19.06.2015 yildagi 283-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarori, 19.06.2015 yildagi 283-son
Date of entry into force
19.06.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy sudlar tomonidan ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) protsessual muddatlar to‘g‘risidagi normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga muvofiq Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Iqtisodiy sudlarning (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) e’tibori ishlarni ko‘rishda protsessual muddatlarga qat’iy rioya etish iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishning, qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda ko‘maklashishning muhim omillaridan biri hisoblanishiga qaratilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan birga ularning o‘z protsessual huquqlaridan insofli ravishda foydalanmasdan va protsessual majburiyatlarini bajarmasdan, sud muhokamasining asossiz ravishda uzaytirilishiga qaratilgan harakatlar (harakatsizlik)ning oldini olish choralarini ko‘rishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Barcha protsessual harakatlar ishni ko‘rayotgan sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan IPK va boshqa qonunlar yoki sud tomonidan belgilangan muddatlar ichida bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPKda yoki boshqa qonunlarda protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda ular sud tomonidan belgilanishi va uzaytirilishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. IPK 119-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o‘tishi kalendar sananing ertasidan yoki uning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea sodir bo‘lgan kundan boshlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar inobatga olishlari kerakki, yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatlarga ish kuni bo‘lmagan kunlar ham kiradi, IPK 20310-moddasining oltinchi qismi va 222-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish kuni bo‘lmagan kunlar deganda, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan dam olish kunlari (shanba va yakshanba) va bayram (ishlanmaydigan) kunlari tushuniladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlar inobatga olishlari kerakki, protsessual muddatlarning tugashi bilan ishda ishtirok etuvchi shaxslar protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yo‘qotadi. Protsessual muddatlar o‘tkazilib berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma bo‘lmasa, sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va ularni bergan shaxslarga qaytariladi. Ushbu qoida IPK va boshqa qonun hujjatlari talablari yoki sud topshirig‘iga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim bo‘lgan protsessual harakatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday holatda protsessual muddatlarning o‘tkazib yuborilganligi ushbu shaxslarni ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Protsessual muddatning tugash kuni IPKning 120-moddasiga muvofiq aniqlanadi. Protsessual muddatning tugash kuni deganda, ushbu muddatning oxirgi kuni, agar oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni tushuniladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning tugashi tegishli kuni bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida (masalan, 28 yoki 29-fevralda) tugaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun muddat belgilanganda, ular ushbu muddat oxirgi kuni soat yigirma to‘rtga qadar bajarilishi lozim. Ushbu qoida elektron shaklda berilgan hujjatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda, agar ariza, shikoyat va boshqa hujjatlar muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtga qadar aloqa tashkilotiga yoki vakolatli shaxsga berilgan bo‘lsa, agar protsessual harakatlar iqtisodiy sudda yoki boshqa tashkilotda bajarilishi lozim bo‘lib, ular sud yoki boshqa tashkilotda ish kuni tugagan yoki tegishli operatsiyalar tugatilgan soatga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa, muddat o‘tkazib yuborilgan hisoblanmaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sudlar inobatga olishlari lozimki, ish yuritish to‘xtatib turilgan kundan boshlab ish bo‘yicha barcha protsessual muddatlarning o‘tishi ham to‘xtaydi va ish yuritish tiklangan kundan boshlab ularning o‘tishi davom etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protsessual muddatlarni qayta tiklash kuni bo‘lib, ish yuritishni to‘xtatib turishga asos bo‘lgan holatlar bartaraf qilinib, sudning ish yuritishni tiklash to‘g‘risida ajrim chiqargan kuni hisoblanadi. Protsessual muddat qayta tiklangandan keyin protsessual harakat ish bo‘yicha ish yuritish to‘xtatib turish paytiga qadar qolgan protsessual muddat davomida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. IPK 123-moddasining birinchi qismiga ko‘ra sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi bo‘yicha ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning o‘tkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar inobatga olishlari kerakki, protsessual muddatni o‘tkazib yuborish sabablari sud tomonidan har bir holatlardan kelib chiqib, o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baholanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.1. Sudlar hisobga olishlari lozimki, o‘tkazib yuborilgan protsessual muddat quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lgandagina tiklanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) agar ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan protsessual muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) agar iltimosnomada ko‘rsatilgan muddatni o‘tkazib yuborish sabablari uzrli deb topilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) agar ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan iltimosnoma bilan bir vaqtda zarur bo‘lgan protsessual harakatlar (ariza, shikoyat, protest berilsa, dalillar taqdim etilsa va boshqalar) amalga oshirilsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, IPK 262-moddasining uchinchi qismi, 285-moddasining ikkinchi qismi, 310-moddasining beshinchi qismida belgilangan muddatlar qat’iy hisoblanadi.
