10.03.2000 yildagi 83-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.03.2000 yildagi 83-son
Date of entry into force
10.03.2000
Hujjat 14.04.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

CHIMYON—CHORVOQ ZONASI TABIIY BOYLIKLARINI SAQLASH HAMDA HUDUDNI OʻZLASHTIRISHGA KOMPLEKS VA IZCHILLIK BILAN YONDASHISHNI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chimyon—Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini va ekologik tozaligini toʻliq saqlash, hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-avgustdagi 366-f-son farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh, Toshkent viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Chimyon—Chorvoq mintaqasi hududini uning tabiiy-iqlim sharoitlariga koʻra kurort va dam olish maqsadlari uchun maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy hudud sirasiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Chimyon—Chorvoq hududini kompleks va izchillik bilan oʻzlashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga*muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001—2003-yillar investitsiya dasturida 2-ilovaga* muvofiq Chirchiq shahridagi tozalash inshootlarni kengaytirishni, Chimyonsoy, Chorvoq—Baqachoʻl, Chorvoq—Gʻazalkent kanalizatsiya kollektorlarini rekonstruksiya qilishni, Baqachoʻl muhandislik inshootlari qurilishini, 2003—2005-yillar investitsiya dasturida esa — chiqarib yuboruvchi kanalizatsiya tarmoqlari qurilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001—2003-yillar investitsiya dasturida 3-ilovaga* muvofiq xoʻjalik-ichimlik suv bilan taʼminlash magistral suv oqizish tarmogʻi, suv tozalash uzellari, nasos stansiyalari, Yangiqoʻrgʻon daryosidan suv olish va suv oqizish inshootlari qurilishini hamda mahalliy buloq suvlari manbalaridan suv olish inshootini, 2003—2005-yillar investitsiya dasturida esa — suvni, isteʼmolchilarga yetkazib berish tarmoqlarini rekonstruksiya qilishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyat hokimligi tozalash inshootlari, magistral kanalizatsiya kollektorlari va suv oqizish tarmogʻi, gazlashtirish tarmoqlari hamda gaz taqsimlash stansiyalari qurilishi boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin. Bosh pudratchi tender asosida aniqlanadi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2001-y., 2-son, 10-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yildan boshlab tozalash inshootlari, magistral kanalizatsiya kollektorlari budjet mablagʻlari hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kanalizatsiyaning chiqarib yuboruvchi tarmoqlari, suv taʼminoti, gazlashtirish va energiya taʼminoti obyektlari qurilishni amalga oshiruvchilar va Chimyon—Chorvoq zonasidagi obyektlar egalarining ulushli mablagʻlari hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistral kanalizatsiya kollektoridan gidroquruvchilarning Chorvoq posyolkasigacha kanalizatsiya tizimlari Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining mablagʻlari hisobiga quriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, 4-ilovaga* muvofiq qurilishni amalga oshiruvchilarning va Chimyon—Chorvoq zonasidagi obyektlar egalarining ulushli mablagʻlari “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning maxsus hisob raqamida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ulushli mablagʻlar toʻplanishi va jamlanishi uchun masʼul hisoblanadilar.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari kempinglar va boshqa obyektlarni quruvchilar va ularning egalari bir oy muddatda barcha obyektlarni xatlovdan oʻtkazsinlar, Chimyon—Chorvoq zonasidagi obyektlar qurilishi yuzasidan mavjud loyiha-smeta hujjatlarini taftishdan oʻtkazsinlar va ularga tuzatishlar kiritsinlar hamda, 2000-yilning I choragida 5-ilovaga* muvofiq qurilishi tugallanmagan obyektlar qurilishini 2001—2005-yillarda tugallash yoki tiklash mumkin boʻlmagan taqdirda, ularni buzib tashlash toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 5-ilova berilmaydi.
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”, zaruriyat boʻlganda, qurilishni amalga oshiruvchilarga obyektlar qurilishini tugallash uchun belgilangan tartibda kredit resurslari ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toshkent viloyati hokimligi, “Davlatarxitektqurilish” qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chimyon—Chorvoq hududida qurilish olib borish toʻgʻrisida ilgari qabul qilingan qarorlarni qaytadan koʻrib chiqsinlar. Zarur boʻlgan taqdirda tegishli obyektlar egalari bilan birgalikda ularni qayta joylashtirish masalasini ishlab chiqsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chimyon—Chorvoq hududida va, ayniqsa, Chorvoq suv ombori sohillarida ekologik vaziyatga zarar yetkazuvchi va suvni ifloslantiruvchi, oʻzboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni yoʻqotish masalasini qonunda belgilangan tartibda hal qilsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chimyon—Chorvoq hududida ekologik vaziyatga zarar yetkazadigan har qanday sanoat, qishloq xoʻjaligi obyektlari va boshqa obyektlar qurilishini taqiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish va tashkil etish boʻyicha 6-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika shtabi tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 6-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 10-mart,

83-son