Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 30.07.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2704
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 30.07.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2704
Date of entry into force
03.11.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 03.11.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Davlat resurslariga urugʻchilik va boshqa xoʻjaliklardan xarid qilinadigan urugʻlik don uchun navlarga ustama haq ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-iyulda 2704-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-sentabrdagi PQ-1621-son “2012-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2014-yil 8-oktabrdagi PQ-2241-son “Boshoqli don ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish, navlarni joylashtirishning ilmiy asoslangan uslublarini takomillashtirish va 2015-yil hosilini xarid qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat resurslariga urugʻchilik va boshqa xoʻjaliklardan xarid qilinadigan urugʻlik don uchun navlarga ustama haq ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2015-yil 22-iyul,

13-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 22-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69-son

Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 22-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97-son

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2015-yil 22-iyuldagi 13, 69, 97-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat resurslariga urugʻchilik va boshqa xoʻjaliklardan xarid qilinadigan urugʻlik don uchun navlarga ustama haq ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi, “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-sentabrdagi PQ-1621-son “2012-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2014-yil 8-oktabrdagi PQ-2241-son “Boshoqli don ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish, navlarni joylashtirishning ilmiy asoslangan uslublarini takomillashtirish va 2015-yil hosilini xarid qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, davlat resurslariga urugʻchilik va boshqa xoʻjaliklardan xarid qilinadigan urugʻlik don uchun navlarga ustama haq ajratish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-sentabrdagi PQ-1404-son “2011-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandiga muvofiq, 2011-yilgi boshoqli don hosilidan boshlab, urugʻchilik xoʻjaliklari va boshqa xoʻjaliklardan davlat resurslariga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun amaldagi preyskurant xarid narxlariga nav ustamalari belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Etishtirilgan boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmini aniqlash va ularni xarid qilish, shuningdek ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish Urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urugʻlarini toʻliq hajmda xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1789, 2008-yil 11-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Urugʻchilik va boshqa xoʻjaliklardan davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don ekinlari urugʻlarini don korxonalariga qabul qilish Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1499, 2005-yil 29-iyul) muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat resurslariga urugʻchilik va boshqa xoʻjaliklardan xarid qilingan urugʻlik don uchun navlarga ustamalardan mablagʻ ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi (“Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”) tomonidan boshoqli don ekinlari urugʻlarining davlat standarti talablariga mos kelishi haqida sertifikat berilgandan soʻng, davlat resurslariga urugʻchilik va boshqa xoʻjaliklardan xarid qilingan urugʻlik don uchun navlarga ajratilgan ustamadan jamgʻarilgan mablagʻlarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2,1 foizi — Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazining maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 foizigacha — Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining maxsus hisobvaragʻiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tarkibiga kiruvchi don mahsulotlari korxonalari va ular filiallarining 22602 — “Mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari” bank hisobvaragʻidan besh ish kuni ichida toʻgʻridan toʻgʻri oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazining maxsus hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasiga asosan Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazi va uning hududiy boʻlimlarini saqlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallariga urugʻchilik hamda boshqa xoʻjaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2382, 2012-yil 25-iyul) belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Nizom “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Fermerlari Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 22-iyul

Oʻzbekiston Fermerlari Kengashi raisi S. TURDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 22-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 22-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 406-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)