonadigan materiallarni joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har qanday bino va inshootlarni qurish, mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki buzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har qanday turdagi kon, ortish-tushirish, suv havzasi tubini chuqurlashtirish, tuproq kavlab olish, portlatish, melioratsiya ishlarini amalga oshirish, daraxtlar va butazorlarni ekish va kesish, dala shiyponlari qurish, mol uchun qo‘ra, sim to‘siqlar qurish, uzumzorlar va bog‘lar uchun shpalerlar o‘rnatish, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baliq va boshqa suv jonivorlarini suv osti changaklari bilan tutish, suv o‘simliklari chiqarib olish, muzni yorish va tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘l yuzasidan yuk bilan yoki yuksiz balandligi 4,5 metrdan ortiq bo‘lgan mashina va mexanizmlarning yurishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
0,3 metrdan ortiq chuqurlikda, shudgorlanadigan yerlarda esa 0,45 metrdan ortiq chuqurlikda qazish ishlarini amalga oshirish, shuningdek tuproqni tekislash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Elektr tarmoqlarining normal ishlashini buzishi, ularning shikastlanishiga yoki baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan biror-bir harakatni sodir etish, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanchlarga, simlarga chet buyumlarni yaqinlashtirish, shuningdek tayanchlarga chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har qanday uyumlar hosil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ozuqa, o‘g‘it, poxol, o‘tin va boshqa materiallarni to‘plash, olov yoqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘yinlar uchun sport maydonlari, stadionlar, bozorlar qurish, jamoat transportining to‘xtash komplekslari, mashina va mexanizmlarning barcha turlari to‘xtaydigan joylari qurish, belgilangan tartibda ruxsat berilgan ishlarni bajarish bilan band bo‘lmagan odamlarning ko‘p to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
varraklar, uchish apparatlarining sport modellarini, shu jumladan boshqarilmaydigan modellarini uchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quvvati 500 kV bo‘lgan elektr uzatish liniyasining muhofaza zonasida temir yo‘l transportidan tashqari barcha transport turlarining to‘xtashi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Elektr tarmoqlari ustidan va ular yaqinidan havo kemalarining parvozi, havo makonidan boshqacha tarzda foydalanish, shuningdek elektr tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘idan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni yuritishga yozma rozilik olgan tashkilotlar elektr tarmoqlarining muhofaza zonalarida ushbu tarmoqlarning saqlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlariga rioya qilgan holda ularni bajarishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Elektr tarmoqlari muhofaza zonalari yaqinida ularning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan portlatish, qurilish ishlari va boshqa ishlarni olib boruvchi tashkilotlar ishlarni bajarish boshlanishidan kamida 12 sutka oldin elektr tarmoqlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan tashkilotlar bilan elektr tarmoqlari saqlanishini ta’minlovchi ushbu ishlarni bajarish shartlari va tartibini kelishishga hamda tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Elektr tarmoqlari muhofaza zonalarida portlatish ishlarini olib borishga yozma rozilik ushbu ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining tegishli ruxsatnomasi taqdim etilgandan keyin beriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan tashkilotlarga elektr tarmoqlari muhofaza zonalarida ishlarni olib borishga yozma rozilik berish rad etilishining sabablari ko‘rsatilishi kerak va rad etish yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. O‘zlarining yer uchastkalari orqali elektr tarmoqlari o‘tadigan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu liniyalar saqlanishini ta’minlashga ko‘maklashadigan o‘zlariga bog‘liq barcha choralarni ko‘rishga, elektr tarmoqlari egalari bilan ushbu ishlarni amalga oshirish joyi va muddatlari oldindan kelishilmasdan binolar va inshootlar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslikka majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Elektr