(8.1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.2. Ariza, shikoyat (protest)ni berishning o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor etmasdan, sudyaning yakka o‘zi tomonidan ariza, shikoyat (protest)ni ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masala bilan bir vaqtda ko‘rib chiqiladi. Iltimosnoma qanoatlantirilib, muddat tiklangan taqdirda, bu haqida ariza, shikoyat (protest)ni ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi sudning ajrimida ko‘rsatiladi. Muddatni tiklash rad etilganda, bu haqida ariza, shikoyat (protest)ni qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi sudning ajrimida ko‘rsatiladi.
(8.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, ariza, shikoyat (protest)ni berish muddatiga rioya etilganligi haqidagi masalani hal etishda, agar ariza, shikoyat (protest) aloqa tashkilotiga topshirilgan bo‘lsa, ariza, shikoyat (protest)ni berish sanasi konvertdagi shtempel yoki xat-xabarlarni qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat bo‘yicha aniqlanadi. Axborot tizimi orqali elektron shakldagi ariza, shikoyat (protest)ni berish sanasi va vaqti bo‘lib, hujjatning axborot tizimiga kelib tushganligi haqidagi hujjat yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi xabarnomada qayd etilgan sana va vaqt hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. IPK 124-moddasining birinchi qismiga ko‘ra sud tomonidan belgilangan protsessual muddatlarni uning o‘zi uzaytirishi mumkin. Bunda nazarda tutish kerakki, sudlar IPK yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlarni uzaytirish huquqiga ega emaslar. Qonun hujjatlarida protsessual muddatlarni sud tomonidan uzaytirish nazarda tutilgan hollar (masalan, IPK 164-moddasining ikkinchi qismi) bundan mustasno.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan belgilangan protsessual muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi masala ishni ko‘rayotgan sudya, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxsning tashabbusi bilan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan protsessual muddatni uzaytirish masalasi bo‘yicha tashabbus bildirilgan holatda muddatni uzaytirish uchun uning sud tomonidan dastlab belgilangan muddat davomida protsessual harakatlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligining uzrli sabablari ko‘rsatilgan arizasi asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza (IPK 143-moddasining ikkinchi qismi), da’vo arizasi (ariza) (IPK 164-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari, 221-moddasining birinchi qismi), soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar (IPK 2034-moddasining oltinchi qismi), sud qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza (IPK 190-moddasining uchinchi qismi), yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risidagi ariza (IPK 191-moddasining uchinchi qismi), apellyatsiya shikoyati (protesti) (IPK 277-moddasining birinchi — uchinchi qismlari), kassatsiya shikoyati (protesti) (IPK 300-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari), taftish tartibidagi shikoyat (protest) (IPKning 3243-moddasi), qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza (IPKning 332-moddasi), undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash to‘g‘risidagi arizasi (IPK 340-moddasining uchinchi qismi), ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza (IPK 341-moddasining uchinchi qismi), sud hujjati ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza (IPK 342-moddasining to‘rtinchi qismi), sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza (IPK 344-moddasining uchinchi qismi), ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi ariza (IPK 345-moddasining uchinchi qismi), ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza (IPK 346-moddasining ikkinchi qismi) IPKda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi lozim.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar sudlar tomonidan “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sudya ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida da’vo arizasi (ariza) sudga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan IPKning 163-moddasida nazarda tutilgan tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirishi lozim. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudgacha majlis o‘tkazish hollari bundan mustasno.