Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 28.06.2002 yildagi 235-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.06.2002 yildagi 235-son
Date of entry into force
28.06.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjat 28.06.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 27-iyundagi PF-3099-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, aviakompaniyalar va ularning agentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga joʻnash punkti va borish punkti Oʻzbekiston Respublikasi chegarasidan tashqarida joylashgan aviatsiyada tashish uchastkalariga aviachiptalar faqat xorijiy valyutaga sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni belgilangan tartibda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 28-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-iyundagi 235-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “OʻzDEUavto” AJ mahsulotini eksport qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 302-son qarorining 3-bandi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksining Biznes-markazi binosidan foydalanish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 20-apreldagi 156-son qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 13-bandi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Afgʻoniston hududiga tijorat yuklarini tashishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-yanvardagi 41-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 6-modda) 5-bandi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 96-modda; 2003-y., 1-2-son, 6-modda)