tarmoqlarini qayta o‘rnatish va ko‘chirish elektr tarmoqlari egalari bilan kelishilgan texnik shartlar bo‘yicha, ishlarni bajaruvchilar, asosiy qurilishni yoki ishni amalga oshiruvchi yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer egalari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yer ishlarini amalga oshiruvchilar ushbu ishlarni olib borishning texnik hujjatlarida qayd etilmagan yer osti kabellari aniqlangan taqdirda aniqlangan kabellar atrofida ish olib borishni darhol to‘xtatishga, ularning saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishga va bu haqda joylardagi davlat hokimiyati organlariga va elektr tarmoqlari egalariga xabar berishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Muhofaza zonalarida elektr tarmoqlaridan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Agar elektr tarmoqlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlari va maxsus rejimli obyektlar hududidan o‘tsa, u holda tegishli tashkilotlar elektr tarmoqlari egalariga sutkaning istalgan vaqtida ko‘zdan kechirish va ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma berishi kerak.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Muhofaza zonalari va o‘rmon so‘qmoqlarida elektr tarmoqlari egalariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tarmoqlariga, asbob-uskunalar va transformator kichik stansiyalariga foydalanish xizmati ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan yo‘llar, kirish yo‘laklari va boshqa inshootlar qurishga (er ajratish va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga tutashishga qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik albatta ko‘mib tashlagan va yerlarni tekislagan holda ushbu elektr tarmoqlarini ta’mirlash uchun chuqurlar va xandaklar ochishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rmon so‘qmog‘ining belgilangan kenglikda bo‘lishini ta’minlash uchun daraxtlarni kesishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishga mo‘ljallangan yerlarda elektr tarmoqlaridan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini olib borishga (avariya-tiklash ishlaridan tashqari), qoidaga ko‘ra, ushbu yo‘llar qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan band bo‘lmagan paytda ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avariyalarni tiklash ishlari (ekin bor-yo‘qligidan qat’i nazar) istalgan davrda o‘tkazilishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlar bajarilgandan keyin elektr tarmoqlari egalari qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqli holatga keltirishlari, shuningdek, agar elektr tarmoqlarining shikastlanishi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijarachilar tomonidan mazkur Qoidalar talablari buzilishi oqibatlari bo‘lmasa, avariya-tiklash ishlarini yuritishda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijarachilarga yetkazilgan zararni qoplashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Elektr uzatish liniyalarining muhofaza zonasi temir yo‘l yoki avtomobil yo‘llari polosasi, quvurlar, aloqa liniyalari, boshqa elektr uzatish liniyalari va hududning mos kelish uchastkalaridagi o‘zga obyektlarning qo‘riqlanadigan zonalariga to‘g‘ri kelib qolganda ushbu zonalardan foydalanish tomonlarning kelishuviga ko‘ra manfaatdor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Yo‘l qoplamalari va tuproq olinishini talab etuvchi elektr tarmoqlarini ta’mirlash ishlari (avariya-tiklash ishlaridan tashqari) bunday ishlarni olib borish shartlari tegishli yo‘l tashkilotlari bilan, shaharlar va boshqa aholi punktlari doirasida – joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgandan keyin olib borilishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajarish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumot elektr tarmoqlari egalariga tegishli organ tomonidan ishlarni bajarish zarurligi to‘g‘risida bildirishnoma olingan kundan boshlab 3 kun muddatda yuborilishi kerak. Ish joylarini to‘sish tegishli organlar bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avariya-tiklash ishlari ularni amalga oshirish shartlari oldindan kelishilmasdan, biroq ishlar bajariladigan joyga yo‘l tashkiloti yoki joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakilini albatta chaqirgan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ishlarni