Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Xalqaro avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlari ishiga daxldor Yevropa Bitimiga qoʻshilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Xalqaro avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlari ishiga daxldor Yevropa Bitimiga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 29-avgust,
685-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 185-modda)