26.06.2015 yildagi 170-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.06.2015 yildagi 170-son
Date of entry into force
06.07.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy organlari faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish tadbirlari izchil amalga oshirilishi natijasida aholi sogʻligʻini saqlash va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan qonunchilik bazasi shakllantirildi. Qishloq vrachlik punktlaridan tortib respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarigacha barcha darajalarni qamrab oluvchi aholiga tibbiy-profilaktik yordam berishning yaxlit tashkiliy tuzilmasi tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida respublikada alohida oʻta xavfli yuqumli kasalliklar chetdan kirib kelishining oldi olindi, chaqaloqlarning poliomiyelit, difteriya, qizilcha, qoqshol kasalliklari qayd etilmayapti. Bolalarni rejali emlash bilan qamrab olish 98,3 foizni tashkil etdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan “Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida” va “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablari toʻliq hajmda bajarilishi taʼminlanmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rahbarlik usullarini takomillashtirish, sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish, uning moddiy-texnika bazasini nazorat qilish va kadrlar salohiyatini mustahkamlashning ahvoli, shuningdek sanitariya-epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻsib borayotgan zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining moddiy-texnika bazasini tahlili maxsus laboratoriyalarning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi 60 — 70 foizni tashkil etishini koʻrsatdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbar kadrlarini tanlash tizimida, birinchi navbatda ularning malakasi yetarlicha emasligi va qoʻyiladigan talablarga nomuvofiqligi bilan bogʻliq jiddiy kamchiliklar va nuqsonlar mavjud. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining vrach kadrlar bilan taʼminlanganligi 84,4 foizni tashkil etadi. Vrachlar umumiy sonining 45 foizi malaka toifasiga ega emas, shu jumladan rahbar xodimlar orasida ushbu koʻrsatkich 30 foizni tashkil etadi. Lavozim mavqeyini suiisteʼmol qilish va oʻz kasbi bilan bogʻliq vazifalarga sovuqqonlik bilan qarash kabi salbiy holatlar bartaraf etilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, sanitariya-epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlash, boshqaruvning ilgʻor shakllari va usullarini joriy etish, yuksak kasbiy va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tanlash va ular bilan toʻliq taʼminlash masalalarida davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Sanepidqoʻm) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar boʻlimlari boshliqlari bilan 5 yildan ortiq boʻlmagan muddatga mehnat shartnomasi tuzadilar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanepidqoʻm Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar boʻlimlari boshliqlari 3 yilda bir marta davriylikda attestatsiyadan oʻtishlari kerak;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanepidqoʻm Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar boʻlimlari boshliqlari egallab turgan lavozimida muvaffaqiyatli ishlashning besh yillik muddati tamom boʻlgandan keyin egallab turgan lavozimidan past boʻlmagan lavozimga yangi ish joyiga oʻtkazilishi kerak. Ishda jiddiy kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shartli muddat sezilarli darajada qisqartirilishi mumkin;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanepidqoʻm organlari tizimining rahbar va boshqaruv kadrlari yangi ish joyiga oʻtkazilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat turar joyi yoki u ijaraga olinganligi uchun kompensatsiya toʻlovi bilan taʼminlanadilar.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Sanepidqoʻm va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada sanitariya-epidemiologik ahvol va radiatsiya holati monitoringini olib borish, kelgusida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli taʼsirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suv taʼminoti manbalari ifloslanishining oldini olishga qaratilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng avvalo, oʻta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi, ularning oʻchoqlarini bartaraf etish va tarqalib ketishining oldini olishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnika inshootlari tizimlarini va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, xom ashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat buyumlari, qurilish materiallari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, kimyoviy moddalar, biologiya vositalari, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda sanitariya normalari, qoidalariga va gigiyena normativlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlari va hududlarni saqlash, sanoat, qishloq xoʻjaligi va xoʻjalik-maishiy chiqindilarni, shu jumladan radioaktiv va zararli moddalarni toʻplash, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish ustidan zarur sanitariya-epidemiologik nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avariyali vaziyatlarni tugatishda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, manfaatdor vazirliklar va idoralarning tegishli boʻlinmalarini jalb etgan holda yuqumli va parazitar kasalliklarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilada tibbiy madaniyatni oshirish, sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilinishi, shuningdek sanitariya-epidemiologiya masalalarida xotirjamlikni taʼminlash boʻyicha aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sanepidqoʻm organlari tizimining rahbar va boshqaruv kadrlari lavozimlariga tavsiya etiladigan yuklangan vazifalar va majburiyatlarni samarali bajarishni taʼminlashga qodir boʻlgan nomzodlar tanlanishi boʻyicha shaxsiy masʼuliyat Sogʻliqni saqlash vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv rejalari va dasturlarni qayta koʻrib chiqish va yangilashga alohida eʼtibor qaratgan holda davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va modernizatsiyalash boʻyicha takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror talablari hisobga olingan holda “Sanitariya-epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi puxta ishlanishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqsin, bunda davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar va boshqaruv kadrlari Respublika komissiyasining qarori bilan yangi ish joyiga oʻtkazilganda xizmat turar joyi yoki u ijaraga olinganligi uchun kompensatsiya toʻlovi bilan taʼminlanishini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 26-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 337-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)