bajaruvchi elektr tarmoqlari egalari transport va yo‘lovchilar uchun zarur ogohlantirish belgilari qo‘ygan holda avariya joylarini aylanib o‘tish yo‘llari qurishlari hamda ishlarni bajarish tugallangandan keyin tuproqni tekislashi va yo‘l qoplamalarini tiklashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida ushbu elektr tarmoqlari shikastlanganligini ogohlantirishda va barcha yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur Qoidalar talablariga rioya etishini ta’minlashda elektr tarmoqlari egalariga ko‘maklashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Muhofaza zonalari doirasida ishlarni bajarish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Sanoat qurilishi va boshqa qurilish uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun ajratiladigan uchastkalarda elektr tarmoqlari mavjud bo‘lgan taqdirda mazkur uchastkalarni olgan tashkilotlar ulardan foydalanishni elektr tarmoqlarining tegishli egalari bilan kelishishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Elektr tarmoqlariga ega bo‘lgan yer uchastkalarida qurilishga rozilik olish uchun quruvchilar tomonidan ushbu obyekt loyihasi mazkur elektr tarmoqlari egasiga taqdim etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avariya vaziyatlarida loyihasiz bajariladigan qurilish, ta’mirlash ishlari va boshqa ishlarni bajarish (yer osti kabel liniyalari trassalarida — chuqur qazish, yo‘llarni vaqtincha aylanib o‘tish, kirish yo‘lini yopish va suv chiqarish uchun tuproqni qazish, dalalarni tekislash, qoziqoyoq qoqish, to‘siq uchun tayanch o‘rnatish, tuproq namunasi olish, turli maqsadlar uchun xandaq qazish va boshqalar) uchun elektr tarmoqlari egalarining yozma roziligi olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Loyihasiz amalga oshirilayotgan ishlar bajarilayotgan zonada yer osti elektr kabellari bo‘lishi mumkinligini aniqlash uchun ishlarni bajaruvchilar tomonidan viloyat, tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)dan axborot olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr tarmoqlari muhofaza zonasida amalga oshiriladigan ishlarning buyurtmachisi (quruvchi) ishlar boshlanishidan kamida 3 sutka oldin elektr kabeli joylashgan joyni texnik hujjatlar bo‘yicha aniq belgilash, ularning chuqurligini aniqlash va qurilayotgan obyekt inshootlari bilan o‘zaro joylashishini aniqlash uchun elektr tarmoqlari egasining vakilini chaqirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yer osti elektr kabellarining aniq joylashishini belgilash ishlar bajariladigan zonada ularning butun uzunligi bo‘yicha amalga oshiriladi hamda buning uchun elektr tarmoqlari egasi javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Qurilish uzoq muddat davomida olib borilgan taqdirda ishlarni bajarish zonasida yo‘l osti elektr kabellarining aniqlashtirilgan trassasi bo‘yi 1,5-2 metr bo‘lgan ko‘rsatkich qoziqlar bilan belgilanishi kerak. Ko‘rsatkich qoziqlar trassaning to‘g‘ri uchastkalarida barcha trassa burilishlarida trassaning to‘g‘ri o‘qidan 0,5 metr cheklanishning barcha nuqtalarida har 15-20 metrga, shuningdek ishlar qo‘lda bajariladigan tuproqni qazish chegaralarida o‘rnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rsatkich qoziqlar o‘rnatish, quduq qazish ishlari elektr tarmoqlari egasining vakili ishtirokida quruvchining kuchi va mablag‘lari hisobiga bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Trassani ko‘rsatkich qoziqlar bilan belgilamasdan yer ishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Elektr kabellarining muhofaza zonalarida ishlar boshlangungacha ishlarni bajaruvchilar yer osti elektr kabellari trassalarining joylashishi, ularning joyidagi belgilanishi bilan tanishishi kerak. Ular bilan, shuningdek elektr kabellari saqlanishini ta’minlovchi qo‘lda va mexanizatsiya usulida yer ishlarini bajarish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomalar beriladi. Bundan tashqari, ular elektr kabellarida odamlarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan kuchlanish borligini hisobga olgan holda elektr toki urish xavfi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan elektr kabel liniyalari shikastlantirilganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilishlari kerak. Elektr kabellarining muhofaza zonalarida ishlarni