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday protsessual harakatlar belgilangan besh kunlik muddatning oxirgi ish kuni tugaguniga qadar bajarilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar inobatga olishlari kerakki, ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati bekor qilingan va ish yangidan ko‘rishga yuborilganidan keyin uni ish yuritishga qabul qilish muddati IPK 163-moddasining birinchi qismiga mos holda ish yangidan ko‘rishga yuborilgan sudga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan oshmasligi lozim.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ish ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab bir oy, soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kun, huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish esa ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqilishi va sud hujjati qabul qilinishi kerak, ariza sudga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan so‘ng ko‘riladigan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bundan mustasno. Muddatning o‘tishi ishni sudda ko‘rishga tayyorlash yoki da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlanadi va protsessual muddatning oxirgi kunida tugaydi. Muddatning oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan hollarda undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugashi deb hisoblanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, ish IPKning 164 va 221-moddalarida belgilangan muddatlarda ko‘rilishi hamda ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda tayyorlanishi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangidan ko‘rishga yuborilgan ish tegishincha IPKning 164, 221, 277 va 300-moddalarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. IPK 164-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq alohida hollarda ishni ko‘rish muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, ishni ko‘rish muddatini uzaytirish haqidagi bildirgi sudya tomonidan sud raisiga IPK 164-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar tugaguniga qadar berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPKda ishni ko‘rish muddatini uzaytirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, uni bir necha marotaba uzaytirishni taqiqlovchi norma mavjud emas. Biroq bunda ishni ko‘rishning umumiy muddati ikki oydan oshishi mumkin emas.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. IPK 17-moddasining to‘rtinchi qismi, 24-moddasi, 45-moddasining to‘rtinchi qismi, 47 va 48-moddalari, 158-moddasining birinchi va uchinchi qismlari, 160-moddasining birinchi qismi, 171-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni ko‘rish yangidan boshlanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, yuqorida qayd etilgan asoslarga ko‘ra ishni ko‘rish yangidan boshlanishi IPKning 164-moddasida nazarda tutilgan ishni ko‘rish muddatining yangidan boshlanishiga olib kelmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. IPK 158-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga ko‘ra ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir necha ish bitta ish yuritishga birlashtirilgan taqdirda, ular bo‘yicha ishni ko‘rish muddati keyinroq tayinlangan ish bo‘yicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 159-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq bir yoki bir nechta birlashtirilgan talab alohida ish yuritishga ajratilgan taqdirda, ajratilgan talab bo‘yicha ishni ko‘rish muddati talablarning bir qismini ajratish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sudlar inobatga olishlari lozimki, qo‘shimcha dalilni taqdim etish uchun protsessual muddat talab qilingan dalilning aloqa tashkiloti tomonidan yetkazib beriladigan vaqt hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan belgilangan protsessual muddat tugaguniga qadar ishda ishtirok etuvchi shaxs, shuningdek sud tomonidan muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilgan shaxs muayyan protsessual harakatlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxs, shuningdek sud tomonidan muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilgan shaxs dalillarni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, u tegishli ajrim (topshiriq)ni olganidan so‘ng besh kunlik muddat ichida, sud tomonidan belgilangan muddat besh kundan kam bo‘lganda esa sud ajrimini olgan kundan boshlab zudlik bilan bu haqida sababini ko‘rsatgan holda sudni yozma (elektron) shaklda xabardor qilishi shart.
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. IPK 94-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza, ishni ko‘rayotgan sudya tomonidan IPK 96-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hakamlik sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza u iqtisodiy sudga kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmagan holda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Da’voni ta’minlash chorasini almashtirish to‘g‘risidagi masala sud majlisida hal etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Ammo ularning kelmaganligi da’voni ta’minlash chorasini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. IPK 171-moddasining birinchi qismiga muvofiq asoslar mavjud bo‘lganda ishni ko‘rish keyinga qoldirilishi mumkin. Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, sud majlisi ishni ko‘rishga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan oqilona muddatga qoldirilishi lozim, biroq ishni ko‘rish muddati, qoldirishlarni hisobga olgan holda IPKning 164-moddasida nazarda tutilgan muddatlardan oshmasligi kerak.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. IPK 203-moddasining birinchi qismiga ko‘ra iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari bayonnoma imzolanganidan keyin besh kunlik muddatda sud majlisining yoki protsessual harakatning bayonnomasi bilan tanishish hamda uning to‘la-to‘kisligi va to‘g‘ri tuzilganligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, besh kunlik muddat bayonnoma raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolangan kundan e’tiboran boshlanadi. Bunda, bayonnoma sud majlisi tugaganidan yoki alohida protsessual harakat bajarilganidan so‘ng uch kundan kechiktirmasdan raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolanishi kerak.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sud majlisida e’lon qilinadigan tanaffusning muddati IPKning 164 va 221-moddalarida nazarda tutilgan ishni ko‘rish muddatiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni hisobga olishlari kerakki, asoslantirilgan hal qiluv qarorini tuzish uchun IPK 186-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddat hal qiluv qarorini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish uchun IPK 188-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan besh kunlik muddat hisobiga kiradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21.1. IPKning 17 va 172-moddalariga ko‘ra har bir ish bo‘yicha muhokama uzluksiz davom etadi. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra, sud majlisida tanaffus e’lon qilishi mumkin. Bunda sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, majlisda tanaffus bir necha marotaba e’lon qilinishi mumkin, biroq uzluksiz tanaffuslarning umumiy davomiyligi uch kundan oshmasligi lozim, bu muddatga ish kuni bo‘lmagan kunlar kirmaydi.
(21.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21.2. IPKning 188-moddasiga ko‘ra, sudning hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 222-moddasining oltinchi qismiga muvofiq huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, IPKning 188-moddasida hamda 222-moddasining oltinchi qismida belgilangan muddatlarni hisoblash sud hujjati e’lon qilingan kundan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning elektron manzillari mavjud bo‘lsa, sud hujjati ularga mazkur bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan muddatda yuboriladi.
(21.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21.3. IPKning 197-moddasiga ko‘ra sudning ajrimi, shuningdek ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan ajrimlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(21.3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. IPK 189-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga ko‘ra qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar, ya’ni u qabul qilingan kundan boshlab bir oylik muddat tugaguniga qadar, huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘n kunlik muddat tugaguniga qadar qo‘yilishi mumkin.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar inobatga olishlari kerakki, qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish uchun belgilangan muddat tiklanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qonuniy kuchga kirmagan sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin bir oy ichida, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan esa o‘n kun ichida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, o‘n kunlik muddatga hal qiluv qarori qabul qilingan kun kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. Shuni inobatga olish lozimki, besh kunlik muddat apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori (ajrim)ni qabul qilgan birinchi instansiya sudiga topshirilgan kundan hisoblanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23.1. IPK 266-moddasining birinchi qismiga muvofiq apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risidagi masala shikoyat (protest)ish bilan birga sudga kelib tushgan kunidan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
(23.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23.2. IPKning 277-moddasiga asosan apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda, sudning huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) esa u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
(23.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. Shuni inobatga olish lozimki, besh kunlik muddat kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori (ajrim)ni qabul qilgan birinchi instansiya sudiga kelib tushgan kundan hisoblanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24.2. Kassatsiya shikoyati (protesti) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlangan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun belgilangan bir oylik muddat kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasiga ko‘rib chiqish uchun tayinlash haqida ajrim chiqarilgan kundan hisoblanadi va keyingi oyning tegishli kunida tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