olib borishda ushbu elektr kabellari egasining vakilini chaqirish zarurligi ko‘rsatilishi, zarur hollarda esa, qo‘lda bajariladigan ishlarning sxemasi berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalaridagi ishlar ularning bajarilishi uchun mas’ul shaxsning kuzatuvida bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Havo va kabel liniyalarining muhofaza zonasida ishlarni bajaruvchilar ishlar boshlanishidan kamida 3 sutka oldin elektr tarmoqlari egasiga telefonogramma orqali yoki shaxsan ularni bajarishda vakillar hozir bo‘lishi zarur bo‘lgan ishlarni bajarish sanasi va soati to‘g‘risida ma’lum qilishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rsatib o‘tilgan vakillar ish bajarilayotgan joyga kelmagan taqdirda ishlarni bajaruvchilar bir sutka mobaynida bu haqda elektr tarmoqlari egasiga xabar berishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr tarmoqlari va kabel liniyalarining muhofaza zonasida ko‘rsatib o‘tilgan vakillar hozir bo‘lmagan holda yer ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Yer osti kabellarining bevosita yaqinida tuproq ishlarini faqat belkuraklar yordamida, qattiq zarb bermasdan bajarishga yo‘l qo‘yiladi, zarbali asboblar (lom, kirka)dan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Elektr kabel tarmoqlarining ishlab turgan kommunikatsiyalar bilan kesishgan joylarda yer ishlari eng qisqa muddatlarda o‘tkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ixtiyorida qurilayotgan yoki ishlayotgan elektr uzatish kabel liniyalari bo‘lgan tashkilotlar ko‘rsatib o‘tilgan liniyalarni begona toklardan himoya qilish choralarini ko‘rishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan tashkilotlarning xodimlariga ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun boshqa tashkilotlarning hududida joylashgan tarmoqlar obyektlariga belgilangan tartibda to‘siqsiz kirish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalari bilan kesishish joylaridagi avtomobil yo‘llarida ushbu liniyalarning muhofaza zonalarida transport to‘xtashini taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Tabiiy ofatlar tufayli elektr tarmoqlari shikastlanganda, shuningdek shikastlanishining oldini olish maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimliklariga zarur hollarda ularning vakolatlari doirasida elektr tarmoqlari va inshootlari shikastlanishini bartaraf etish va shikastlanishining oldini olish ishlariga tashkilotlarni jalb qilish huquqi beriladi. Bunday hollarda bajarilgan ishlarga haq to‘lash va sarflangan moddiy resurslar qiymatini qoplash ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalaridagi va ular yaqinidagi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan tashkilotlar xodimlarining elektr tarmoqlari saqlanishini ta’minlashga va baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan talablarini bajarishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan tashkilotlarning xodimlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan muhofaza zonalarida mazkur Qoidalar talablari buzilgan holda bajarilayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Yer osti kabellari, ular elementlarining havo liniyalari shikastlangan taqdirda ishlarni bajaruvchi bu haqda darhol ushbu elektr tarmoqlarining egalariga ma’lum qilishi va shikastlanishni zudlik bilan bartaraf etishda yordam ko‘rsatishi, shu jumladan ishchi kuchi va mexanizmlar ajratishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Mazkur Qoidalar buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma ixtiyorida elektr tarmoqlari bo‘lgan tashkilotlarning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi. Mazkur qoidalar buzilganligi to‘g‘risida dalolatnomalar tuzishga vakolatli mansabdor shaxslar ro‘yxati har yili energiya ta’minoti tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etish bilan bog‘liq nizolar, shuningdek muhofaza zonasida elektr tarmoqlarini o‘rnatish, qo‘riqlash va foydalanish tartibi buzilganda paydo bo‘ladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Mazkur Qoidalar talablarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zararni qoplaydilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 13-son, 105-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda; 2004-y., 28-son, 321-modda; 2005-y., 14-son, 103-modda)