(24.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilgan va kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(25.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(25.3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taftish tartibidagi shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar o‘tgan bo‘lsa, taftish tartibdagi shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar o‘tgan bo‘lsa, taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 307-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati kelib tushgan kundan e’tiboran uch oy ichida, lekin O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda kiritilishi mumkin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26.1. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va taftish tartibida shikoyatni (protestni) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
(26.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26.2. Taftish shikoyati (protesti) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlangan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rish uchun belgilangan bir oylik muddat taftish shikoyatini (protestini) sud muhokamasiga ko‘rib chiqish uchun tayinlash haqida ajrim chiqarilgan kundan hisoblanadi va keyingi oyning tegishli kunida tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda taftish shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
(26.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar hamda ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmaganligi sababli ishni ko‘rishda qatnashmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatini berish uchun o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish IPKning 262-moddasida nazarda tutilgan bir oylik muddat o‘tkazib yuborilganligi sababli rad etilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar arizachining sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmaganligi haqidagi vajlariga baho berishda, taraflarning xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi ishda mavjud dalillarni tekshirishlari, agarda shikoyat ishga jalb qilinmagan shaxslar tomonidan berilgan bo‘lsa, ular sud hujjati bilan o‘zlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligini qachondan boshlab bilgan yoki bilishlari lozim bo‘lganligini aniqlashlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, IPK 262-moddasining uchinchi qismi, 285-moddasining ikkinchi qismi va 310-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) va taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi arizani berish uchun belgilangan muddat qat’iy hisoblanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27.1. Sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsga shikoyat qilinayotgan sud hujjatining yuborilmaganligi yoki o‘z vaqtida yuborilmaganligi oqibatida shikoyatni berish muddati o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati va taftish tartibidagi shikoyat berishning o‘tkazib yuborilgan muddati, agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va taftish tartibidagi shikoyat berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi ariza IPK 262-moddasining uchinchi qismi, 285-moddasining ikkinchi qismi va 310-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan muddatda berilgan bo‘lsa, tiklanishi lozim.
(27.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27.2. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatini berishning o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatini tiklash uchun apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyatni berish to‘g‘risidagi masalani yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) bilan kelishish lozimligi, rahbar yoki vakilning xizmat safarida, mehnat ta’tilida yoxud davolanishda bo‘lganligi, huquqshunos lavozimining vakantligi yoki ushbu shtat birligining mavjud emasligi, rahbarning almashganligi, shuningdek yuridik shaxsning boshqa turli ichki tashkiliy muammolari kabi boshqa holatlar uzrli sabablar deb baholanmasligi lozim.
(27.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. IPK 338-moddasining birinchi qismiga muvofiq ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran yoki sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etilishi belgilangan taqdirda, muddat tugagan kundan e’tiboran uch yil ichida ijroga taqdim etilishi mumkin.
(28-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati protsessual muddat hisoblanadi. Shu sababli u undiruvchining iltimosnomasi bo‘yicha sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa va bu muddat sud tomonidan tiklansa, ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini hisoblash o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlanadi, uch yillik muddatning o‘tishi esa yangidan boshlanadi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. IPK 341-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasini (sud buyrug‘ini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tguniga qadar berilishi mumkin, bundan ijro varaqasi (sud buyrug‘i) davlat ijrochisi yoki ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan yo‘qotilgan va bu haqda undiruvchiga ijro varaqasini (sud buyrug‘ini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan hollar mustasno. Ushbu hollarda ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasi (sud buyrug‘i) yo‘qotilganligi undiruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, bunday ariza ijro varaqasi berilgan kundan boshlab uch yil davomida ham, agar sud tomonidan ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash haqidagi ajrim chiqarilgan bo‘lsa, ushbu muddat o‘tgandan keyin ham berilishi mumkin.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ishlarni ko‘rishda sudlar IPK va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan protsessual muddatlarga qat’iy va so‘zsiz rioya qilishlari va nizolarni qisqa muddatlarda ko‘rib chiqishni ta’minlashlari lozim.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy xo‘jalik sudi raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 19-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
283-son